Dilga yaqin satrlar

Muhammad YUSUF,

Özbekiston xalq şoiri

 

Yangi yil keçasi

 

Köngil maʼyus tortdi yilning söngida,

Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.

Bugun kuppa-kunduz közim öngida,

Yana bir yoşimni öğirlading, qor.

Qirqinçi qasrimga ötaymi endi,

Keçagi yoşligim ertakmi endi?..

 

Bahorim yetgudek qölim uzatsam,

Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.

Laylakqor, azizim, ğalat bayram bu —

Kulib kuzatsammi, yiğlab kuzatsam…

Dardim jim içimga yutaymi endi,

Keçagi yoşligim ertakmi endi?

 

Sörsang, sevinçimdan ökinçim köproq,

Sendan-da kumuşroq soçimdagi oq.

Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,

Közda tabassum-u kiprikda titroq.

Men ham sal şoşdim-da, qaytaymi endi,

Keçagi yoşligim ertakmi endi?

 

Yangi yil,

Kelaver qanday kelsang ham,

Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.

Sen yangi yöldoşsan, sen yangi hamdam,

Yöqlab kelganingni özi bir bayram.

Quloğingga bir gap aytaymi, endi,

Keçagi yoşligim ertakmi, endi…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan