Yuragimga lang oçiqdir yöl
Asror MÖMIN
Muallif haqida:
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Asror Mömin 70 yoşga töldi. U 1954 yili Ğallaorol tumanidagi Qöytoş qişloğida tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)da tahsil olgan. Uning “Sening yulduzlaring, Vatan!”, “Yolğiz senga yukundim, yurtim”, “Dunyo möʼjizalari”, “Özbekiston farzandiman”, “Anna German” nomli öndan ziyod publitsistik kitoblari naşr etilgan.
Bundan taşqari, muallifning “Şirin olma”, “Munir işq”, “Umrim fasllari”, “Navoiynoma”, “Şukur. Sabr. Umid!” kabi qator şeʼriy kitoblari naşr etilgan. “Umid va Orzu”, “Anna va Zbignev” dostonlari, “Rasul Hamzatov”, “Quş tili” va “Hazrat Navoiy” dramalari ham öquvçilar eʼtiborini qozongan. Tarjimon sifatida önlab kitoblarni, jumladan, dunyoga maşhur Lev Tolstoyning “Hojimurod” qissasi, Qaysin Quliyevning “Qiş edi…” romani, Rasul Hamzatovning “Mening Doğistonim” badiasi, Robert Rojdestvenskiyning “Şahidlar yodi” va David Quğultinovning “Şohmotçi” dostonlari singari asarlarni ona tilimizga ögirgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, “Şuhrat” medali sohibi.
Taniqli ijodkorni qutluğ 70 yoşi bilan tabriklaymiz, mustahkam salomatlik tilagan holda şoir şeʼrlaridan bir turkumni eʼtiboringizga havola qilamiz.
MUNOJOT
Köz oçib qarşimda toğlarni kördim,
Şu toğlar qöynida şod-xandon yurdim.
Keyin yiroqlardan boqib oh urdim,
Toğlarday posbondan ayro bölmayin.
Hayotning işlari çigal bir öyin,
Har kun özligingni asramoq qiyin,
Xayriyat, içimdan çiqmadi xoin,
Iloyim, iymondan ayro bölmayin.
Bir joyda tup qöyib yozgunça palak,
Goh tutday tökildim, goh kezdim halak.
Endi oilamga panohsan, falak,
Yorim, qiz-öğlondan ayro bölmayin.
Yaxşilikdan sözlab yomonni yiqdim,
Ezgulikni közlab törlarga çiqdim,
Topgan obröyimni misqollab yiğdim,
Yoş ötganda şondan ayro bölmayin.
Boladay elimning qölidan tutdim,
Qaro tunlarida birga qon yutdim,
Ozodlik kunlarin orziqib kutdim,
Hur Özbekistondan ayro bölmayin.
Qanday çiroylidir yulduzli osmon,
Quyoş nurlaridan qalbim çaroğon,
Bormikan Yerdan ham yaxşiroq makon,
Yer, Quyoş, osmondan ayro bölmayin.
GÖZALLIK
Bormi zamin uzra yurmoqdan maʼno,
Uçraşib turmasang gözallik bilan.
Turfa çiroyini oçgaymi dunyo,
Uçraşib turmasang gözallik bilan.
Uçişing mumkindir bölsa qanoting,
Azobga çidaysan yetsa saboting,
Maʼnaviy boyirmi zarra hayoting,
Uçraşib turmasang gözallik bilan.
Farqi yöq, minganing çuvurmi, duldul,
Farqi yöq, körganing kakrami, sunbul,
Farqi yöq, sayrasa qarğami, bulbul,
Uçraşib turmasang gözallik bilan.
Çekkada qolursan misli bir surat,
Xolis yaxşilikka topmassan jurʼat.
Yölagingga qadam bosmaydi hurmat,
Uçraşib turmasang gözallik bilan.
Yöl hadisin olmas bitta yurişda,
Muzliklar tugamas bitta erişda,
Nima ham özgarar bitta körişda,
Uçraşib turmasang gözallik bilan.
IZHOR
Derazam yonida ösardi daraxt,
Quyoş nurin tösib, menga şox çözdi.
Erta-keç demasdan şamol turgan vaqt,
Derazamni çertib tinçimni buzdi.
Bundan jahlim çiqdi, öylamay bir dam
Arralab taşladim daraxt şoxini.
Balki bölmoqçiydi men bilan hamdam,
Balki aytmoqçiydi menga ohini.
Endi qilmişimdan bölmay puşaymon,
Daraxt yuz ögirdi umidin uzib.
Göyo, daraxt mendan arz qilar nolon,
Quyoş tomon qolgan şoxlarin çözib.
Ey, jumlayi jahon, bölingiz ogoh:
Kimki döst bölay deb menga çözsa qöl,
Şu quyoş, şu daraxt, şu şeʼrim guvoh,
Doim yuragimga lang oçiqdir yöl.
USMON NOSIR
Suv – hayot,
non – hayot,
havo – hayot…
U zehnli edi bağoyat,
Erta hayotning qadriga yetdi.
Erta suvsiz,
nonsiz,
havosiz yaşayotgan
Buyuklardan kömak ötindi,
Erta ular bilan örtoq tutindi.
Erta Vatanni, hurlikni sevdi,
Sevgisidan şeʼrlar tuğildi.
Birdan zahar tomdi oşiga,
Navqiron yoşida,
Tuhmat toşi yoğildi boşiga,
Yuragi töla qon böldi.
Biroq xiyonat qilmadi Vatanga,
şeʼrga,
Qanoat qilmadi suvga,
nonga,
havoga…
Oqibat Vatandan uzoqda,
Bandidan uzilgan gul kabi söldi.
Suv – hayot,
non – hayot,
havo – hayot…
U zehnli edi bağoyat,
Erta hayotning qadriga yetdi.
Afsus,
Çaqmoqday yorqin isteʼdod,
Erta suvsiz,
nonsiz,
havosiz yaşayotgan
Buyuklar qoşiga ketdi.
BIR DÖSTGA
Qalbim qalʼalardan battarroq vayron,
Qalʼalarni oldim quruq qöl bilan.
Umrimdan emasman zarra puşaymon,
Maqsadga yetmadim qinğir yöl bilan.
Özim birovlardan çeksam ham ozor,
Maʼsumga ziyonim tegmasin dedim.
Haq uçun jonimni etganda nisor,
Haqsizlik qaddimni egmasin dedim.
Baʼzan öz örnimdan nohaq surildim,
Baʼzida oğzimdan olişdi oşim.
Metin devorlarga qança urildim,
Beadad şukurkim, omon toş boşim.
Qalbim qalʼalardan battarroq vayron,
Qalʼalarni oldim halol qöl bilan.
Bu mening qismatim yaxşimi, yomon,
Netay, yurolmasman boşqa yöl bilan.
SPORT JURNALISTI
Maydonda kuraşlar şiddati tindi,
Bezovta şaharga çökdi sukunat.
Hatto, sportçilar közi ilindi,
Sport jurnalisti bedordir faqat.
Xayolidan ötar çaqnagan xilqat,
Oppoq qoğoz uzra boş qotiradi.
Yalt etgan ziyoda köradi hikmat,
Öq jumlani öylab tong ottiradi.
Sport ösuvçandir, uçqurdir hayot,
Gap aytiş osonmi jadallikka xos.
Sözi isteʼdodga bağişlar qanot,
Fikri tamaddunga qöyadi asos.
Yulduzga aylandi keçagi ğör yoş,
Polvon yurtimizda şodiyona, töy.
Ğolib şarafiga tortilganda oş,
U ertangi avlod haqda surar öy.
Kamalak bir rangdan iborat emas,
Yagona gul bilan yaşnamaydi boğ.
Yangi isteʼdodlar kamolga yetmas,
Bölmasa ularga kimdir suyanç toğ.
Sport jurnalisti yönadi qalam,
Demak, uşalmagan orzu-armoni.
U ham el qatori qiladi bayram,
Yulduzlarga tölsa özbek osmoni.
KURAŞ
Bizga Hazrat Odam Atodan meros,
Zarduştiy boboni qöllagan kuraş.
Elsevar, erksevar Tömarisga xos,
Alpomişni baxtga yöllagan kuraş.
Odamzod naslida bölmasin nuraş,
Elatlar, davlatlar, qitʼalar birlaş.
Davrada, gilamda, maydonda sirlaş,
“Yo pirim” degin-u, özbekça kuraş.
Osmoni zangori, niyatlari oq,
Yam-yaşil ölkada böy çözdi umid.
Polvon öğlonlarga köngillar muştoq,
Har elda uyğonsin Pahlavon Mahmud.
Odamzod naslida bölmasin nuraş,
Elatlar, davlatlar, qitʼalar birlaş.
Davrada, gilamda, maydonda sirlaş,
“Yo pirim” degin-u, özbekça kuraş.
ŞIRIN BIR SÖZ
Sizsiz kunim aylandi tunga,
Çidab bölmas bunday alamga.
Şirin bir söz yöllabsiz menga,
Göyo quyoş çiqdi olamga.
Sizday çiroy oçganda olam,
Ezgu niyat öyimga keldi.
Şoir bölib qaçondir men ham,
Şirin bir söz yozolsam edi.
Hali bordir izmimda imkon,
Umid bilan oldim qalamni.
Bilamanki, tursa ham töfon,
Şirin bir söz saqlar olamni.

