Gözallik tarannum etilgan şeʼrlar

(Şoir Ikrom Iskandar ijodiga çizgilar)

Adabiyot, şeʼriyatda ibtido bordir, ammo intiho yöqday!..

Özbek zamonaviy şeʼriyati tahlilini kamolga yetkazgan adabiyotşunos olim va adib, Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğafurovning quyidagi fikrlari har bir şoir uçun saboqdir: “Şeʼr yoziş uçun şoir maʼlum bir kayfiyatga ega bölişi lozim. Şeʼrni öqib, undan lazzat oladigan şeʼrxonga ham ana şunday alohida bir kayfiyat taqozo qilinadi”. Zamonaviy özbek şeʼriyati ötgan asr 90-yillar avlodiga mansub Abduvali Qutbiddin, Aʼzam Öktam, Ravşan Fayz, Çori Avaz, Eşqobil Şukur, Zulfiya Möminova, Olloyor Begaliyev, Iqbol Mirzo kabi şoirlar qatorida Ikrom Iskandar ijodi ham adabiyotimizda öziga xos voqelikka aylanmoqda.

Bu avlodning taqdiriga ikki xil davrda yaşaş va ijod qiliş yozilgani özi bir mavzu! Ijtimoiy tenglik davridan birdaniga bozor iqtisodiyotiga ötiş yillari bir xildagi ommaning iqtisodiy jihatdan turli toifalarga keskin ajrala borişi kişilar ongida özgarişlar yaratişi tabiiy. Bu özgarişlar şoirlar ijodida ham aks etmasdan qolmaydi, albatta.

Şoirni şeʼr yozişga undaydigan iştiyoq, ilhom bir xil bölmaydi, albatta. Bu jarayon ommaviylikdan xoli böladi. Bir şoirning özi turli şeʼrlarini turfa kayfiyatga, deylik, şodlikka tölganida, tuşkunlikka tuşganida, aldanib qolganida, alam ötganida, birovni soğinganida, ayriliqqa çiday olmaganida yozişi mumkin. Endigina şeʼr yozişni maşq qilayotgan havaskorlar bundan bexabar bölişini töğri tuşunmoq kerak. Aytiş mumkinki, ularda hali hayotiy tajriba yetarli emas, şu sababli ham ilhom haqidagi tasavvurlari juda yuzaki, u özi qanaqa bölişini tasavvur qila olmaydilar. Binobarin, maktab yoşidagi har ön boladan bir-ikkitasi şeʼr yozişga qiziqqani holida bu tuyğularini pinhon saqlaydilar. Şeʼrga qiziqmaydigan baʼzi tengdoşlarini körib, hafsalasi pir bölişi mumkin. Baʼzi havaskorlarda öziga işonç şu qadar yuksak böladiki, şeʼrini hammaga öqib beraveradi, körsatadi va tanqidiy fikrlarga umuman toqatsiz bölişadi, pinhona yoki oşkora ğururlanib yuradi. Mana şunday pinhoniy va oşkora havaskorlardan sanoqlilargina haqiqiy şoirlik martabasiga erişa oladilar.

* * *

Tabiatan samimiy inson Ikrom Iskandar (Böriboyev) 1972 yili Jizzax viloyati Döstlik tumanida tuğilgan. Ğallaorol tumani Avliyo ota qişloğidagi örta maktabda taʼlim olgan havas­kor yigitning ilk şeʼrlari va maqolalari 4-sinfda öqiyotgan kezlari tuman gazetasida, res­publika bolalar naşrlarida yoritila boş­langan.

ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagaç, iş faoliyatini Ğallaorol tuman gazetasida boşlagan. Söngra “Oila va jamiyat”, “Maʼrifat” gazetalarida turli vazifalarda mehnat qilgan. 2008 yildan buyon masʼul vazifalarda faoliyat körsatmoqda. Şu kunga qadar uning “Bir dasta gul” (1994), “Bahorni izlayman” (1995), “Bugungi naqllar” (2005), “Yomğirli fasl” (2006), “Hangoma va naqllar” (2008), “Yaşil xirgoyi” (2010), “Fasllar ohangi” (2013), “Şamol qöşiği” (2015), “Visol quşlari” (2017), “Men sen bilan baxtliman” (2021), “Nomaʼlum nomalarim” (2022) deb nomlangan şeʼriy va nasriy kitoblari muxlislari qalbidan joy olgan.

Şoirning “Manzara” sarlavhali şeʼridagi uşbu satrlar muxlislari qalbiga ham naqşlanib qolsa ajabmas.

 

Quyoşning şaşti past,

yo bir öyga ğarq,

közin qisib qarar

olamga befarq.

Nima bölyotganin

anglolmay karaxt,

atrofga bezovta

boqar har daraxt.

 

Ona tabiat şoirlarga ilk ilhom manbaiga aylanadi. Bunday ajib manzaralarni şoirona tasvirlaş Ikrom Iskandarga xos mahorat, degimiz keladi. Hammamiz ham avvalo, tabiatning farzandlarimiz. Köplab mumtoz şoirlar – Puşkin, Yesenin, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi ilk şeʼrlarini yozgan ön tört yoşlarida tabiatga murojaat qilganlar. Boşqa mavzularda ham yozişgan bölsalar-da, bu şeʼrlari öşa davr­­da havaskorning malakasi yetişmaganligi uçun çalaligiça qolib ketgan, özlari bu qoralamalaridan voz keçgan bölişlari mumkin. Muntazam mutolaa, adabiyot tögaraklarida orttirgan tajribalari öz-öziga talabçanlikni şakl­lantirib, öz şeʼrlariga tanqidiy yondaşiş­lariga sabab böladi. Insonning ruhiy keçinmalari Ikromning quyidagi satrlarida yorqin ifodasini topgan:

 

Şodlanaman qisinibgina,

Qayğu çeksam içimda yoşim.

Osmon çetin qilgança pana,

Ötib botar miskin quyoşim.

Bilmam, qaydan keldi bu savol,

Qaydan bunça könglim zorligi…

Ayting, sizga kelmasmi malol,

Bu dunyoda mening borligim?

 

Qalb keçinmalari bilan umrguzaronlik qiladigan şeʼriyat şaydolari uçun bunday quyma satrlar dil malhamiga aylanib ketaveradi. Asli şoirning adabiyot böstonidagi vazifasi ham ana şunday dilga payvasta şeʼrlar tuhfa etib borişdir.

 

* * *

Ikrom Iskandar şeʼriyatning ikki çaşmasidan bahramand bölib ulğaygan şoir. Bolaligidan mumtoz adabiyot namunalari bilan oşno bölgani uning ijodida sezilib turadi.

 

Yigitlikda yiğ ilmning mahzani,

Qarilik çoği sarf qilğil ani.

(Alişer Navoiy)

 

Köhna Şarqda şeʼriyat adabiy ijodning yakka hokimi edi. Şu sababli ham, eski maktablarda va madrasalarda Saʼdiy, Rumiy, Attor, Yassaviy, Boqirğoniy, Hofiz, Navoiy, Söfi Olloyor devonlaridagi şeʼriy namunalar darslik das­turidan ança-munça örin olgan. Şu bilan birga şeʼr öqiş va yoziş texnikasi yuzaki tarzda örgatilgan, özlarida bunga iştiyoq va salohiyat mavjudlar bu borada ilmlarini oşiriş uçun maxsus darslar olişgan, bevosita şeʼriyat bilan jiddiy şuğullanuvçi katta yoşdagi şoirlarga şogird tuşganlar.

Şoir Ikrom Iskandar şaxsida bugungi köp­lab yoş ijodkorlarda kamdan-kam uçraydigan olis moziy bilan doimiy boğliqlik sezilib turadi. Albatta, buni bir qaraşda seziş qiyin. Ikrom Iskandar bu boğliqlikdan öz ijodida xöjakörsinga foydalanmaydi. Çinakam ziyoli insonlar öz ildizlarini nazardan pinhon saqlay olişadi.

Gullaringni yaşirmağil,

Ildizingni saqla sir.

(Saʼdulla Hakim)

* * *

Ikrom Iskandar “Qobusnoma” asarini qançalik iştiyoq bilan mutolaa qilganini bu kitobni qunt bilan öqiganlar yaxşi anglaydi. Ilk bora 1966 yili Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi Subutoy Dolimov tomonidan naşrga tayyorlangan bu asar ixçam risola şaklida ön beş ming nusxada bosilib çiqqan. Öşa paytlari bu kitobning ixlosmandlari köp bölganidan uni hatto sotilmasdan çang bosib yotgan ikki-uçta katta-katta, semiz kitoblar bilan eng yuzasiga qöyilgan zaylda beliga lenta boğlangan holda “Sovğa” şaklida sotişgan ham. Narxi öttiz beş tiyin turadigan bu kitobçani yana har biri bir sömdan turadigan ikki kitob qöşilgani holida ham sotilgan damlarni yaxşi bilamiz. Tezda bu kitob bibliografik noyob naşrga aylangan. Odamlar biri-biridan sörab olib öqişganidan deyarli titilib ham ketardi.

Ikrom Iskandar ham bu kitobçani Çorsudagi kitob passajida eski kitoblar sotiladigan joy – bukinistlar bölimidan eski bölişiga qaramay, 1989 yili bir sömga sotib olgan ekan. U bu kitobning yozilişi haqida ğaroyib tarixni maroq bilan hikoya qilişni yaxşi köradi. Kaminada esa bu kitobning 2010 yili atoqli olimning öğillari, adabiyotşunos olim Uluğbek Dolimov qaytadan çiqargan savlatli va çiroyli naşri mavjud. Demoqçimanki, durdona kitob­larni astoydil öqib borganlar şunga yaraşa qalam tebratişning ham uddasidan çiqadi. Ikromning yana bir fazilati: öqigan kitoblaridan öziga yaraşa maʼnaviy nur oladi va özi ham şunga yaraşa şeʼrlari bilan ziyo taratişda davom etaveradi.

* * *

Örta asrlar “Odobnoma”si bölmiş “Qobusnoma” kitobida “Şoirlik rasmi zikrida” deb atalgan öttiz beşinçi bobida ijodkorlik tabiati haqida söz boradi. 1082-yillarda Ğarbiy Eron, yaʼni Kaspiy dengizining sohiliga yondoş (Hozirgi Turkmanistonning janubiy-ğarbiy qismi ham qöşib olingan) Jurjon şohi Kaykovus ibn Iskandar öz öğli Gilonşohga bağişlab “Nasihatnoma”sini yaratdi va öşa davr anʼanasiga köra, bu asarini bobosi podşoh Şamsul maoliy Qobus şarafiga “Qobusnoma” deya nomlaydi. Şoh Qobus, sizlarga maʼlumki, yigirma yoşlardagi dono Abu Rayhon Beruniyni 994-yillari öz xizmatiga olgan, unga boş vazirlik mansabini ham bergandi. Mamlakatini badavlat mulkka aylantirgan şoh Qobus umrining oxirida juda ham badgumonlikka berilib ketganidan, öz taxtiga ega çiqmoqçi bölgan yakka öğlining va undan bölgan nabiralarining ham ölimiga sababçi bölgandi, tez orada özi ham vafot etadi. Beruniy ana şu notinç kunlardan sal burunroq öz yurti Urgançga ketadi va Qobus vafotidan bexabar qoladi. Taxtga boşqa daʼvogar bölmaganidan, uning beva qizi Saida vaqtinça taxtni boşqarib turadi. Mana şu paytda janubda Sulton Mahmud Ğaznaviy saltanati kuçayib, Buxoroni bosib oladi. Buxorodan qoçgan yigirma yoşli ibn Sino yigirma sakkiz yoşli ustozi Beruniy xizmat qiladigan Xorazmşohdar huzuriga boş olib ketadi. Ammo, Sulton Mahmud ğazabidan qörqqan Xorazm şohi ibn Sinoga yo sulton xizmatiga boriş yoki boşqa biror yoqqa ketişini maslahat beradi. Ibn Sinoga Beruniy özi xizmatda bölgan Jurjonga borişi va şoh Qobus xizmatiga kirişi uçun özi yaxşi muomalada bölgan malika Saida nomiga maktub yozib beradi. Ibn Sino yetib borganida, şoh allaqaçon vafot etib, taxtni Saida boşqarayotgan ekan. Ibn Sino aynan mana şu “Qobusnoma” asari muallifi Kaykovus ibn Iskandar yoş bolalik payti xizmatga kiradi va şahzodaga turli fanlar qatori şeʼriyat böyiça ham darslar ötgan. Demak, ke­yinçalik yozilgan “Qobusnoma” asari paydo bölişiga uluğ hamyurtimiz ibn Sinoning ham ahamiyatli taʼsiri bölgan.

Xöş, boşqa boblar orasida kölami bilan ançagina katta bölgan mazkur bobda şoirlikka qanday taʼrif berilganiga eʼtibor qarataylik: “Ey farzand, agar şoirlik qilmoqçi bölsang, harakat qil, toki sözing oson va foydali bölsun, özing bilib, özgalar uning şarhiga muhtoj bölğudek sözni aytmağil, nedinkim, şeʼr aytğon kişi xalq uçun aytur va özi uçun aytmas” (Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874) tomonidan, Xorazm xoni Muhammad Rahimxon Feruz (1844-1910) iltimosiga köra tarjimasi, 1860 yil).

Ikrom Iskandar har gal bu tarixni zavq bilan hikoya qilib berarkan, hozirgi yoşlar “Qobusnoma”ni öqigança şoirlik ilmini örganmasligini afsus ila taʼkidlaydi. Umuman, hozir şeʼriyat ham ilm ekanligini yoş öquvçilar tugul, katta yoşli şoirlar ham deyarli bilişmasa kerak.

“Şeʼriyat avvalgidan köra ommalaşib ketgani bilan, uning toşi ança yengillaşib ketdi”, deydi şoir Ikrom Iskandar afsus ila. Şeʼriyat ilmi arabiy aruz vazni bilan çambarças boğliq bölibgina qolmay, boşqa xalqlar tilidagi mumtoz şeʼriyat qoidalari bilan ham boğliq.

Alloma al-Beruniy ham “Hindiston” ilmiy risolasida arabiy aruz va hindlarning şloka vaznini bir-biriga qiyoslar ekan, hindiy şlokaning imkoniyatlari rang-barangligini taʼkidlagan.

 

Şukur, bölibmen noil eʼtiboriga yorning,

Köyida kuymanib jon örnida izin saqlab,

Közlarimga surubmen har bosgan qadamini,

Yor bizni Majnun demiş,

                                           bul laqab bila alqab.

 

* * *

Şoir Ikrom Iskandar aruzni örta maktab dasturi böyiça örgangan. Özbek xalq şeʼriyati köproq barmoq vazni bilan boğliq bölgani uçun ham Ikromning şeʼrlarida anʼanaviy barmoq vazni ustunlik qiladi. Bu aynan yetmişinçi yillarda tuğilganlar uçun xos uslub.

 

Qalamimning içi ham

Kömirday kuygan emiş,

Dardim bayon etgunça

Jonidan töygan emiş.

 

Ikrom Iskandar ustozlari qatorida şoir Rauf Parfi ijodini özgaça ardoqlaydi. Yangiça fikrlaş, kutilmagan qofiyalar kaşf qilişga intilişi bilan özbekning buyuk şoiriga yaqinlaşişga harakat qiladi.

Rauf Parfining “Yoz keçasi” şeʼrida öqiymiz:

 

Yoz keçasi, osmon falakda

Kunduzning kitobi öqildi.

Tars yorildi qovun palakda,

Oltin şaftolilar tökildi.

 

Ikrom Iskandar Jizzax daştlaridagi yaşil dalalarga kuz qay holda pisib yaqinlaşişini “Poliz natyurmorti” şeʼrida şunday ifodalaydi:

 

Bir taraddud kezar polizda.

Garçi hali osmon moviydir,

qaynoq kunlar qolgan olisda –

tarqayotgan tun salqinida

qovunning badani soviydi.

 

* * *

Ikrom Iskandar yurtimiz tarixini buyuk adabiyoti ila idrok qilişga intiladi. 1920 yillargaça özbek şeʼriyatida aruz vazni ustunlik qilib kelgan. Turkiyada esa qadimdan, taxminan 1250 yillardan keyin xalqona şeʼriyat yölida ijod qiliş urf böla boşlagan. Mavlono Jaloliddin Rumiydan keyin şogirdlari tomonidan turk şeʼriyatining ikki böğini – saroy şeʼ­riyati (asosçisi Rumiyning öğli Sulton Valad) va xalqona şeʼriyat (şogird Yunus Emroh) ibtido oldi. Yunus Emroh ijod qilgan xalqona ohang­larning asosçisi esa özimizning bobokalonimiz Ahmad Yassaviy yaratgan “Hikmatlar” devoni edi. Yassaviy şu paytgaça arab va forsiy tilda yaratib kelingan tasavvuf şeʼriyati asosida turkiy tilda hikmatlari barobarida katta inqilobga qöl urdi.

Şoir Rauf Parfi taʼbiri ila “Sabr daraxti” deya sifatlangan Qadim Turkiston yangi bir şeʼr tili – turkiy hikmatlarga beşik bölganini baralla ayta olamiz. Mana şu xalqona şeʼriyat keyinçalik ozarbayjon şeʼriyatiga katta taʼsir körsatgan. Çölpon va Oybek ham ana şu oqim vakili edi. Usmon Nosir va Abdulla Qodiriy, Ğafur Ğulom esa anʼanaviy aruzda ijodini boşlaşgan. Ayniqsa, Usmon Nosirning ilk şeʼrlarida aruz taʼsiri juda kuçli bölgan (Masalan, “Yurak” şeʼri). Habibiy domla, Çarxiy, Çustiy, Sobir Abdulla bir umr aruzda yozib ötdi. Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Erkin Samandar kabi şoirlar har ikki vaznda mahorat ila qalam tebratişgan. Nazdimda, Ikrom Iskandar ham şu ustozlarga ergaşgan holda aruz yölida ham çiroyli satrlar tuzişga erişdi.

 

Motamsaromi bu şam?

Yiğlab yonomi bu şam?

 

Bağri oppoq bölsa ham,

Dardi qaromi bu şam?..

 

Bu ğazalda Ikrom Iskandar aruzning taʼzod sanʼati – zidlantirişidan unumli foydalangani öquvçini befarq qoldirmaydi.

* * *

Maktab partasida taʼlim oliş barobarida şeʼr yozişni maşq qila boşlagan Ikrom Iskandar katta-kiçik matbuot naşrlarida faol qatnaşib kelgani uni katta adabiyot böstoniga boş­lab kirdi. Uning katta ijodiy muhitga qöşilişi ayni milliy-ozodlik harakati avj olgan davr va mustaqillikning ilk yillariga töğri kelgan. Ikromning mamlakatda yangi oçilgan “Oila va jamiyat” gazetasiga işga kelişi tasodif emasdi. Oila deganda köz oldimizga ona, beşik, qozon-tovoq, oşxona, taxmon, bola-çaqa keladi. Bunday tasavvurlarga qarşi ölaroq, yangi taʼsis etilgan gazetaning ijodiy jamoasi asosan erkak­lardan taşkil topgan bölib, ularning sardori qalami ötkir publitsist va adib Qulmon Oçilov edi va erkakça dadil gaplarni, “gapning öğil bolasini” muştariylar şu gazetadan topadigan bölişdi. Qalami ötkir jurnalistlar qatorida öttiz yoşlardagi Örol Özbek ham bor edi. Gazeta öşa paytlari, hali “Hurriyat” kabi senzuraga böysunmas gazeta yöq yillari Özbekiston parlamenti naşri bölmiş “Xalq sözi”ga raqobatdoş, bir yilning özida tiraji böyiça rekord körsatkiçga ega bölgandi. Gazetada jamiyatning barça oğriqli muammolari haqida ötkir maqolalar berilardi. Bu esa Ikrom Iskandarning ijodiga ham katta taʼsir körsatganini qu­yidagi satrlarida kuzatiş mumkin:

 

Vujudim Sarosima köliga tuşdi.

Bağrimga urildi

qalqib-qalqib öy:

– Yurak –

qafasda qarovsiz qolgan quşdir,

Aza esa…

köpga kelgan töy…

* * *

Şoir va munaqqid Olloyor Begaliyevning adabiy tanqidçilik ruhi bilan suğorilgan maqolalarini qiziqiş bilan öqirdim. Uning qalamiga mansub ana şunday maqolalaridan birida, mustaqillikdan keyin ötgan ön beş yillik vaqt mobaynida yaratilgan şeʼrlarni tahlil qilarkan, Ikrom Iskandarning şeʼrlariga ham töxtalib ötgança, quyidagilarni yozgan edi:

“Atoqli şoirlardan biri keyingi ellik yillar içida yaratilgan şeʼriyatning eng yuksak namunalarida ham istiora – öxşatiş uçramayotganidan nolib yozgandi. Bu esa başariyatni ona tabiatdan olislaşib, urbanizatsiya – şaharliklaşişga mukkadan ketganini bildiradi. Odamzodning sakson foizida isteʼmolçilik kayfiyati paydo böldi. Ular dökonlarda pulga sotib olayotgan mahsulotlar ona yerdan, qişloqlarda yaşovçi aholi tomonidan yetiştirilişi haqida tasavvur yöqolib bormoqda. Bolalar sigir nimaligini bilmaydilar ham. Bilganlarning tasavvurida esa oq sigir – sut, tarğil sigir esa qahva beradigandek. Taraqqiyot ğildiragi esa şiddat ila aylangança, odamzodni tabiatdan olislarga, zamonaviy gadjetlar – ayfonlar, kompyuterlar, plazma televizorlari sari olib ketmoqda. Ikrom Iskandar ana şu boğliqlikni şeʼrlarida saqlab qolişga harakat qiladi:

 

Sevmasingni aytdingmi,

kelmasingni aytdingmi,

yoki közguga qarab

aytayapsanmi hamon –

boqib biror teşikdan

ovozingni eşitgan,

har qalay, bir nimani

bilib olgan bu şamol.

 

Quş tilini quş bilar, deganlaridek, bir kuni “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida yoritilgan Ikrom Iskandarning şeʼrlarini Olloyor aka tahlil qilib bergandi. Men öşa yillari judayam uruği köpayib ketgan mazmunan böş tizmalar tufayli endi yaxşi şeʼrlar yozilmaydimi, umuman, bozor iqtisodiyotiga ötiş yillari şoirlar şeʼr yozmay qöyadimi, degan xavotirda yurardim. Axir, matbuotda Özbekis­ton xalq yozuvçisi Şukur Xolmirzayevning “Adabiyot öladimi?” degan tahlikali maqola-essesi eʼlon qilingandi.

Şoir Ikrom Iskandarni şoir sifatida ana şu gazetada eʼlon qilingan şeʼrlari tufayli tanidim.

 

May oyi. Keng maydon. Va ikki jom may.

Mayin şabbodada tebrangan maysa

uzoq suzib ketar joyidan jilmay,

yuzida şabnamlar kular jilmaysa.

 

Mayin şabbodada tebrangan maysa.

Tebranar maysaday beğubor mayl:

“Sen mening yonimdan mangu ketmaysan,

mangu şul maysaga yoyilgan sayil!”

 

Tabiat bilan oşnolikning yetuk misralari. Tovuşlar öyini. Beixtiyor Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusufniing bir misrasi yodga keladi: “Aprel, aylanayin yalpizlaringdan…”

 

 

* * *

Şoirning salomi ham, kalomi ham şeʼrdir. Uning turli naşrlarda eʼlon qilingan şeʼriy salomlari özbek elining turli çekkalariga yetib boradi. Bir-biridan çiroyli şeʼrlar. Ayniqsa, bu şeʼrlarda tabiatning erkatoylari bölmiş gullarga bağişlanganlari Ikromni köngil boğining usta boğboni maqomida tasavvur qoldiradi.

 

Tegsam qölim kuydurguvçi kuydirmajon,

ofatijon,

otaş töla sumbatingda ne ul nihon,

gulmi tikon?

 

Munça ğunça lablaringni ol etgaysan,

bol etgaysan,

tokay mağrur qaddim egib dol

                                                           etgaysan,

lol etgaysan.

 

Yana aruziy ohanglarga duç kelamiz. Aruziy ğazallarda birinçi banddagi fikrni ikkinçi banddagisiga ulab yuborişni silsila sanʼati deyiladi. Mana bir mumtoz şeʼriyatdan bir misol:

Dedimki: “Senga dildan bir xona

                                                   kerak yöqdir?”

Dediki: “Xazinamga vayrona

                                                kerak yöqdir!”

Dedim: “Sözing ötiğa jonimni

                                                       yoqay yorim”,

Dediki: “Çiroğimga parvona

                                                kerak yöqdir…”

(Xusrav Dehlaviy. 1253-1325)

 

* * *

Ikrom Iskandar istiqlol yillarining ança qismini xalq taʼlimi vazirligi naşri bölmiş “Maʼrifat” gazetasi bilan boğladi. Yangi Özbekiston örta va oliy taʼlim dasturlarida islohotlar ötkazilişiga doir yangi muammolar markazida böliş uzoq kelajakni közlaş lozimligini yaxşi anglagandi.

Albatta, yaratişdan köra buziş osonroq. Bu sohada ham ançagina islohotlar tavakkaliga amalga oşirilganidan köz yumib bölmaydi. Ikrom Iskandarning tanqidiy muşohadalari şeʼriy satrlariga mahorat ila jo qilinadi. 2016 yil kuz oylaridan mamlakatimizda öqituvçilar obrösini tiklaş, taʼlim sifatini yaxşilaş sari ulkan qadamlar qöyildi. Bu hol şoir şeʼriyatida öziga xos tarzda jarangladi:

 

Muallim demak asli, ezgulikning nomi bu,

Minnatdor şogirdlarning ardoqli

                                                           kalomi bu,

Maʼrifat istar elning samimiy

                                                           salomi bu,

Barkamol avlodlarning mangu ehtiromi bu –

Ey aziz, ey muhtaram,

                                    ey möʼtabar ustozlar.

 

* * *

Ikrom Iskandar avlodiga mansublar uçun uçinçi ming yillikda boşqa bir imkoniyat eşigi oçildi – ijtimoiy tarmoqlarda istaganiça öz ijodini muxlislariga ulaşiş, ular bilan on-layn tarzda muloqot qiliş imkoni. Bora-bora şeʼriyat öz manbalariga qaytmoqda – ötmiş adabiyotida ham şeʼrlar kitob holida emas, varaqlarga yozilgan holida tarqalar edi. Bu borada “Ikrom ISKANDAR şeʼrlari” deb nomlangan telegram kanali şeʼriyat şaydolarining kundalik közgusiga aylanib qolgan. Qançalik band bölişiga qaramasdan Ikrom kunda-kunora yangi şeʼrlarini şu kanali orqali havola etib boradi. Özi yangi şeʼr yozolmay qolgan kunlari qalbiga naqşlanib qolgan boşqa şoirlarning asarlaridan ham “ilinib” turadi. Navbatdagi ana şunday satrlar Doğiston ohanglariga aylangan aşʼordir. Uni mutolaa qilgan şeʼrxonlar özlarini fusunkor Doğiston manzaralariga oşno bölgandek his etsalar ajabmas:

 

Sahar çoği bulbul gulga oçmasdan izhor,

Qizginamning gul yuzini körsin

                                                           buğdoyzor.

Örmonzorda kakku quşi boşlamay sanoq,

Mening qizim qilib bölsin polizda ötoq.

Tannoz qizlar böşamasdan upa-elikdan,

Mening qizim suv keltirsin borib

                                                             buloqdan.

 

Öz şeʼrlarini gitarasida ijro etadigan şoir va xonanda, “Kino” guruhi darğasi, saksoninçi yillardagi “Qayta quriş” siyosati tarğibotçisi Viktor Soyning juda ibratli gapi bor: “Men uçun qöşiqlarimni katta stadionlarda, zallarda ijro etişimdan köra, ularni ijod qilişim muhimroqdir”.

Ijod bir paytning özida ham erkinlik, ham mehnat, ham istirohatdir. Buni şeʼriyat şaydolari qalbiga jo bölib qolayotgan Ikrom Iskandarning nafis satrlari misolida köriş mumkin.

Tölqin EŞBEK,

filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan