Bir tantana sodir bölajak

Boltaboy BEKMATOV

 

Muallif haqida:

Boltaboy BEKMATOV — 1958 yili Turkmaniston Respublikasining Toş­hovuz viloyati, Toşhovuz tumanida tuğilgan.

Moskva şahridagi M.Gorkiy nomli Adabiyot institutini bitirgan.

Muallifning “Alvon uçqunlar” (1992), “Seni körgim keladi” (1993), “Billur guldon” (2012), “Izmingda koi­not” (2018), “Qölingni ber menga, fariştam” (2019) nomli şeʼriy töplamlari naşr qilingan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

ARAFA

Bir tantana sodir bölajak,
Bir taraddud kezib yuribdi.
Miyiğida kulimsiragan
Quyoş buni sezib yuribdi.
Novdalarning yuzida sepkil,
Daraxtlar ham bir taraddudda.
Sezilar bir ajib hayajon
Yöl çetida, kallakdor tutda.
Nami qoçgan tönka ustida
Kukulaşar bir juft kabutar.
Ana, hovuz içra favvora
Hozir buyuk sirin foş etar.
Kezar nedir qilib ovoza,
Tilsiz jarçi bahor yellari.
Siğmay ketdi qölqopçalarga
Xonimlarning nozik qöllari.
Bir tantana sodir bölajak,
Bir taraddud kezib yuribdi.
Miyiğida kulimsiragan
Quyoş buni sezib yuribdi.

USTA

Matnazar Abdulhakimga

1

Yelkasiga ğişt mingan sayin,
Sayqallangan sayin tobora
Ustani ham kökka kötarib,
Yuksalib bormoqda minora.
Usta mohir, nigohi teran,
Usta bir hikmatni his etar
Va minorasining şaklini
Nayzaning uçiga öxşatar.

2

Madrasaning oldida yolğiz
Xayol surar qarigan çinor.
Vujudida yaşin solgan iz,
Dovullar qoldirgan dard, ğubor.
Tevarakda hukm surar kuz…
Yaproqlar-da zaʼfaron, ğarib.
Mullavaççalar esa öysiz,
Çilim çekar tagiga borib.

GUVOH

Bugun quşim hurkdi,
Parvozni tark etdi ojiza quşim
Va qöndi qolipning yoniga horğin.
Bugun qotillikning guvohi böldim,
Böldim uyğonişning guvohi,
Dahlizdagi katta oynaga qarab.

KUNGABOQAR

Quyoşga intilib böy çözdi ilhaq,
Elning nigohini jalb qilib özga.
Dunyoni unutdi, unutdi mutlaq,
Yerdagi quyoşdek taşlandi közga.
Boşini tanidan judo qildilar
Şunda yetilmagan kungaboqarning.
Tişlar orasiga olib tildilar
Uruğlarin, garçi töydirmas qorning…

QAYSAR

Seni taʼqib qilar bir umr qolip,
Köz oçsang, qarşingda bölar köndalang.
Erk esa qafasga könikmas ğolib
Bir quşki, boşingga qönolmay halak.
Daryoning ustida çarx urar bu quş,
Tölqinlar qöynida seni kuzatar.
Qanotlari tolib borar, boyoqiş,
Bir kun yiqiladi (oh, közi yetar!)
Sen esa suzarkan oqimga qarşi,
Quş uçun boşingni kötarolmaysan.
Sen — mangu qolipga könikmagan şum,
Sen — sokin qirğoqqa çiqmagan qaysar.

PIÇOQ SUYAKKA YETGANDA

Piçoq suyakka yetganda
çumoli tomoşabinga aylanar,
loqayd va betaşviş tomoşabinga.

Ninaçidek qanot çiqarib
uçib yurar bamaylixotir.

Piçoq suyakka yetganda
ninaçi mehnatni örganar,
mehnat odam qilar uni bir kuni.
Odamning esa suyagi yöq,
piçoq suyagiga yetmas odamning.

* * *

Qurbaqa ötirgan dönglik yonidan
qanotlarin yaltiratgança
suzib ötdi tilla baliqlar.
“Vaq-vaq-vaq!” qiçqirdi qurbaqa,
ammo qalqib çiqib zum ötmay
suza ketdi dönglikka tomon.
Tirmaşib çiqdi-da örniga arang,
“Vaq-vaq!” deb qöydi qurbaqa horğin.

YUHO

Yuho oğziga tiqar ön barmoğini
biratöla yalar öntasini ham,
baribir qanoat topolmas zarra.
Nihoyasiz bir oçlik qiynar yuhoni,
mol bölib körinar yuhoga har ne,
mebellar, kitoblar, buyumlar puldir,
tört tomonda pulning suvrati.
Yuhoning ğori bor,
borliqni yutguday besarhad bir ğor,
uni töldirmoqqa urinar yuho.
Baʼzan telba bilan töqnaş kelganda
baxtdan sarmast körsatar özini yuho,
lekin kundan-kunga kattayar qorni,
besönaqay bölar tobora
oğzi ğorga,
közlari oxurga öxşab.
Gohida oynaga boqar-da yuho
nafratlanib ketar yuholigidan
va ont içib qöyar öziga özi
odam bölaman der,
oddiy bir odam.

Tunda uni qiynar
oddiy haqiqat.
“Odam aylanişi mumkin Yuhoga
va lekin odamga aylanmas
Yuho”.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan