Ğalati qiliqlarimiz haqida

Ha, bu qiliq, bundan boşqa narsa emas. Har yili şunday voqea qaytariladi: dehqon kuyadi. Bu yil piyoz ekkan fermermi, tomorqaçimi — bari kuydi. Piyoz pul emas, pöçoq böldi. Şöri qurigandan oddiy odamlarning şöri quridi, karsoni sindi.

Ayni kunlarda tarvuz ekkan mardum borki, fiğoni kökka örlamoqda. Toşkentda yöl böylari, bozorlardagi tarvuz rastalarini bir aylaning, bir quçoq keladigan tarvuzni 10 ming, 15 ming, deb ötiribdi. Ustiga bularning köpi olibsotarlar. Demak, dehqon beçora kötarasiga beş-olti mingdan berayotir. Keçirasiz-u, bu pulga 0,5lik suv beradi hozir. Şu holat uning kosasini oqartirişiga işonasizmi?! Bunga sabab nima? Katta ehtimol bilan sabab şuki, bizda ayni pişiqçilik payti çegaralarni yopib olamiz. Mayli, piyozu tarvuz-qovun paykalda çirib-irib ketsin, çegara postlardan qovun-tarvuz “karvon”larini çiqarmaymiz. Ammo bu çeklov hammagami, baʼzi bir agrofirma, tayyorlov idorasi niqobidagi uçarlarning kuniga önlab “Kamaz”lari çegarani kesib ötmayotir, hammaga kelgan töy, polizni birgalikda çiritamiz, kuysak birga kuyamiz, degan gapga kim işonadi? Bu, bizning öziga xos qiliğimiz böladi, oğaynilar.

Şunday paytda odam öylaydi, mamlakatda yer ham, odam ham röyxatda turadi, kim qaysi yerda nima ekadi, içki bozorga qança, masalan, piyoz ketadi, ortiqçasini qaysi çet bozorga sotişimiz mumkin, buning uçun kimlar bilan muzokara qilişimiz kerak, degan masalalarni öylaydigan taşkilot bormi özi? Qişloq xöjaligi vazirligi va yana nomini aytişga odamning tili aylanmaydigan şu masalalarga masʼul bölgan strategik va prognozlaş qurumlari (idoralari — Tahr.) nima qiladi, odam tuşunmaydi.

Maqsad nima özi, odamlarning turmuşini önglaşmi yoki şundoğam çatnab turgan kosasini urib sindirişmi?!

Hukumat mamlakatda yetiştirilgan hosilni realizatsiya qiliş böyiça öylab köradigan vaqt esa allaqaçon kelgan. Bu — jiddiy masala!

Manba: platforma.uz

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan