Bir savodliğ söz kerak

Nazira MATYAQUBOVA

Muallif haqida: Nazira Matyaqubova  — Qoraqalpoğiston Respublikasi Törtköl tumanida tuğilgan.

1991 yilda Toşkent davlat universitetini, 2004 yilda Özbekiston Respub­likasi Prezidenti huzuridagi  davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini (hozirgi Davlat boşqaruvi akademiyasi) tugatgan.

1995-2005 yillarda Qoraqalpoğiston Res­publikasi Vazirlar Kengaşida Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qiliş masalalari kotibiyati mutaxassisi, kotibiyat mudiri lavozimlarida faoliyat körsatgan.

Muallifning “Közlari şahloginam”,“Ardoqli oqsoqol”, “Qalbim töla salomdir”, “Kim uşundir kerekpen”, “Toğlar işqi”, “Onajonginam”, “Yonimdagi yaxşilar”, “Janimdaği jaqsыlar” nomli kitoblari naşr qilingan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği kengesi deputati, Özbekiston Respublikasida va Qoraqalpoğis­ton Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.

Ayni paytda  “Qoraqalpoğiston tongi” gazetasi boş muharriri bölib faoliyat yuritadi.

 

DOYAMIZ BIR

Onamiz bölak balki,

Va lekin doyamiz bir.

Bölak şox-kurtagimiz,

Lek tomir-poyamiz bir.

Oyning şuʼlasidami,

Quyoş qiyasidami,

Yerning oyasidami,

Tan boşqa, soyamiz bir.

Ötmişdan bugun qadar,

Kun-kunga yukin qadar,

Qay zamon qandoq atar,

Til boşqa, ğoyamiz bir.

Goh bari mufassaldek,

Gohida bir ösaldek,

Ne azobda yuksaldik,

Toş bölak,  qoyamiz bir.

Ibtidomiz hamohang,

Intihomiz hamohang,

Nadir ğavğo, nadir jang,

Baski,  nihoyamiz bir.

Jon boşqa, doyamiz bir,

Tan boşqa, soyamiz bir,

Biz şunday millatlarki,

Til boşqa, ğoyamiz bir.

 

BIR SAVODLIĞ SÖZ KERAK

Kimga ötliğ söz kerak,

Kimga totliğ söz kerak,

Barçasidan mengakim,

Bir savodliğ söz kerak.

Sözi şirin ado köp,

Şirin sözga gado köp,

Qavmimga körgulik ep,

Bir savodliğ söz kerak.

Har möminu maşoyix,

Butun elu xaloyiq,

Baland aytişga loyiq,

Bir savodliğ söz kerak.

Piçirlab aytib bölmas,

Ğiçirlab aytib bölmas,

Aytgaçki, qaytib bölmas,

Bir savodliğ söz kerak.

Ul “Qutadğu bilig”day,

Ul “Mahbub ul-qulub”day,

Töq tomirda ilikday,

Bir savodliğ söz kerak.

Ilmsiz tong-keçim yöq,

Boşqaça bir yeçim yöq,

Usiz mening kuçim yöq,

Bir savodliğ söz kerak.

Kimga ötliğ söz kerak,

Kimga totliğ söz kerak,

Mengakim barçasidan,

Bir savodliğ söz kerak.

Bir savodliğ söz kerak!

SAHROLAR

Sahrolarning etagida ertagim,

Bolalikda bitta-bitta bitganman.

Etagida erkalanib ulğayib,

Etagimni qoqib olis ketganman.

Endi bosar bir xavotir dilimni,

Qilmişimga gar qasd etsa sahrolar.

Bolaligim yodi ketar soçilib,

Etagini qoqib ketsa sahrolar.

 

YUR,  KUZAKNI  BIRGA KEZAMIZ

U şodlanar  neʼmat ilinib,

Har neʼmatda hikmat ilinib.

Yurakda işq borar tölinib,

Yur, kuzakni birga kezamiz.

Daraxt bargdan keçsa hamki voz,

Tökilar  poyiga  sarafroz.

Şunday sadoqatga jörovoz,

Yur, kuzakni birga kezamiz.

Bir şoxada bir bargak qolgan,

Yo tasodif yo kömak, qolgan.

Ikki döstga bir yemak qolgan,

Yur, kuzakni birga kezamiz.

Qoq yorilib qirmizi anor,

Ozor çekdim demaydi zinhor.

Unga taʼzim etmoq-çun bir bor,

Yur, kuzakni birga kezamiz.

Egik şoxda ulğaydi anjir,

Oftob qömsab sarğaydi anjir.

Bir yöqlasak ilğaydi anjir,

Yur, kuzakni birga kezamiz.

Kim olarkan gulning söngini,

U topolmay turar tengini,

Körsat endi tuşim öngini,

Yur, kuzakni birga kezamiz.

Yaqin sokin, yiroqlar sokin,

Soylar sokin, buloqlar sokin.

Ular bizni kutarlar lekin,

Yur, kuzakni birga kezamiz.

Bunday yurt-u, bunday kuz qayda,

Tunlar aro yoruğ yuz qayda.

Senu menday qora köz qayda,

Yur, kuzakni birga kezamiz!

YAPROQLAR

Baland daraxt yaproqlari uzildi,

Turar edi band-bandiga tutaşib.

Biroq hatto qilmay xayr-maʼzurni

Ketdi ular bir-biridan adaşib.

 

Kurtak oçgan edilar bir faslda,

Fasli kelib sarğaydilar, nolimay.

Faqat umrin yaşab ötdi şu barglar,

Bir şoxada  bir-birini tanimay.

 

SAKSOVULNI KÖRGANI BORDIM

 

Kim kim tomon yöl oladi, men,

Bugunimni  moziyga qordim.

Va sahrolar, çöllar  oralab,

Saksovulni körgani bordim.

 

Bölmas edi körmasam uni,

Neça yilki köngli  ğaş edim.

Axir öşa saksovul bilan

Bir paytlar ovuldoş edim.

 

Soya bermas edi u garçi,

Garçi meva bermas edi u.

Lek suyansak yelkasin tutar,

Taratardi  bir iliq tuyğu.

 

Yöqotdilar uni bir kuni,

Ğamga botdim… yaşirib netdim.

Saksovulsiz öşa ovulni

Taşlab men ham şaharga ketdim.

 

Bugun körib şodlandim behad,

Saksovul ham  Vatan etibdi.

Men şaharda yölim topgunça,

U sahroda yaşnab ketibdi.

 

Tahsin aytdim şu kengliklarga,

Şu sahroga tahsin aytdim men.

Hamma  lola sayli zavqida,

Saksovulni  körib qaytdim men.

 

IKKI QADAM…

 

Körganmisiz devor yoqalab,

Qölga olib yoğoç xassani.

Ikki qadam yurganidan  şod,

Yiğlab yuborgan bir xastani.

 

Kim qadami yerdan uzilib,

Oyga narvon qöyayotgan on.

Oyoği yer bosgani uçun,

Şukronalar qilar şu inson.

 

Balki dunyo kezarlar  uçqir,

Ötab orzu havas haqqini.

Lek, u kabi his qilolmaslar,

Ikki qadam  otmoq zavqini.

 

Baxtning katta-kiçigi bölmas,

har köngilki tilanar imdod.

Kim oyoği yerdan uzilgan,

Kim bir qadam bosganidan şod…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan