“Beozor” muştumzörlar
qilmişiga yaraşa jazoga tortildi
Inson özini özi tarbiyalamas ekan, uni çetdan turib tarbiyalaşga uriniş eski, hilvirab qolgan devorni yangidan suvoq qilişday gap. Bir aksiriş quvvati yöq. Freyd taʼlimotiga suyansak, gen birlamçi, tarbiya ikkilamçi tamoyildir. Odamning ruhiy tajovuzkorligi turfa jinoyatlarning negizida haqiqiy köriniş hosil qilgani kabi şaxsning şaxsiyatparastlikka qulligi uning “men”ida çuqur ildiz otadi. “Qullarning tarixi bölmaydi”, degan gap bor. Demak, insonning tanazzuli uning şaxsining yemirilişida yaqqol gavdalanadi.
Nima demoqçimiz? Aytaylik, bir odam uç yoki undan köp marta sudlanib, takror-takror jinoyatlar sodir etib, atrofdagilarning, aynan öz oilasi va mahalladoşlarining or-ğururini tuproqqa qormoqda. U sodir etgan jinoyati uçun yana tikanli sim ortiga yöl olişi mumkin, ammo unga “uqtirilgan” tarbiyaviy soatlar taʼsiri töğridagi nişonni orqa tarafdan izlayotgan merov mergan holati kabi mazmun-mohiyatini yöqotmaydimi? Menimça, tarbiyada ham tartib va intizom mezoni bölişi, töğriroği, anglatiş tuyğusi özak-yadroga aylanişi lozim. Nega deysizmi? Muqaddam sudlanganlarga nisbatan doimiy nazorat örnatilgan. Ammo jinoyat tahliliga nazar taşlasak, jinoyatlarning asosiy iştirokçilari muqaddam sudlanganlar bölib çiqmoqda.
Javohir J. xavfli retsidivist bölgani holda takroran sudlanib ham öziga xulosa çiqarmadi. Töğriroği, bezorilik hunarini taşlamadi. 2023 yilning 12 sentyabr kuni soat 23:10 larda Qarşi tumanidagi “Kerayit” mahallasi hududida joylaşgan “NURBEK AVTO TRANS” MÇJga qaraşli mehmonxona restoraniga bir neçta tanişlari bilan birgalikda kelib, oldindan jinoiy til biriktirgan holda eski hunarini takrorlaşga urindi. Mehmonxona restoranida mijozlarga xizmat körsatuvçi oşpaz Ahmadjon R.ni heç bir sababsiz tuyqusdan döpposlaşga tuşdi. Şeriklari uni jilovlaş örniga birga qöşilib, oşpazga muşt tuşira ketişdi. Kaltaklar zarbidan oşpaz muvozanatini yöqotib, devorga urildi. Restoran iş yurituvçisi I.Töyevning tanişi I.Çoriyev ham muştlaşuvdan benasib qolmadi. Uning jağiga ham muşt tuşirib, tan jarohati yetkazişdi. Bunga ham qanoat qilmagan muştumzörlar oşpaz Ahmadjonning tanobini tortib qöyiş uçun yana uni döpposlab, bezorilik jinoyatini qasddan sodir etişdi.
Jinoyatga jazo muqarrar. Ammo sudlanuvçi öz aybiga iqror bölmay, advokati orqali viloyat sudiga kassatsion şikoyat bilan murojaat qilib, yengil jazo berişni söradi. Ammo kassatsiya instansiyasi sudi himoyaçi-advokat X.Xidirovning şikoyatidagi: “Javohir J.ga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan boşqa jazo turiga almaştiriş” haqidagi vajlarini asosli deb topmadi. Unga nisbatan çiqarilgan sud hukmi özgarişsiz qoldirildi.
Yana bir muştumzörlardan biri Şohruh E. 2023 yil 2 sentyabr kuni soat 22:45 larda Dehqonobod tumani, “Aerodrom” mahallasi hududida joylaşgan jamoat nazorat maskani oldida mast holda beöxşov qiliq körsatdi. Avvaliga jangga kirmoqçi xoqondek baland ovozda bökirdi, bu ham yetmaganday, oğzidan haqoratli sözlar çiqa boşladi. Uni tartibga çaqirgan tuman IIB XPB profilaktika inspektori Ahror Yoqubovga faol qarşilik körsatdi. A.Yoqubovning yuz qismiga muşt tuşirib, unga yengil tan jarohati yetkazdi. Mojaro ustiga yetib kelgan “Aerodrom” mahalla fuqarolar yiğini raisi U.B.ning ham yuziga şapaloq tortib, muşt bilan “siyladi”.
Kayf ustida jamoat joyida özgalarning obrösini tökib, xurmaça qiliqlar qilgan bezori sudda ham aybini tan olgisi kelmadi. Sud hukmidan norozi bölib, apellyatsiya şikoyati berdi. Biroq uning şikoyati qanoatlantirilmay, sud hukmi asl holiça qoldirildi.
Öylamay qilingan iş hamişa kişiga pand berişi muqarrar. Özganing soğliğiga putur yetkazganini tan olgisi kelmay, özini musiçadek beozor tutib, jazodan qutulib qolmoqçi bölganlar adaşadi. Qonun himoyaçilari jinoyat işlarini xolis körib çiqib, muştumzörlar qilmişiga yaraşa jazolanişini, mamlakatimizda doimo adolat tantana qilişini taʼminlaydilar.
Hamid BOBOQULOV,
Qaşqadaryo viloyat sudining
jinoyat işlari böyiça
sudyasi.
