Tabiat yuzidagi çandiq
Mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni asrab-avaylaş, tabiatimiz xilma-xilligini yanada boyitiş va bu borada fuqarolarning ekologik madaniyatini oşiriş davlat ahamiyatiga molik masalalardan hisoblanadi. Butun dunyoda va mamlakatimizga qöşni bölgan mintaqalarda tobora kuçayib borayotgan ekologik muammolarning taʼsirini kamaytiriş, ularga qarşi kuraşiş dolzarb masalaga aylanib ulgurganini inobatga oladigan bölsak, atrof-muhitga nisbatan notöğri va noqonuniy munosabatda bölganlarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş sud organlariga yana bir karra masʼuliyat yuklaydi.
Akmaljon Xamraqulov “Norin-Farğona” irrigatsiya tizimi boşqarmasi boşliği va hududdagi ekologik vaziyatga bevosita javobgar mansabdor sifatida Özbekiston Respublikasi “Ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida”gi qonunining 37-moddasida, davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesişga faqat sanitariya maqsadlarida kesiş hamda binolarni, inşootlarni va kommunikatsiyalarni quriş hamda rekonstruksiya qiliş bilan boğliq holda kesiş tartibida, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş organlari bilan kelişilgan qaroriga köra yöl qöyilişidan yaxşi xabardor bölgan. Bundan taşqari, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi “Davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekiş, parvariş qiliş va ulardan foydalaniş tartibini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarorining 5-bandida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2030 yilgaça bölgan davrda Özbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qiliş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida” 2019 yil 30 oktyabrdagi 5863-son Farmoni bilan joriy etilgan moratoriy davrida davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilişiga yöl qöyilmasligi körsatilgan bölsa-da, bu talablarga rioya qilmasdan, qimmatbaho daraxtlarni köçiriş va kam qimmatli daraxtlarni kesiş böyiça Ekologiya boşqarmalaridan ruxsatnoma olinişi lozimligini bila turib, bunga rioya qilmay, mansab vakolatini suiisteʼmol qilib, 2022 yil 25 noyabrda “Uluğbek baraka invest” MÇJ bilan tuzilgan 1-sonli pudrat şartnomasida pudratçi taşkilotga kanal çetida bölgan dov-daraxtlarni saqlab qoliş böyiça majburiyat yuklaşni “xayolidan faromuş” aylab, jarayonni nazorat qilmay, loyiha-smeta hujjatlariga daraxt töngaklarini qöporib taşlaş majburiyatini yuklab, iş bajarilişiga ruxsat bergan.
Oqibatda “Uluğbek baraka invest” MÇJ tomonidan “Bağdodmaxsussuvpudrat” MÇJ bilan tuzilgan ijara şartnomasiga asosan ijaraga olingan ekskavatorlar yordamida iş hajmining amalga oşirilişi natijasida Katta Andijon kanalining içida ösib turgan qimmatbaho 8 tup çinor, 1 tup qayrağoç daraxtlari, kam qimmatli 444 tup tol, 136 tup jiyda, 19 tup töranğil, jami 608 tup daraxt oğir texnikalar yordamida qöporilib, ösimlik dunyosiga 1.740.027.000 söm, yaʼni juda köp miqdorda zarar yetkazilişiga sababçi bölgan. Katta Andijon kanali çetidagi muhofaza yer maydonlarini ijaraga olgan fuqarolarga yuborilgan ogohlantiriş xatlarida, kanal çetida bölgan dov-daraxtlarni saqlab qoliş böyiça majburiyatni yuklamasdan, ularning iş jarayonini nazorat qilmasdan, tegişli ruxsatnoma olmasdan uşbu fuqarolar va nomaʼlum şaxslar tomonidan Katta Andijon kanalining 24,7 km qismida ösib turgan qimmatbaho turdagi 5 tup çinor daraxti, kam qimmatli turga mansub 22 tup jiyda, 241 tup tol, 8 tup töranğil, jami 276 tup daraxtning ostidan kesilişiga, 328 tup tol daraxtining ösişdan töxtamaydigan darajada şikastlantirilişiga, ösimlik dunyosiga 1.456.080.000 söm miqdorida zarar, jami bölib 3.196.107.000 söm zarar yetkazilişiga sababçi bölgan.
Farğona viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼatining kassatsiya instansiyasining 2024 yil 4 iyundagi ajrimi bilan özgartirilgan, jinoyat işlari böyiça Oltiariq tuman sudining 2024 yil 26 fevraldagi hukmiga köra, Hamraqulov Akmaljon Omonjon öğliga Özbekiston Respublikasi JK 205-moddasi 2-qismining “a” bandi va 198-moddasining 3-qismi bilan JK 59-moddasining 2 va 8-qismlari va 61-moddasi tartibida 1 yil 3 oy davlat taşkilotlarida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 2 yil 7 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Ammo ming afsuski, tegişli jarimalarga tortilgan va qonunda belgilangan jazo qöllanilgan bölsa-da, ona tabiatga yetkazilgan zarar şu bilan joyiga tuşib qolmaydi. Eng açinarlisi şundaki, bunday ekologik jinoyatni aynan atrof-muhitni, ösimliklar dunyosini muhofaza qilişga ham javobgar hisoblangan ayrim rahbar şaxslar tomonidan sodir etilganidadir. Bu qilmişni esa aslo xaspöşlab, keçirib bölmaydi. Buni bir söz bilan aytganda, öz vazifasiga, işiga, ona tabiatga xiyonat deb ataş mumkin.
Bekzod HAYDAROV,
Farğona viloyat sudining
sudyasi.
