Özbekiston-Rossiya: Davlatlararo hamkorlik tarixida yangi sahifa oçildi

Joriy yilning 26-27 may kunlari bölib ötgan oliy darajadagi Özbekis­ton-Rossiya muzokaralarining samarali natijalari ikki davlatning köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirişga intilişini tasdiqladi va davlatlararo munosabatlarda yangi sahifa oçdi.

Xalqaro ekspertlar taʼkidiga köra, mazkur taşrif ikki tomonlama munosabatlarning bugungi kundagi yuksak darajasi, öziga xos xususiyati va  davlatlararo hamkorlikning barça soha hamda yönalişlarini qamrab olgani bilan ahamiyatli böldi.

Li YUNSYUAN,

Xitoy Davlat kengaşi huzuridagi Taraqqiyot tadqiqotlari markazi Yevropa va Osiyo ijtimoiy taraqqiyot instituti direktori:

— Prezident Vladimir Putinning Özbekistonga davlat taşrifi Rossiya rahbarining inauguratsiyadan söng Markaziy Osiyoga ilk taşrifi böldi. Bu Özbekis­ton va Rossiya örtasidagi munosabatlar yuksak darajada ekanligini körsatadi.

Rossiya Özbekistonning anʼanaviy hamkoridir. Mamlakatlar ikki tomonlama munosabatlarni 2005 yildayoq strategik şeriklik va ittifoqçilik darajasiga kötargan.

Özbekistonda Prezident Şavkat Mirziyoyev rahnamoligida oqilona, mus­taqil va mutanosib taşqi siyosat olib borilmoqda. Özbekiston qöşni davlatlar bilan ham, mintaqadan taşqaridagi yirik hamkorlari bilan ham köp qirrali hamkorlikni rivojlantirmoqda.

Rasmiy Toşkent va Moskva örtasida savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar yaratilganini taʼkid­laş kerak. Amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar tufayli Özbekis­ton xorijiy investorlar uçun juda jozibali hamkorga aylandi. Bu ikki mamlakat xalqlarining taraqqiyoti va farovonligi manfaatlari yölida hamkorlik qiliş uçun eng keng imkoniyatlarni oçib beradi.

Özbekiston va Rossiya rahbarlarining muzokaralari kun tartibidan strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantiriş masalalari örin oldi.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan yangi kelişuvlarga erişiş nafaqat ikki davlatning iqtisodiy rivojlanişiga, balki butun Markaziy Osiyo barqarorligi, xavfsizligi va taraqqiyotiga xizmat qilişi şubhasiz. Şu munosabat bilan Özbekistonning pragmatik taşqi siyosati Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va barqaror rivojlanişining kafolati hisoblanadi.

Remko REYDING,

“Sovet şon-şaraf maydoni” jamğarmasi direktori: (Niderlandiya)

— Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Toşkentdagi “Ğalaba boği” yodgorlik maj­muasiga taşrifi sobiq ittifoq hududidagi köp­lab odamlar uçun Ikkinçi jahon uruşi xotirasi muhimligini taʼkidlaydi.

Ikkinçi jahon uruşida Özbekiston xalqi juda katta qurbonlar berdi, bu uruşda amerikalik askarlardan köra, köproq özbek askarlari halok bölgan.

Niderlandiyaning Lyoysden şahrida “Sovet şon-şaraf maydoni” joylaşgan harbiy qabriston hududida 865 nafar Ikkinçi jahon uruşi qurbonlari dafn etilgan.

Ular orasida faşistlar rejimi tomonidan qatl etilgan köp­lab ruslar va özbekistonlik 101 ta askar ham bor. Uruşdan keyin bu qabriston taşlandiq va unutilgan edi.

25 yildan ortiq vaqtdan beri “Sovet şon-şaraf maydoni” jamğarmasi uşbu askarlarning taqdiriga eʼtibor qaratiş, ularning şaxsini aniqlaş, oilalarini topiş va xotirasini abadiylaştirişga harakat qilmoqda.

Biz Özbekiston va Rossiya hukumatlarining uşbu askarlar xotirasini asrab-avaylaş borasidagi saʼy-harakatlarimizni qöllab-quvvatlaganini, şuningdek, uruşdan keyin otasiz va bobosiz yaşaşga majbur bölganlar, uruşda halok bölgan askarlar va ularning yaqinlariga bağişlangan muzey taşkil etganini yuksak qadrlaymiz.

Tadqiqotlarimiz asosida Özbekiston hukumati Niderlandiyada halok bölgan 101 nafar askarga “Ğalaba boği”da maxsus burçak ajratdi. Bu faşist­lar Germaniyasiga qarşi birgalikda kuraşgan xalqlarimiz örtasidagi tarixiy aloqalarning inkor etib bölmas isboti, şuningdek, mamlakatlarimiz örtasidagi zamonaviy hamkorlikning ajoyib namunasidir.

 Viktor KIM,

Tojikiston Milliy fanlar akademiyasining Falsafa, siyosatşunoslik va huquq instituti ilmiy xodimi:

– Davlat rahbarining inauguratsiya marosimidan keyingi dastlabki qadamlari hamişa jahon hamjamiyatining diqqatini tortadi. Şu bois Prezident Vladimir Putinning taşrifi Özbekiston va Rossiya örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirişda muhim voqea böldi.

Özaro munosabatlar rivojiga 2000 yilda, birinçi marta Rossiya Prezidenti etib saylanganidan söng Vladimir Putin Özbekistonga ilk taşrifini amalga oşirganida ham kuçli turtki bergan edi.

Tomonlarning barqaror savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy faolligi fonida hududlararo hamkorlik, taʼlim va sport sohalarida özaro hamkorlikni rivojlantiriş eʼtiborni tortmoqda.

Özbekiston va Rossiya örtasidagi barqaror ikki tomonlama munosabatlarning asosi ikki davlat siyo­satidagi manfaatlar va ustuvorliklarning mos kelişidir.

Rossiya rahbarining ilk xorijiy safarlari geografiyasi şuni körsatadiki, Rossiya taşqi siyosatining ustuvor yönalişlari belgilab berilgan va Özbekiston unda doimo alohida, muhim örin tutadi.

Rajeş Mehta,

BRIKS savdo-sanoat palatasi ijroçi direktori: (Hindiston)

— Prezident Şavkat Mirziyoyev Prezident Vladimir Putinning Özbekistonga taşrifi ikki davlat örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarida yangi bosqiçni boşlab berganini alohida taʼkidladi. Samarali muzokaralar va sermazmun muloqotlar natijasida erişilgan kelişuvlar va imzolangan hujjatlar Özbekiston yetakçisining fikrlarini amaliy tasdiqladi.

Eʼtiborli jihati şundaki, taşrif doirasida tomonlar yangi yuqori marra, yaʼni yaqin istiqbolda özaro savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkaziş böyiça kelişuvga erişdi. Rossiyada taşkil etiladigan Özbekistonning tölaqonli savdo vakolatxonasi, işga tuşirilayotgan qöşma Investitsiya platformasi uşbu maqsadga erişişda muhim rol öynaydi.

Muloqotlar çoğida tomonlarning özaro hamkorlikni yanada boyitiş, hali töla foydalanilmagan salohiyatni samarali harakatga keltirişga bölgan intilişi yaqqol közga taşlandi. Özbekiston va Rossiya yetakçilarining samimiy va özaro işonçga asos­langan munosabatlari ikki davlat örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişda muhim va mustahkam asos bölmoqda.

Özbekiston va Rossiya vakillari energetika, metallurgiya, neft-kimyo, maşinasozlik, toğ-kon sanoati, qişloq xöjaligi, logistika, farmatsevtika, sunʼiy intellekt, oliy taʼlim, hududlararo hamkorlik va boşqa köplab yönalişlarda yangi loyihalarni amalga oşirişga kelişib olgani yaqin kelajakda ikki tomonlama munosabatlar izçil surʼatlarda rivoj topişidan dalolat beradi.

Şeradil BAKTIGULOV, Qirğiziston Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar milliy instituti ilmiy xodimi:

— Bundan 20 yil avval, 2004 yil iyun oyida Toşkentda Özbekiston va Rossiya örtasida asosiy davlatlararo hujjatlardan biriga aylangan Strategik şeriklik töğrisidagi bitim imzolangan edi. Hujjat özaro ham­­­­korlikning asos­lari va yönaliş­larini belgilab berdi.

Ösib borayotgan ikki tomonlama hamkorlik körsatkiçlaridan biri — bu  özaro tovar ayirboşlaş bölib, u allaqaçon ön milliard AQŞ dollarlik dovondan oşgan.

Ikki davlat örtasidagi hamkorlik köplab sohalarda, jumladan, energetika, aerokosmik, kimyo muhandisligi, taʼlim, transport, infratuzilma, qişloq xöjaligi va boşqalarda ham izçil rivoj­lanişini kutib qolamiz. Zotan, Özbekiston va Rossiya iqtisodiyoti bir-birini töldiradi.

Prezident Vladimir Putinning Toşkentga davlat taşrifi uning 2024 yil mart oyida davlat  rahbari sifatida qayta saylanganidan keyin Özbekiston uçun alohida ahamiyatga ega. Joriy yilning may oyida Vladimir Putin özining inauguratsiya marosimidagi nutqida Rossiya taşqi siyosatida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlaş ustuvor yönaliş ekanligini tasdiqladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2016 yilda Özbekis­tonning mintaqadagi qöşnilari bilan hamkorligi ustuvorligini eʼlon qilgan edi. Körib turganimizdek, har ikki prezidentning taşqi siyosat yölida öxşaş strategik qaraşlari mavjud.

Qolaversa, Özbekiston Rossiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik hamkori va ittifoqçisidir. Ikki davlat örtasidagi munosabatlar işonçli va döstona siyosiy muloqot bilan ajralib turadi. Hukumatlararo juda yaxşi muloqot örnatilgan. Uning işonçliligini har ikki davlat hukumat rahbarlari darajasida Qöşma komissiya tuzilgani tasdiqlaydi. Qöşma komissiya doirasida ikki tomonlama faoliyatning barça masalalari böyiça saʼy-harakatlar muvofiqlaştirilmoqda.

Şu  örinda  qayd etiş kerakki, Özbekiston va Rossiya örtasidagi munosabatlar juda mus­tahkam, prezidentlar Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin esa işonçli döstlardir. Şuning  uçun, işonç bilan  aytiş mumkinki, ikki davlat rahbarlari rahnamoligida Özbekis­ton va Rossiya örtasidagi hamkorlikni muvofiqlaştiriş böyiça strategik şeriklik bugungi kunda özining eng yaxşi tarixiy davrini boşdan keçiryapti.

Eng muhimi, bunday hamkorlik nafaqat Özbekiston va Rossiya aholisi, balki, butun Markaziy Osiyo xalqlari farovonligini oşirişga har tomonlama taʼsir körsatmoqda.

“Dunyo” AA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan