Daryo qah-qah otar moviy rang bilan
Muallif haqida:
Bahrom RÖZIMUHAMMAD — 1961 yilda Xorazm viloyatining Şovot tumanida tuğilgan. 1983 yilda ToşDU(hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. “Tovuşsiz qadam”, “Terakka yaqin yulduz”, “Ikki nur”, “Davsaman”, “Tinç gullaydigan daraxt”, “Kunduz sarhadlari”, “Soyalar suhbati” nomli şeʼriy töplamlari hamda pedagogika faniga oid “Çölpon — tong yulduzi demak” nomli risolasi naşr qilingan. Şeʼrlari turk, ingliz, nemis, ispan, fransuz, rus, hind, fors, turkman, qoraqalpoq tillariga ögirilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining aʼzosi.
ORZU
Vaqt bolğaçasi ostida
orzu asta-asta uşalib borar,
uşalgani sayin kattayar odam.
Vaqt bolğaçasi ostida
orzu yumaloq şaklda,
şar şaklida orzu.
Şunday yiriklaşar daqiqa sayin,
uşalmasa — odam kiçrayib-kiçrayib
yöqolib ketadi şar soyasida.
* * *
Har narsaning ismi öziga monand
boşga kiygizilgan toj kabi.
Kuçukka “Gul” deb
ism qöymas heç kim.
Boşdagi fikr qorayar ekan
tojga yuqa boşlar bu ranglar.
Qarabsizki, uni
heç kim kiymay qöyar, hayiqar.
Şu bois, men uçratmadim
Gitler degan biror bolani.
Gödakka ism qöyayotganda
uning boşini va ösmoqçi bölayotgan
fikrlarni hisobga oliş zarur.
TINÇLIK
Dubulğani
gultuvak deb öyladi
niş otayotgan uruğ.
Oppoq orzulari ila
kömilgan jangçining
qirmizi qonin emib kökardi gullar.
Endi öşa gullar
va moviy osmon oraliğida
sukunatdan boşqa heç narsa yöqdir.
* * *
Kumuşrang, momiq gul tuşimga kirdi,
alvon ufqdan sirğalib tuşdi,
alvon ufqda yöq edi tuman.
Eng mayda giyohgaça
aks etdi tuşimda.
Tonggaça yaşadi momiq gul…
Oh, eslab qololmadim gulning hidini.
* * *
Oqib ketgisi keladi toşning,
baliqlarga qöşilib
yengil,
uzoq-uzoqlarga oqib ketgisi.
Daryo
qah-qah otar
moviy rang bilan
xarsang toşlar tevaragida.
ODDIY NARSALAR HAQIDA
1
Yaxşiyamki, muşt tugişni
bilmas quşlar,
yölbars
öljasiga taşlansa
faqat tişlariga işonar.
Bu bahaybat muşt,
bolğasifat muşt
odamning peşonasiga çizilgan.
Öşa muştning ostida
öyinçoqqa aylanar
öljasini yutayotgan yölbars.
2
Tuvakdagi gulning çehrasi
deraza ortidan
qor sovuğini yutib,
termulgan sayin köksimga ufurar,
gulxanga,
tuvakdagi gulxanga qöl çözsam,
daqiqa sayin muzlaydi kaftim.
3
Kuçuk hursa
nega sergak tortar yölovçi,
muşuk miyovlab
naʼra tortgani kabi yölbars,
bu uning tovuşi,
uning yaşaş şaroiti şunday,
unda ayb yöq,
nafas olmoqçi bölib
oğzini oçsa
doim bir xil tovuş ketar dumalab:
vov-vov.
TERAKKA YAQIN YULDUZ
Boşqa yulduzlar-la işi yöq uning,
uni çorlayotir yagona yulduz,
yulduz — daraxtsiz kumuş bir meva,
u terakniki bölar bir kuni —
terak ösaversa, yulduzga qarab.
Yarim yölda qolib ketdi gujum ham,
daraxtlarning eng darozi — terak
kun sayin ösadi yulduzga qarab.
Yulduz… Mevaligin bilarmikan u,
zumrad yaproqçalar kökiş nuriga
çambarças boğlanib oq, oppoq şuʼla
yulduz siljirmikan bir kun örnidan?
… “Hozir yulduz uçdi” degan xabarga
terak işonadi hammadan köproq.
* * *
Baxt quşi
biroz farq qiladi ajdodlaridan,
qayga qönişini aniq bilar u.
Ana
Quyoşga tegdi kimningdir boşi,
Quyoş sariq bulutdek yoyilib ketdi…
(U ham parrandadir, issiq ölkaga
uçib ketgisi kelgandir balki,
hali tuxum qöyib, jöja oçadi).
Boşning usti qordek oqargaç
boşqa çöqqilarga uçib ketdi u.
NAFRATNI TUŞUNIŞ
Qaniydi kiprigim öqdek otilsa,
roziman kipriksiz qolişga hatto.
Kipriksiz közlarim körar şubhasiz:
kimdir yiqiladi köksin çangallab,
kulişga ulgurmas yiqilayotib.
* * *
Döstim ham daraxt,
u menga suyanmoqçi,
daraxt daraxtga suyanarmi axir?
Men suyançiq emasman,
suyaşdan-da muhim vazifalar bor:
sarğayaman, deydi kök yaproq,
şamol esa uni olib ketmoqçi,
sarğayma, deyişim kerakdir unga,
kuz kelgunça sabr qilsin u.
Endi ildizlarning taşvişi:
bittasi çirimoqçi şu paytda
qişgaça şoşmang, deyman,
yaproqlar tökilsin,
quşlar uyasini tark etsin.
Mevaga tuşayotgan qurtlarni
keçqurun muzokaraga çaqirdim.
Kavagimga uya qurmoqçi bölgan ilonga
bahorda har kuni yalindim —
undan qörqadi-da oppoq gullarim.
Öz taşvişim ildizdek çulğar,
menga yaqin kelmang, daraxtlar,
daraxt daraxtga suyanarmi axir?!
* * *
Qor yoğmoqda, xayol yoğmoqda,
xayol kabi oqarar atrof.
Otma, ovçi, butoq ostidan
qoçayotgan kulrang quyonni.
Oyoq bosilmagan oqlik. Yur, jonim,
izlarimiz yonma-yon tuşsin.
Lablaringda qizil tabassum,
ne sözlasang oq bölur bugun.
Bugun tongnikidir biz yurgan söqmoq.
UÇLIKLAR
1
Tila tilagingni deb sörar
baqalar bilan birga
yaşaydigan oltin baliq.
2
Oyoq uzatgisi keldi-da birpas
tonggaça qorbobodek
erib bitdi böron.
3
Qöşiqni uşlab kördilar.
Qöşiqni barmoqdan yasalgan
qafasga qamab qöydilar.
4
Derazani çil-çil sindirdi,
mahbusni ergaştirib ketdi iziga
çeçaklarning isyonkor hidi.
5
Uçayapti qanotli nina.
Yaşil köylak tikib ber, ninaçi,
keyin moviy köylak.
6
Çöntagida pullar
uzoq mehmon bölmas.
Çöntagida şamol yaşaydi.
7
Zulmat qöynida Oq kema.
Goh qon tusida,
goh sut tusida çayqalar dengiz.
TABASSUM UÇUN SÖNGGI IMKON
1
Ruxsat bering
bir zum boşsiz yaşay,
telpakdek olib qöyay boşni,
közlarni közoynakdek yeçib qöyay birpas.
Ruxsat bering
bir marta
qörqinçli tuşlarning barini
boşning özi körsin javon ustida.
2
Şov- şuv
quyuq, kulrang tuman,
uning dumi, uzun bir dum.
Qayga qadam qöysa-da
otning yolidek
çehrasini sassiz çulğab oladi.
Endi ajratib köring-çi
çehra va közlarni kulrang tumandan.
3
Kaft, kitob uşlab çarçama,
umrdek uzun vagon içida.
Bu yerda
soatlab
öqiş mumkin peşonalarni.
4
Iltimos taşiydigan telefon –
simli,
bir-biriga ulangan hammollar safi.
Burnidan narini körolmaydiganlar
ovozi örnaşib qolgan oq quti…
Har uyda
şunday quti, şunday suhbatdoş.
Ikkita qöldan
köproq iş bajarar
telefonning bitta dastagi.
5
Ğalati istak:
xuddi yarani körgandek
körmoqçiman
qay şaklda bölarkan oğriq?
Vujud şovqinlarni yengadi,
jimlikka qaytadi vujud,
közlar qarar oğriq keladigan yölga.
Hatto tiş oğriği şovqinni kutib
birzum izga qaytar közga körinmay.
6
Mana, uy ham qarib qoldi,
izğirinni nazarga ilmasdi avval,
köziga börondek körinar endi
bahorda yaşaydigan şabada.
Eh, nimalarni körmadi uy —
çivinni-da haydamay
özida yaşatadigan tört devor…
Uy eşikka suyandi,
yoqimsiz ğiyqillab oçildi eşik.
7
Maymunni tomoşa qilişdi,
tuxum yorgan
yap-yangi jöjaga
qiziqsinib qaragan kabi.
Maymunni tomoşa qildi odamlar,
maymun — odamlarni.
Uning qöli toza,
tarix kitoblarini varaqlab
heç kim şu paytgaça öqimagan-ku
şaharni portlatgan maymun haqida.
Panjaradagi maymun
şu qadar soddaki
gunohini sörab
daʼvo qilib bormas mahkamalarga.
8
Labni, labdagi qonni
yaşiradigan aççiq tabassum.
Yiqilib tuşgan odam
özini önglab
qad-qomatini tiklaganidek
xörsiniqdan tabassumga
qaytaradigan kuç.
* * *
Tişni tişga bosib,
sal ötgaç
burunni iyakka tegizib
saqlangan toqat
nihoyat sabrning tagiga yetdi.
* * *
Voqealarni tanlab,
bir çimdim tuz sepib,
konserva qutilariga joylang –
yölda
sudralib kelayapti keksalik.
ARÇA BARGLARIDEK YAŞIL
Umidlarim soğlom össin deb
nafas oldim toza havodan,
qiyoq tilli maysalar,
quşlar – qanotida osmonning hidi,
hansirayotgan bahaybat daraxtlar
nafasga yöğrilib içimga kirdi.
Va ösayotgan umidlarim oşa
bir sado vulqondek otilib çiqdi:
qanday yaxşi yaşaş,
ayniqsa, seni hamma tuşunsa,
hamma seni sevsa,
yuragini yuborsa köksingga,
jajji
qizil va oq quşçalardek
suhbatlaşişsa ular…
Vujudimni qopladi
birdan tölqinsimon hayqiriq.
Mening sevgim şunday ediki…
Sevgining içida yaşayman,
mening sevgim abadiy,
mening sevgim arça barglaridek
abadiy yaşil.

