Özbekiston va Qozoğiston: Özaro hamkorlik Markaziy Osiyodagi barqarorlikni belgilaydi
Xorijiy ekspertlar Xivada bölib ötgan oliy darajadagi Özbekiston-Qozoğiston sammiti yakunlari haqida
Maʼlumki, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev şu yil 5 aprel kuni taşrif bilan mamlakatimizga keldi. Ikki davlat rahbarlarining qadimiy Xiva şahridagi uçraşuvi özbek va qozoq xalqlarini boğlovçi tarixiy ildizlar naqadar teran ekanligining ramziy ifodasi böldi.
Taşrif bir kunlik bölişiga qaramay, uning natijalari mazkur uçraşuvning dolzarbligi va samaradorligini namoyon etdi. Özbekiston-Qozoğiston uçraşuvi va uning yakunlari xorijiy ekspertlar hamjamiyati tomonidan ham yuqori baholanmoqda.
Jan-Antuan Dyuprat, Yevropada prognozlaş va xavfsizlik instituti eksperti, Özbekiston böyiça mutaxassis:
— Uşbu taşrif qardoş davlatlar va xalqlar örtasidagi vaqt sinovidan ötgan yaxşi qöşniçilik munosabatlarining yana bir yorqin ifodasidir.
Özbekiston va Qozoğiston yetakçilarining bugungi kunda butun Markaziy Osiyo uçun katta siyosiy ahamiyatga ega bölgan döstlik, yaxşi qöşniçilik va keng kölamli şeriklikni yanada mustahkamlaş istagining yorqin tasdiği deyiş mumkin.
Davlatlar rahbarlarining özaro işonç ruhida ötgan uçraşuvi davomida erişilgan kelişuvlar Özbekiston-Qozoğiston strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşga qöşimça turtki berişi şubhasiz.
Ikki qöşni davlat örtasidagi özaro hamkorlikning hozirgi eng yuqori darajasiga köp jihatdan Özbekiston va Qozoğiston Prezidentlarining örnatilgan yaqin muloqoti natijasida erişildi va bu ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirişga zamin yaratmoqda.
Işonç bilan aytişimiz mumkinki, Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi hamkorlik qançalik kuçli va muvaffaqiyatli bölsa, Markaziy Osiyodagi vaziyat ham şunçalik barqaror böladi.
Maks Sey, Malayziyaning “Kingsley Strategic Institute” instituti ijroçi direktori:
— Taşrif yakunlari tomonlarning ikki davlat örtasidagi köp asrlik döstlik, yaxşi qöşniçilik, özaro işonç va keng kölamli şeriklikni yanada mustahkamlaşga bölgan qatʼiy niyatini yana bir bor namoyon etdi.
Sönggi yillarda uşbu davlatlar örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar mutlaqo yangi bosqiçga kötarilib, tarixiy natijalarga erişildi. Xususan, siyosiy muloqot faollaşdi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar kengaytirildi, faol hududlararo hamkorlik yölga qöyildi.
Özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini rivojlantiriş, transport va energetika sohasidagi infratuzilma loyihalarini amaliy röyobga çiqariş, gumanitar almaşinuv dasturlarini faollaştiriş va turizm aloqalarini rivojlantiriş böyiça oliy darajadagi muzokaralar davomida kötarilgan dolzarb masalalar alohida eʼtiborga molikdir.
Denis Bardakov, qirğizistonlik siyosatşunos:
— Taşrif butun Markaziy Osiyo mintaqasi uçun katta siyosiy ahamiyatga ega. Qozoğiston uçun ham xuddi şunday jiddiy iqtisodiy salohiyatga ega strategik muhim davlat sifatida Özbekiston bilan ikki tomonlama yaqin hamkorlikni rivojlantiriş zarur.
Ikki mamlakat iqtisodiyotining rivojlanişi investitsiyaviy, transport-logistika va savdo sohalarida hamkorlik qiliş uçun qulay şart-şaroitlar yaratmoqda.
Bugungi kunda Markaziy Osiyoning barça davlatlari orasida Özbekiston Qozoğiston bilan eng kam hal qilinmagan masalalarga ega. Şu bilan birga, kun tartibidagi asosiy vazifalardan biri hududiy suv resurslaridan oqilona foydalanişdir. Transçegaraviy daryolarning quyi oqimida joylaşgan Qozoğiston va Özbekiston daryoning yuqori oqimidagi Qirğiziston va Tojikiston bilan birlaşgan holda suv resurslaridan foydalaniş böyiça yagona strategiya işlab çiqişi kerak. Şu yil Qozoğistonda bölib ötadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvida bu masala yanada batafsil muhokama qilinişiga şubham yöq.
“Dunyo” AA.
