Qonuniy asoslarsiz “snos”lar mulkdorlar huquqining buzilishiga sabab bo'ladi

Toshkent shahar hokimining: “Toshkent shahrida ko'p yillar oldin qurilgan ikki qavatli yoki vaqtinchalik qurilgan xavfsizlik nuqtai nazaridan talabga javob bermaydigan, taxminan 500 gektardan ortiq hududdagi uy-joylar renovatsiya dasturiga tushgan”, degan gapiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi munosabat bildirdi.

Munosabatda: “Renovatsiya dasturlarini ishlab chiqish uchun, eng avvalo, ushbu jarayonni ochiq va shaffof amalga oshirishning qonuniy asoslari, renovatsiya tartibi va qoidalari bo'lishi lozim. Qolaversa, renovatsiya dasturi loyihasi renovatsiyaga tushadigan uy-joy mulkdorlarining roziligiga asoslanishi hamda keng jamoatchilik muhokamalaridan o'tkazilishi shart”, deyilgan.

Shuningdek, partiya: “Renovatsiya bo'yicha qonun qabul qilinmasdan, bu ishlar amalga oshirilsa, afsuski, bir necha yillar oldin mulkdorlarning huquqlarini buzish va mamlakatimiz imijiga salbiy ta'sir ko'rsatgan “snos” degan holatga o'xshash jarayonlar boshlanib ketishi ehtimoldan yiroq emas”, deya o'z xavotirini bildirgan.

Shuningdek, Hukumat va Toshkent shahar hokimligi, eng avvalo, renovatsiya to'g'risidagi qonunni ishlab chiqib, parlament qabul qilgandan keyingina renovatsiya bilan bog'liq dasturlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq, deb hisoblashini ma'lum qilgan.

platforma.uz

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

twelve + five =