Men senda abadiy qolmoq istayman…

Muallif haqida:

Hakim SATTORIY – 1953 yilda Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanidagi Toşqörğon qişloğida tuğilgan. Ixtisosligi pedagog, jurnalist. Hozirgaça turli janrlarda qirqqa yaqin kitoblari naşr etilgan. “Har bir yoş şoir, har keksa yozuvçi”  (Gyote) deganlaridek, Hakim Sattoriy öquvçilik yillaridan şeʼrlar maşq qilgan. “Adaşgan yöl” (1995), “Toşqörğonnoma” (2003) nomli şeʼriy töplamlari naşr etilgan. Lekin muallif şeʼrlari matbuotda ilk bor eʼlon qilinmoqda.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. 

 

Şeʼriyat, munisim, köp intizorman –

Qalbimga öt yoqqan nigohlaringga.

Samarsiz yillarim, mayli, alişay

Bir zum  tutqiç bergan xuş çoqlaringga.

 

Bahodir tiriklikdan ruh olib kiray,

Yoniq ilhom bilan quçoqlaringga.

Men senda abadiy qolmoq istayman,

 Teng tutma şunçaki qönoqlaringga…

 

* * *

Tomçi gar ummonga doxil,

Tomçida ummon zohirdir.

Ummonda tomçi muttasil

Ummondek kuçga qodirdir.

 

Intilar har bitta jilğa

Bahri ummonlar tomon.

Barça yölçi bosgan olğa –

Manzilga yetmoği gumon.

 

Men köz oçgan köhna tuproq –

Berkingan toğlar bağrida.

Tolening ruxsori, biroq

Yuz oçdi Toşkent şahrida.

 

Çöng duolar mustajobmi,

Eş böldim ummonga men.

Ham qöşaloq kuldi tole —

Yetdim ozod zamonga men.

 

Qalbim iftixorga tölsa,

Bugun kamolimga qarab.

Gar iqbolim kulgan bölsa –

Bariga Toşkentdir sabab.

 

Qança urfonu obodlik —

Bağringdadir azal, Toşkent.

Barça hayrat, barça şodlik —

Senda kuldi, gözal Toşkent.

 

OYBEK BILAN SUHBAT

 

Bemavrid kirmoqçi emasman, Ustoz,

Marhumlar şahridagi xilxonangizga.

“Navoiy”ni öqişdan tin olib bir oz,

Xayolan suhbatdoş bölaman sizga.

 

Kaftdagidek maʼlum siru sinoat,

Mumkin XXII asrdan sözlaş.

Söz ahli aro qaltisdir faqat

Sizni yod bilmasdan uzoqni közlaş.

 

Axir serkölam, teran nasrning sasi

Siz bilan taraldi jahon sahniga.

Özbek va Özbekiston boqiy nafasi

Şeʼr bölib quyildi başar maʼniga.

 

Beş asr aro uzatib qölni,

Navoiy şeʼriga javob bitdingiz.

Sarhadlar oşa keng olib yölni

Serkölam  janrning qölin tutdingiz.

 

Samoda çarx urgan qöş qanot loçin,

Bahri muhitni quçmoqqa qodir.

Nasr va nazm  yozgaç quloçin

Oybekona satr — olamga tatir.

 

Odamlar, fikrlar özgardi bir qadar,

Aruz, barmoq topdi yangi örtoqlarni.

Baʼzan yangi nomda taqdim qilurlar  —

Sizlar yoqib ketgan şamçiroqlarni.

 

Sizning dahongizga taʼzim, iftixor,

Maʼni barça dilga borib yetmagan.

Şeʼr ahli aro qança odam bor

Satrda özligin qöşib bitmagan.

 

Baʼzida öz sözin öqimay, tolib,

Teranlik izlaydi uzoqdan odam.

Ne ajab, men ham Musavoy qolib,

Don Kixot bilan qöl uşlaşib tursam.

 

Davralar jiddiy, xabar yugurik,

Ilhom emas, farmon körsatar kuçin.

Ijodiy davralar örnin bergandek  –

Qandaydir rasmiy qabullar uçun.

 

Eşiklar ostida lol va hayrondir

Şeʼr uçun tuğilgan bir bola muztar.

Tabiat  inʼomi  —  isteʼdod, taqdir

“Saxiy amaki”dan iltifot kutar.

 

Şirinlikka bisyor töyib olgan bola

Keçasi  uyqusi buzilgan misol.

Baʼzan xarxaşadan közlarda vola,

Davrning qistovi kelgandek malol.

 

Yomonlar namoyiş etsa itlikni,

Bobolar kuraşgan arslon bölib.

Yiğiştirib köplar er-yigitlikni

Atay yiğlaş uçun qayğuga tölib.

 

Çömilgan muşukni tutib panjasida

“Dunyo ğarq böldi”, deb qolsa dafʼatan.

Mayda tuyğularning iskanjasida

Quyoş ham moyçiroq bölib qolarkan.

 

Bu kunlarning aksi bölganda paydo,

Sizning kelbatingiz ança purviqor.

Bu zulmat mavhumlik pardasi aro –

Ustoz Oybek, endi qayda najot bor?

1987 yil.

 

TUŞ

…Qypğyp köngil qistab qöymaydi,

“Uyingdasan, olisda şahar…”

Afsus, közlar rangga töymaydi,

Çehralar  muz, tillarda zahar.

Bir navoziş, erkalik ila

Mehr istab yurak yonadi,

Tund öqrayib kişloqdoş bola

“Domullo” deb kalovlanadi.

 

Sinov qilar ilmoqli sözlar,

 (“Samimiyat, ey, soğinç Vatan!”)

 Yaltillasa ğazabli közlar –

Gunohingni bilmay mulzamsan.

 

Tuyakelbat, norğul yigitlar

Uyqudagi ayiqdek karaxt.

 Köpni körgan möyi-safidlar —

Fisqu fasod botqoğiga ğarq.

 

 

Tiqiladi böğzingga yiği,

Qaçon tarqar bu badböy havo?

Tevarakda köklam siyoği,

Tölişmoqda yangi bir dunyo.

 

“Qöy, öksima”, — deydi bir odam,

Taʼbir bordir har bitta işga,

 Bu qişloqni amr etgan Egam —

Bir-birini mutab yeyişga.

 

Yoziği — şu, (“kulli min al-haq”),

Çetga oçar doim sirini

Pir-murşidin ötga solgan xalq

Tanimaydi sendek “zöri”ni…

 

Etagini siltab, yiğlab çol,

Ketib borar maşriqqa tomon.

Kufr elga masxara misol —

Mikrofondan yangraydi azon.

1990 yil.

MUNAQQIDGA

Şeʼriyat osmonin musaffo körmoq

Tong kabi toza orzu — dilingiz.

“Ğuborlar bölmasin, mayda şeʼriyat —

Katta davralarga ketmas”,  dedingiz.

 

Balki! Köngil nurli toqni qömsadi.

Axir ezgulikka taşna har inson.

Öt yonsa makonda asari qolar —

Kul bölmay yonmoqqa bormikan imkon?

 

Bizning kunlardagi aşʼorpaz elning —

Didi yuksak, dimoği nozik.

Tuyğular siğarmikan andozalarga?

Tuyğular tuğyonin jilovkaşi böldik.

 

Yulduzlar çaqnasa baland samoda —

Ğuborlar aylansin kölmakliklarda.

Yaxşi şeʼr kuylansa jör ovoz bilan,

Ojiz qofiyalar yopinar parda.

 

Bir şoir hurmatdan entikkan çoği

Özgasi özini panaga tortsin.

Bir töplam kimlarga tumor atalsa,

Kimlardir boşqasin asta berkitsin.

 

Va faqat şirin maqtovlar aro —

Nordon tanqidning bölgani yaxşi.

Uyaliş, iztirob ohangi bilan

Yurakning yangi kuçga tölgani yaxşi.

 

Gözallik olamida ranglar turfa xil,

Faqat örinlarga eʼtibor andak.

Baʼzan yomon narsadan yaxşi hosil-ku,

Bukri tok şirin uzum solganidak.

 

Umidvor kelajak çorlasin olğa,

Biz ham şeʼrlar maşq qilamiz.

 Zero, hamma şeʼrlar yaxşi bölsa,

 Asli yaxşiligin qanday bilamiz?

 

* * *

Nigohlaring bunçalar maʼyus,

Qaraşingda qanday maʼno bor?

Közlar qalbga közgu-yu, afsus,

Qalbing ayon emas-da, dildor.

 

Qöy, öksima, u kunlar uçun,

Bunçalar ham çekma aziyat.

Xafa qilgan bölsam öşa kun –

Bolalik, deb tuşungin faqat.

 

Şafqatingdan iltifot istab

Jonni tikdim ming bir talaşga.

Nigohlaring turibdi qistab –

“Maʼyusginam”, deb erkalaşga.

 

Közlaringni yaşirma bir zum,

Qoraçiqda özimni köray.

Va aşaddiy iltifot uçun –

Mağrur boşni köksingga qöyay.

 

MUHABBAT

Siz olovsiz! Bu olovdan —

Qança qoçmay huv nari.

Qovrilişga, kul bölişga —

Boşlar sevgi yöllari.

 

Nozik köngil işlari —

Siz — olovga qistaydi.

Murğak, intiq hislarim —

Kul bölişni istaydi.

 

Baribir dil tonmagay,

Mayli, qöyay men yakkaş.

Ayriliq — çeksiz sahro —

Firoqingiz ham otaş.

 

Siz ham ötni ayamang,

Toş qotmasin vujudim.

Ne bir holga tuşgandan —

Sizni “Olovsiz” dedim.

 

Siz asli muhabbatim,

 Men ham xas emasman-ku!

 Har uçragan dilbarni —

“Olovsiz” demasman-ku!

 

Olib qoçmang olovni,

Unda yoniş – bir rohat.

Olovli, çöğli bölib

Yaşayversin muhabbat!

 

* * *

Oq römoling oq yuzingga  oyga gardiş tutgandek,

Beqaror nigohlaring u kunni unutgandek,    

Parişondir gul yuzing, labda kulging qotgandek,

Tuşda meni körganingda uyqudan uyğotgandek,

Yo bölmasa amalingdan, xayolingdan keçdingmi?

 

Xayolingga boşqa savdo öz törini soldimi?

Men tomon uçgan orzung tilaklari toldimi?

Kokilga solgan panjang çiginga öroldimi?

Boşqa bir kuy, boşqa barno oromingni oldimi?

Yo bölmasa amalingdan, xayolingdan keçdingmi?

 

Öşa onda işq seliga boşdan-oyoq botgandik,

Majnuntolning şoxlarini  termilib tölğotgandik,

Tortinçoqlik pardasini xilvat tomon otgandik,

Ahdu vafo birligini öpiçda körsatgandik,

Yo bölmasa vafo degan amalingdan keçdingmi?

 

IZHORI DIL

Sölim nigohing yodimda qoldi,

Ne his bilan çiqding istiqbolimga?

Nega qoşlaring xiyol çimrildi,

Balki tuşundingmi hayron holimga?

 

Şohi köylaklaring yelda öynaşin,

Nozik sadolarin tuydim öşa dam.

Umrbod endi uçraşmasmiz-u,

Eslayman seni şu joydan ötsam.

 

Sen suyanib turgan daraxt yaproğin

Şivirida noming qolgani aniq.

Har bahor daraxt gul oçganida

Gullar quçoğidan boqasan yoniq.

 

Yoqimli navo bor öşa göşada,

Öşa joy qişloqda hammadan körkam.

Olma gullarini körib turaman,

Biz endi mangu uçraşmasak ham.

1975 yil.

* * *

Köngil,  pardalaring nağmaga soz et,

Ötgan bir keçadan boşlagin qöşiq.

Qöşiq qatlariga guldan pardoz et,

Gözal qöşiq kuyla gözalga loyiq.

 

Neça fursatlardan bedor hissiyot,

Bugun poyoniga yetdimikan yo?

Menda bir tuyğu yozmoqda qanot,

Alammi, şodlikmi — nomaʼlum maʼno.

 

Bir olov tuyğudan çöğlangan yurak,

Göyo toş kabi qotdi şu keça.

Maşaqqatli yölda qayrilib bilak,

Omad yulduzi ham botdi şu keça.

 

Yöq, örinsiz böldi bu xil xulosa,

Sarbozi edim-ku öşa keçaning.

Töy uçun qadahlar kötarib rosa,

 Könglini çoğ etdim neça-neçaning.

 

Ayrim keçalar yil kabi uluğ,

Döstlar şu onlari jamuljam bölsa.

Bu keça mazmuni ne bilan töliq?

Axir dil hijronning zahriga tölsa.

 

Oy-çi, epkinini soçar ayamay,

Nurdan munavvardir uyning töri ham.

Qizlar qiçqiriği avjlanar tinmay,

… Kuyov böy körsatdi;

Kelinçak tam-tam.

 

Eh, menga harçand nasib etmadi,

Şu uluğ keçaga qahramon böliş.

Umrimda şu fursat kelib yetmadi,

Uning köz yoşlariga yuzimni yuviş.

 

* * *

Baland  minoralar, sokin qirğoqlar,

Poyimga töşalgan yaşil ötloqlar,

Heç biri bölmadi dilimga taskin,

Javobsiz qoldi-ku eski söroqlar.

 

Çimrilgan qoşingning  maʼnosi nadir,

Nima vaʼda qilar bizlarga taqdir?

Barini hal qilar bitta işora,

Kiprigingga osilib turgandek şamşir.

 

Huzuringga borurman yaqinda şoşib,

Qirlarni qoldirib, toğlarni oşib.

Panohingda bölay deb yölga tuşgim,

Soğinçim mavjlari qirğoqdan oşib.

Kutib oliş uçun peşvoz  çiq, albat,

Soğinganing  sir tutmay

                                gul qilib  körsat.

Nigohlar uçraşsa, barmoqlar uçraşsa,

Köngillar tutaşar, axir —  muhabbat!

 

Uzoq ketib yaqin sözga duç keldim,

Mehring jonga payvastligin his qildim.

Talmovsirab özni qança aldamay,

Sendan özga najot yöqligin bildim.

                               

* * *

Qor uçqunlari qöndi kiprigimga,

Bu maʼsum taşriflar seni eslatdi.

Zar zamin öxşadi, bilmadim, kimga?

Qörğoşin ufqdan  bir qiz  yuz körsatdi.

 

Izğirin lovullatar soğinç  gulxanin,

(Hatto havolarda  muzlaydi doding),

Momiqzor bağrida sayr etib mayin,

Etak boğlab, paxta terib

                                yurgan sen eding.

 

* * *

Şom çökar loqayd uzangan qirlar yoliga,

Qorayadi yovşanlar –

                    soğinçning çöng ildizlari,

Xilvatda ungan gulning qirmizi xayoliga,

Ilk bösa şavqi tuşib,

                           lovullaydi yuzlari.

 

Yonoqdagi qirmiz rang soçar

                                lolagun şafaq,

Xijolatin körmay deb yuzini yopar quyoş,

Titroq tutgan ğunçaga yellar

                                      çaladi qarsak,

Qari toğlar kuladi oq bulutga çulğab boş.

 

Borliqda bir seskaniş qözğar

                                gulning xayoli.

Hislarning tuğyonidan çirpiraydi dunyosi.

Singan bokiralikdan bokiralik maloli.

Bunça munis bölmasang özbek qizin hayosi?!

 

Ilk bösa şavqi tuşib…

             

* * *

Tollar zuğumidan öyilgan öra,

Atrofga ufunot ufurgan hovuz.

Kömilsang… Şeʼrga tuşgandan köra –

Lağmonxör şoirning ilhomi bois.

 

Endi tuşundilar: loyqa suv – xun ob,

Hovuz ham mehrga zorligini.

Tilla baliqçaning yonida u tob –

Pöpanak baqa ham borligini.

 

* * *

Dars boşlanar. Keçikkan bola –

Kirib kelar, muallim tajang:

“Nima, uyqung böldimi çala?

Ölasanmi ertaroq tursang?”

 

Ğazab bilan boqar muallim

Va şalpayib qoladi behol.

Qarşisida turar allakim –

Oq soqolli, munkillagan çol.

 

Ostonada yillarning yodi —

Ikki fasl kelgandi peşvoz.

Eşik oçgan keksalik edi,

Yoşlik bilan yaşardi Ustoz.

 

Ustoz xijil,  çangallar boşin

Va kaftlari töla oppoq qor. 

…Ikkisi ham unutgan yoşin,

Yillar ötganini unutgan takror.

 

Qamçi bosar umr şiddati — 

Ikki qöldan bitta  qars erur.

Ikki döstning mahzun holati —

Darsdan taşqari… dars erur.

           

* * *

Tuyğu ölmas va yöqolmas agar bölsa yurakda,

Çopqin poyga arafasi nafas

                                         rostlaş kerak-da.

Yurak uyğoq, tevarakka boqqan

                                      nigohim tetik,

 Mayli, jöşiş, hapriqişlar

                            bir zum topdi sokinlik.

 

Ul nozanin şeʼriyatning suluv

                                ilhom parisin  —

Arazi bor bölsa hamki,

                    dilda tuyğu ölmasin.

 

Sözim, şeʼrim kerak bölsa,

                          kerak bölsa kamolim,

Bugun emas, erta bolqar

                                bu osmonda hilolim!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan