Ayiq va Zilola

Avval xabar berganim, ayni vaqtda majburiy davolanişda bölgan mahkuma Z.Tölaganovaning körgazmasidan keça oğir bölib uyga qaytdim. Köpçilik keçadan beri “nega yozmayapsan?” deb söradi.

Körganlarim, his qilganlarim, tuşungan va tuşunmaganlarim harorati yonib turganida şartta ötirib yozmoqçi edim, lekin şoşmay qöya qolay dedim. Keça özim işongan jurnalistlar guruhiga bilganlarimni gapirib berdim va şu orqali odamlarning reaksiyasi taxminan qanday bölişini sinovdan ötkazib oldim.

Keça sahnada Zilolaning kasbi va bilimi ortidan erişgan yutuqlari osilgandi, maktabdan magistraturagaça aʼlo baholarga öqigani, ona bölganida qizaloğini oppoq paxtadek örab-çirmab bağriga bosib turgan suratlari, öğil va qizi, qarindoşlari bilan baxtli rasmlari… Özi rassomlik qilgan kitoblar, kartinalar. Kartinalar bir-biriga ip bilan ayollarga, bolalarga nisbatan sodir etilgan zöravonlik xabarlari bilan boğlangan.

Milliy tiklaniş partiyasi “Meni eşiting” nomli film tayyorlabdi. Yopiq namoyiş bölgani uçun etika jihatidan,  tasvirga olmaslikni söraşdi. Filmda Zilolaning yaqinlari, u bilan birga öqigan, işlagan, yillar böyi tanigan kişilar, ziyolilarimiz, psixologlar, voqeadan keyin ayol bilan dastlabki suhbatni olib borganlar, yurist va huquq organlari vakillari intervyu berganlar. Heç kimni ayblamasdan (Zilolani ham), muammo qayerda, qanday yuzaga kelgan bölişi mumkinligi haqida öz qaraşlarini bildirganlar. Hamma ayolning qobiliyatli va bolalariga mehribon ekanini taʼkidlagan va haligaça bu sodir bölganiga işonolmasligini aytgan. Öşa filmdagi bir gap yodimda qoldi. Buni ikkita suhbatdoş taʼkid­lagan:

“Zilola aytgandiki, qizim ham menga öxşab baxtsiz böladimi…”

Nega u baxtsiz edi? Qarindoş bilan turmuş, tirikçilik manbai — kitob grafikasini qiladigan noutbukigaça sotib yuborgan erning qarzlarini yopişu tazyiqlariga doş beriş, qizçasini yangi tuqqanida “ur kaltak-sur kaltak” bilan uyga qaytiş, doim yaqinlardan eşitilgan “çida va yaşa, bolalaringni yetim qilasanmi” kabi gaplar, bir neça bor ajrimdan qaytargan tizimlar, söng ikki bola bilan tahqirlanib, arşi aʼloni titratadigan sözni eşitib, uyiga qaytiş. Bolalarni boqaman deb keçani kunduzga ulab işlaş, institutda dars beriş, naşriyotlar buyurtmalarini bajariş. Ijtimoiy-moddiy, nomaʼlum kelajak bosimi. Voqeadan keyin ham ota qorasini körsatmagan, bolalarga aliment tölamaydi, sudga berilgan, maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, lekin heç qayerda izi yöq. Bolalar Zilolaning keksa, qöli qisqa ota-onasi qaramoğida. Bular – eşitganlarim, bu gaplarni boş­­qa tomondan tasdiqlaşning iloji yöq. “Bolasini ayiqqa taşlagan bölsa ham er aybdor deysanmi?” dey­diganlar bölişini bilib, yana tuşuntiraman. Bu vaziyat erni qoralaş va onani oqlaş vaziyati emas. Bu holatning boriça körinişi menga aytilgan gap­lar. Va bu ogohlik qönğiroği.

Keça filmdan tuşunganim ruhiyati sinuvçan odam biror dahşatli işga qöl urişdan avval özining ongi va irodasidan taşqari signallar beradi, masalan, suitsid qilmoqçi bölganlar ham 3 marta urinib köradi, deyişadi. Nazarimda, Zilola misolida ham deyarli şunday bölgan, ammo heç kim jiddiy qaramagan. Masalan, dugonasiga yarim tunda qönğiroq qilgan va tanib bölmas darajada tuşunarsiz sözlagan. Onasiga bolalarni hayvonot boğiga olib ketişdan avval qönğiroq qilgan, hayajonlangan… Onalik instinktidan-da kuçliroq, bizga nomaʼlum dard irodasini boşqargan.

Sud uni odatiy qamoqqa emas, majburiy davolanişga yuborgan, demak, ruhiyatda hamma gap. Bunday vaziyatda na dinimiz, na qonunlarimiz jinoyat sodir etgan şaxsga ortiqça savol qöymaydi. Davolanadi va muayyan muddatga izolyatsiya qilinadi. Xuddi deylik, saratonga çalingan bemorga “kasal bölganing uçun özing aybdorsan” deyilmagani kabi ruhiyatida buziliş bölgan odamga ham bemor deb qaraladi. Men soppa-soğ odamlar ham psixozlarni boşdan ötkazişi, maʼlum davrda ruhiy buzilişlari bölişi mumkinligini, hatto alahsiraşini körganman. Bunday vaqtda uyqu, halovat, mehr, davolaniş zarur. Va şundagina bu öpqondan çiqib ketişi, bemalol yaqinlari bağriga, işiga, hayotiga qaytişi mumkin.

Keça tadbirda eski jarohatlarim miyamga qaytdi. Zilolada-ku, bu dahşatli işiga sabab ruhiyatidan topildi, şuning uçun 2 yildan buyon davolanişda. Ammo 2008 yilda bizning kursimiz guvoh bölgan dahşatga haligaça javob topolmayman. Öşanda buvim vafot etganlarida fotihaga kelgan ikki kursdoşimdan biri keçga tomon izsiz yöqolgan. Oradan 2 hafta ötgaç…

Bu haqda oçiq yozayotganim sababi,  biror voqeani muhokama qilganda “men bilan heç qaçon bunday iş sodir bölmaydi” demaslik kerak. Marhum kursdoşimizni qançalik yaxşi körsak, öşa jinoyatçi kursdoşimizga ham şunday işonardik. Heç qaçon bunday iş qila olişiga işonmaganmiz, oylab közlarimga uyqu kelmagan. Sud jinoyatçini ruhiyati soğlom deb topgan va uzoq yillar qamoq jazosi bergan.

Keça partiya raisi örinbosari Firuza Muhammadjonova meni sahnaga çaqirib, kutilmaganda Zilolaning ota-onasi, farzandlariga yozgan xatini öqitdilar. Ulkan, ezgin qayğu, bolalarining soğinçi, qilgan işidan qattiq puşaymonlik, yaxşi kunlarga umid yoğilib turardi. Holatim yaxşi, şifokorlar yordam berişdi degan…Tinimsiz suratlar çizayotgan ekan.

Aslida partiya ötkazgan tadbir Zilola voqeasiga qurilgan bölsa-da, asosiy qizil çiziq – ayollarga ijtimoiy-ruhiy yordam körsatiş, zöravonlik va nosoğlom oila muhitidan himoya qiliş tizimidagi muammolar haqida edi. Keça reabilitatsiya markazlariga bir yil içida 15 ming ayol murojaat qilganini aytişdi. 15 ming. Bu murojaat qila olganlari, qayergadir borişni bilganlari. Yana neça minglari esa ijtimoiy, iqtisodiy, ruhiy, tibbiy dardlari bilan jimgina yaşayapti. Neça yuzlarining içida esa bu dardlar portlaş bosqiçida bölişi mumkin.

Oldini oliş mumkinmi? Ha, atrofimizdagilarga mehrliroq, bağrikengroq bölib. Ajraşgan ayollarning şaʼnini toptamasdan, qöldan kelsa yordam qölini çözib, kelmasa, xalaqit bermasdan.

Oldini oliş mumkinmi? Ha, heç bölmasa, uni ting­lab.

Jurnalist Aziza Qurbonovaning

“Facebook” sahifasidan olindi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan