Yaratilgan imkoniyatlar — yutuqlar garovi

Sirdaryo viloyatida respublika va viloyat OAV vakillari iştirokida media-tur ötkazildi

Bugungi kunda barça jabhada keng kölamli islohotlar jadallik bilan amalga oşirilmoqda. Bu borada Sirdaryo viloyatida ham işlab çiqariş korxonalarining soni ortib borişi, aholiga qulaylik yaratiş, jamiyatni ijtimoiy-siyosiy rivojlantiriş, umuman barça işlar Inson qadrini uluğlaş tamoyiliga hamohang.

Sanoatni, işlab çiqarişni rivojlantiriş borasida Sirdaryo tumanidagi “PENG SHENG”  Özbekiston – Xitoy qöşma korxonasining bugungi investitsion imkoniyati 100 million dollardan ortiq. Korxonada 2000 nafardan ziyod işçi faoliyat olib boradi. 

— Yildan-yilga talab va tak­liflardan kelib çiqib, yangi mahsulotlar işlab çiqarişga harakat qilmoqdamiz. Eksport salohiyatini oşiriş va geografiyasini ham kengaytiriş ustida qator işlar amalga oşirilmoqda. 2024 yilda jelatindan — protein, poletrol granulalari, katta hajmdagi kafel mahsulotlarini işlab çiqarişni rejalaştirayapmiz. Bundan taşqari, vannalarni marmar toşlardan yaratiş böyiça Yevropa davlatlaridan takliflar tuşgan. Santexnika jihozlarining özi 40 dan ortiq turda işlab çiqarilmoqda. Hozirda santexnika uskunalariga sensor tizimlarini örnatiş ustida ham iş olib borayapmizki, bu loyiha amalga oşsa, nogironligi bor fuqarolarimiz uçun yanada qulayliklar yaratiladi, – dedi “PENG SHENG” Özbekiston – Xitoy qöşma korxonasi boş direktori örinbosari Ğofirjon Ahmedov.

Jurnalistlar borgan navbatdagi manzil 2000 nafarga yaqin, asosan, xotin-qizlarni iş bilan taʼminlagan “SIRDARYO MEGA LUKS” korxonasi böldi.

— Korxonamiz  polipropelin, polietilendan qop va sellofan kabi qadoqlaş mahsulotlarini işlab çiqarmoqda. Bu sohada nafaqat Özbekistonda, balki MDH davlatlari orasida eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi.

Bir yilda 25 ming tonnadan ortiq xomaşyoni qayta işlab çiqara oliş kuçiga egamiz. 2023 yilning 11 oyida 600 milliard söm qiymatga yaqin mahsulotimizning 35 foizi, yaʼni 200 milliard sömdan ortiği eksportga yönaltirildi, – dedi boş direktor örinbosari Nodir Böronboyev.

Oqoltin tumanidagi paxta töqimaçilikka asoslangan “SARDOBA UNIVERSAL” klasteriga qaraşli agromarkazning loyiha qiymati 5 million dollarni taşkil etar ekan.

— Korxonamizda issiqxonalar quriş, ösimliklarni himoya qiliş, tup­roq va suv tahlil laboratoriyasi, agronom maslahati, veterinariya dorixonasi, uruğ va köçatlar yetkazib beriş kabi xizmatlar yölga qöyilgan. Bundan taşqari, fermer va dehqonlar uçun agromarket dökonlari ham mavjud. Dehqon-fermerlarimizga tegişli barça yerlar konturlarga ajratilib, raqamlaştirilgan. Bu orqali qaysi yerga qança öğit, qança suv zarurligi körsatib beriladi. Buning natijasida ortiqça isrofgarçilikning oldi olinadi, hosildorlik oşadi. Agromarkazda barça dehqon-fermerlarimiz özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişlari mumkin, – dedi “SARDOBA UNIVERSAL” klasteri mutaxassisi Komilxöja Eşonxonov.

Oqoltin tumanida Prezidentimiz taşabbusi bilan “Mustaqillik” mahallasida “Obod mahalla, obod köça va obod xonadon” mezonlari asosida aholining bugungi kunda hayotdan rozi bölişlari uçun barça şaroit va qulayliklar yaratib berilganligi ham diqqatga sazovordir.

Kunning ikkinçi yarmida Yangiyer şahrida 2022 yilda işga tuşirilgan “ECO plyus” WOOD mebelsozlik klasteri faoliyati bilan ham yaqindan tanişildi.

— Bu yerda tayyorlanayotgan mebel jihozlari barça zamonaviy standartlarga javob bera oladi. Bugungi kunda 100 nafardan ortiq işçilar faoliyat olib boradi. 2024 yilda loyiha qiymatini 20 million dollarga yetkazib, 250 nafar yangi işçi örni yaratişni reja qilganmiz. Uskunalar Xitoy va Turkiya davlatlaridan keltirilgan, – dedi Yangiyer şahar hokimi örinbosari Elyor Önarov.

Xovos tumanidagi Turkiya davlatining “Cengiz Enerji San. ve Tic A.Ş.” kompaniyasi bilan hamkorlikda yölga qö­yilgan quvvati 220 mVt bölgan “CENERGO” gaz-porşenli elektr stansiyasi muvaffaqiyatli faoliyat körsatmoqda. Bu korxonadagi iş samaradorligi tufayli yiliga elektr­dan 1,7 millliard kVt va 150 million m3 gaz tejaladi. Buning natijasida 685 million kVt soat elektr energiya işlab çiqarilişi diqqatga sazovordir.

Media-tur söngida viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Viloyat rahbari sönggi yillarda Yurtboşimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar negizida Sirdaryo viloyatining ijtimoiy-siyosiy hayotidagi özgarişlar haqida sözladi. 2023 yil yakuni va kelgusi  2024 yilda amalga oşirilişi rejalaştirilgan işlar xususida atrofliça töxtaldi. Öz navbatida jurnalistlarni qiziqtirgan  savollarga   batafsil javob berdi.

Bahrom BOYMURODOV.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan