NAJOT KÖNGLINGDADIR…

Ötkir RAHMAT

 

Dunyoga nazar sol…

Talotöp aro

Dam kulga dönmoqda, dam yonmoqda u.

Kunlari tunlarga aylanib qaro

Oğriqlar içida tölğonmoqda u.

 

Dunyoga nazar sol…

Urçib adovat,

Kimningdir zulm-la bitmi tuzildi.

Bedor köngillarga çökdi halovat,

Tap tortmas umidlar safi uzildi.

 

Dunyoga nazar sol…

Qöllarida ğul,

Orziqqan yuragi ozorga tuşdi.

Yoruğ kunlaridan uzilib butkul,

Balki, sendaylar deb şu holga tuşdi.

 

Öyingda çarx urar nedir, bilmas tin,

Bir yoningda nopok,

Bir yon ğalamis.

Bizni özing bilan safdoş bilmagin,

Biz sen bilan boşqa-boşqa yöldamiz.

 

* * *

Xayrli işlarga şoşmaysan endi,

Ezgulik nuriga çulğanolmaysan,

Nahot közlaringni oçmaysan endi,

Ğaflat uyqusidan uyğonolmaysan?

 

Uçib qönasan bu şoxga u şoxdan,

Nahot uyalmaysan

sen uşbu tobda –

Bepisand, beparvo yaşay olmoqdan

Ajdodlardan qolgan Ona tuproqda.

 

Hamonki qadding tik,

Boşing ham mağrur,

Oşingga birovlar sololmaydi çang.

Bemanzil yaşaşdan qörqmaysan bir qur,

Bemaqsad yaşaysan agar istasang.

 

Yiğlasang xotirjam, kulsang xotirjam

Yaşaysan, bilmaysan ne qalb nolişi.

Qiziqtirmas axir seni zarra ham

Sendan avlodlarga nima qolişi…

 

Dunyoga nazar sol…

Qara qay kimsa,

Birovlar haqqini yurar ömarib.

U faqat yaşasa, kunini körsa,

Nega sen haq sözni aytmaysan borib?

 

Kimlardir  erta-keç çekadi zahmat,

Bir burda nonini yeydi halollab.

Beparvo, beğamsan, senda yöq himmat,

Mazlumlar dardini körmaysan öylab.

 

Dunyoga nazar sol…

Har istakni pul

Nahotki amalga oşirsa zimdan?

Halollik, adolat çidamas butkul,

Bir sado çiqmaydi nega özingdan?

 Yöl topib qay kimsa bölgan amaldor,

Kuni ham ötadi bamisli boydek.

Keça mirob edi, bugun dökondor,

Şarqirab köpirar göyoki soydek…

 

Dunyoga nazar sol…

Nega öyin köp,

Bir-birin aldagan töp urarlarday?

Qöşiği turfa xil, kuylari ham köp,

Sahnada özgarmay kun körarlarday.

 

Qişloğu ovuldan kelar ovozlar,

Tafakkur olami sabza urganday.

Hali çalinmagan ğuborsiz sozlar,

Yöl topmay panada kutib turganday.

 

Kim borar ularni çin dildan istab,

Ularning boşini silovçi bormi?

Kim borar ularni ufqqa boşlab,

Dunyoda baxtiyor qilguvçi bormi?

 

Dunyoga nazar sol…

Ğala-ğovurdan

Özligin yöqotgan, dimoği osmon.

Oyoği uzilib xorijda yurgan,

Ular ham bandadir, ular ham inson.

 

Ona yurt tuproği muqaddas, aziz,

Kun kelib soğinçi qiynaydi axir.

Umr ham ötajak şamoldayin tez,

Nelarga duç qilmas bir kuni taqdir.

 

Begona ölkada tortgandan azob

Bağringni qilgandan köra yuz bor xun,

Öz tuproğing, kelgin, aylagin tavof,

Şu yerda ğam çekkin, şu yerda suyun.

 

Umidingni soçib yana yellarga,

Turfa tomonlarga uçarsan endi.

Bir hovuç don istab özga ellarda

Nahotki tuzoqqa tuşarsan endi?

 

Nahotki dilingda birorta söz yöq,

Afsusu nadomat çekmaysan hatto.

Nimadan, bilmadim, axir köngling töq,

Nega sen befarqsan, sendan yöq sado…

 

Dunyoga nazar sol…

Fidoyi ham bor,

Tong bilan uyğonib, şomni kuzatar.

Har işning közini bilguvçi sarkor,

Qadami yetgan joy guldir muattar.

 

Qara, binolarning çözganini böy,

Yulduzlar soçilgan oqşom boşida.

Ğururlan, faxrlan, çiroyidan töy,

Gözallik mujassam uning yoşida.

 

Bolalar şodligi göyo bir jahon,

Yoniq nigohida kulgi beğubor.

Ularning boridan kelajak omon,

Bu zamin ertasi yoruğ, baxti bor!

 

Havasu hayratda hatto tabiat,

Bu boğlar namoyiş etadi körkin

Ekilgan nihollar ösmoqda behad,

Maysalar tebranib yayraydi erkin.

 

Dunyoga nazar sol…

Olçoqlar qança,

Birovlar rizqini yuribdi qiyib.

Balolar yoğdirib, taşviş solgança

Aybsizni ayblar qiynoqqa qöyib.

 

O, ular qurdirgan saroylar sonsiz,

Özgalar haqqidan kökrak kerganlar.

Ular-ku vijdonsiz, ğurur, imonsiz,

Ularni aytarlar: Xudo urganlar…

 

Qay biri majruhu, qay biri mayib,

Orom yöq keçasi uyqularida.

Özining yoğiga özi qovrulib,

Fayzu baraka yöq heç uylarida…

 

Sörasang, bu qinğir yöllar men emas,

Şaytonu lainning qilmişi deydi.

Osuda yaşaşga qöymas bir nafas,

Odamning ğör nafsi odamni yeydi.

 

Bu dunyo atalmiş öynoq qayiqda

Kim talovçi, kimdir ezgulikka körk.

Seni alqaguvçi yotdan hayiqma,

Asli içingdagi duşmaningdan qörq.

 

Zamondoş!

Öylab boq!

Axir bor najot —

Gar bilmoq istasang, bir zum köz taşla.

Qizingga dars bersin nomusu sabot,

Öğlingni ezgulik, ilmga boşla.

 

Unutma!

Bugundan gözal saboq ol,

Aslida ravonmas, past-baland hayot,

Yaxşilikka yöldoş qalbga quloq sol,

Najot könglingdadir,

                                könglingda najot!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan