Radar örnatgan tadbirkor yölning sozligiga ham masʼul bölsin
Qişning qorli-qirovli kunlaridan keyin har doimgidek viloyatlarni bir-biri bilan boğlaydigan aksariyat trassalar juda yomon ahvolga kelib qolgan. Gohida toşbaqa yuriş qilmasa bölmaydigan joylar bor. Sabringiz çidamay, salgina gazni qattiqroq bossangiz, tamom, jabrini özingiz tortasiz. Yöl böylarida ballonini almaştirayotganlarga közingiz tuşayotgandir. Köp ular.
Lekin bundaylarning hammasini ham besabr deyolmaymiz. Çuqur köp, ha, endi birortasiga qattiqroq tuşgan-da. Özidan ötganini özi biladi. Içida nima deyapti, kimning şaʼniga “çiroyli” gaplar aytyapti, öziga ayon. Ahvolini tuşunsa böladi. Hamyonga, rözğorga zarar.
Faqat viloyatlararo emas, hatto Toşkent şahri yöllarida ham öydim-çuqur tölib yotibdi. Ayrim çorrahalarda avtomobillar çiziqni bosib qöymayin, kameraga tuşmayin deb çuqurga tuşib ötişga majbur bölyapti. Poytaxt uçun uyat-da endi bu manzara. Xorijlik mehmonlar oldida ham xijolatli.
Biz: “Şunça mablağ ajratilyapti, soliq tölayapmiz, nega ahvol doim şunday?” deb savol berişdan çarçamaymiz, yölçilar esa: “Hammasi joyida böladi, tuzatamiz”, deya zarraça xijolat çekmay javob berişdan çekinmaydi. Qilingan yöl köpinça bir mavsumga yaraydi. Har yili şu ahvol, şu mavzu.
Endi bir taklif-da. Mana şu yöllarning soz holatda bölişini taʼminlaş masʼuliyatini öşa hududga radar örnatib, daromad körayotgan tadbirkorga yuklasa, maqsadga muvofiq bölardi. Qolaversa, bu adolatdan ham bölardi. Davlat şunça imkoniyat berib qöyibdi. Şoşgan borki, jarimaga tuşib, radarçi tadbirkorga foyda keltiryapti. Nega endi jamiyat uning xizmatidan naf körmasligi kerak? Sizdan ugina, bizdan bugina-da. Radar örnatilgan hududdan qançadir qismi, masofasi bölib berilsin. Buzilsa, tadbirkor akamiz tuzattirsin. Buyam davlat-xususiy şeriklikning bir körinişi böladi. Ana keyin çiziq deydimi, tezlik deydimi, kim bosarkin, kim “uçar”kin deb poylab ötiraveradi. Töğrimi?
Manba:
platforma.uz
