Simsiz simyog'och kerakmi?!

Toshkent shahar Elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlari diqqatiga!!!
Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulovga murojaat!!!
Yashnobod tumani “Mumtoz” MFY hududiga qarashli Ohanrabo ko'chasi 1-muyulishdagi mana shu “stolba” – simyog'och, o'n yillarki, qarovsiz yotibdi. Bir paytlar elektr simiga ulangandi, yangi beton simyog'och o'rnatilgach, shu ahvolda yotibdi. Mahalla raisiga aytsak, “Telekomga aytdim, oladi”, deydi, hokimlikka aytsak, “Toshkentnur”ga qaraydi, o'shalar javobgar”, deydi.
Nurab, zo'rg'a uch-to'rtta armaturaga suyanib qolgan simyog'och qulab, biror falokat ro'y berishini kutishyapti, shekilli, bu mas'ullar!!!
Qani, Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbariyatidan biror sado chiqarmikan?
Balki Yashnobod tuman hokimi chora topar, bilmadik!
Jurnalist
Norqobil Jalilovning “Facebook”dagi
sahifasidan olindi.