Mirzo Qöqonboy kim bölgan?

Köhna Samarqand tarixida şunday şaxslar borki, ularning nomini yaqin-yaqin vaqtgaça faqat maʼlum bir ziyolilar doirasi — şoirlar, yozuvçilar, adabiyotşunos olimlargina bilardi, xolos. Şunday siymolardan biri — jadid, yozuvçi, tarjimon, huquqşunos Mirzo Qöqonboy Abduxoliqzodadir.

Bu yozuvçi haqida adibning nevarasi Talʼat Abduxoliqzoda kaminaga bundan 15 yil avval ayt­gan edi. Uning sözlariga köra, 1997 yilgaça Mirzo Qöqonboy Abduxoliqzodaning adabiy merosi haqida 1940 yilda Stalinobod (hozirgi Duşanbe)da naşr qilingan “Tojik adabiyoti namunalari” töplamidagi uning “Namoz” romanidan parçalardan boşqa heç narsa maʼlum emas edi.

Mirzo Qöqonboyning ölimidan 49 yil ötib, öşa paytda prokuror Talʼat Abduxoliqzoda istiqomat qilgan Samarqand şahridagi adib uyi yertölasini taʼmirlaş çoğida u yerdan eskirib ketgan bir jomadon topiladi.

Talʼat va uning ukasi Şuhrat kutilmagan topilmani oçib qarasa, jomadon eski daftarlar, vaqt ötişi bilan rangi öçib ketgan fotosuratlar va hujjatlar bilan tölib ketgan ekan. Ular orasidan arab, lotin va kirill alifbolarida fors-tojik, özbek va rus tillarida yozilgan 12 va 24 sahifali jami 200 ta daftar çiqadi.

Bu daftarlarning asosiy qismini yozuvçi asarlarining qöl­yozma nusxalari, şuningdek, yozuvçi hayotidan alohida jild şaklida saqlangan turli hujjatlar taşkil etardi.

Talʼat va Şuhrat Abduxoliqzodalar arab tilini bilmagani uçun qölyozmalarning salmoqli qismini öqiy olmadilar.

Yozuvçining nevaralari qölyozmalarning mazmuni bilan tanişolmasalar ham, topilgan çamadondagi xazina — bobosining bebaho merosi ekanini anglab yetadilar.

* * *

Aka-uka dastlab nima qilişni bilmay qolişdi. Topilgan materiallarni har kimga körsatiş kerak emas edi. Çunki hujjatlarning mazmuni nomaʼlum, muammolar paydo bölişi mumkin edi.

1997 yilning oxirida duşanbelik taniqli adabiyotşunos olim, professor Rasul Hodizoda öğli Faridun bilan Samarqandga taşrif buyuradi. U Talʼat Abduxoliqzodaning oilasida mehmon böladi. Şunda Talʼat aka olimga bobosining merosini körsatadi. Rasul Hodizoda har bir daftarni diqqat bilan öqib çiqadi va Faridunga: “Bu “Namoz” romanining qölyozmasi, bu yozuvlar esa “Esdalik­lar” asariga tegişli. Boşqa qölyozmalarda öşa davr uçun yangi bölgan jadidlik harakati haqida qimmatli maʼlumotlar bor”, — deydi.

Keyin esa uy egasiga yuzlanib: “Bu asarlar bugun ham öz ahamiyatini yöqotmagan. Ularni kirill alifbosiga ögirib, tezroq çop etiş kerak”, — deb taʼkidlaydi.

Köp ötmay Duşanbedagi “Guli murod” jurnalida professor Rasul Hodizodaning Mirzo Qöqonboy Abduxoliqzoda hayoti va adabiy merosiga bağişlangan maqolasi eʼlon qilindi. Naşr tufayli öquvçilar ilk bor XX asrning birinçi yarmida Samarqandda Sadriddin Ayniy, Mahmudxöja Behbudiy, Hoji Muin kabi atoqli adiblar qatorida isteʼdodli yozuvçi va tarjimon Mirzo Qöqonboy Abduxoliqzoda ham yaşab ijod qilganidan xabar topadilar.

Bu kutilmagan kaşfiyot Talʼat Abduxoliqzodada katta taassurot qoldirdi. Uning saʼy-harakati bilan samarqandlik şarqşunos olimlar Mohira Boboyeva va Vafo Nazarovlar iştirokida “Duxtari kuhiston” (“Toğ qizi”) romani arab yozuvidan kirill alifbosiga, söng­­ra özbek tiliga tarjima qilindi. Bu asar naşr etilgandan söng maʼrifatparvar samarqandlik adib haqida adabiy jamoatçilik muhim bir maʼlumotga ega böldi.

* * *

Qöqonboy Abduxoliqzoda (Abduxoliqov) 1869 yil 10 sentyabrda Samarqandda hunarmand oilasida tuğilgan. Eski maktabni tugatgaç, mad­rasaga öqişga kirib, u yerda 2-3 yil arab tilida öqigan, lekin kursni tugatmay, çiqib ketgan. Öşa paytda u 19 yoşda edi.

1889 yilda Qöqonboy Abduxoliqzoda uylanadi. Birinçi farzandi tuğilgunga qadar u xotinini Qöqondagi qarindoşlariga olib borgan ekan. Şu tufayli uni Qöqonboy deb ataganlari ehtimoldan xoli emas.

Qarindoşi Mamadaminboy bilan mehmonga kelgan savdogar Xidir-naymon örtasidagi bir kelişmovçilik tufayli taqdir taqozosi bilan Qöqonboy Abduxoliqzoda Moskvaga ketadi.

Tafsiloti qisqaça şunday. Savdogar Xidir-naymon Mamadaminboyning eskirgan kostyumi haqida mensimay gapiradi va unga molni bermaydi. Janjal muştlaşuvga aylanadi va Xidir-naymon yaralanadi. Natijada Qöqonboyning qarindoşi qamoqxonaga tuşadi. Uni ozod qiliş uçun Mamadaminboyning oila aʼzolari pul yiğib, Qöqonboyni Moskvaga borib, işni qayta körib çiqişga köndiradilar. Qöqonboyning poytaxtga yetib borişiga ikki oy vaqt ketadi.

Moskvada Qöqonboy Nikolay poşşoning jiyanlaridan birining uyida yaşaydi. U Moskvada 2 yil — 1892 yildan 1894 yilgaça böladi. Qöqonboy öz bilimi va ötkir zehni bilan sud hukmining özgarişiga erişadi va öz qatʼiyati bilan çor imperiyasi amaldorlarini mağlub etib, qarindoşining qamoqdan ozod etilgani haqidagi hujjatni Samarqandga olib keladi.

* * *

1925 yilda Tojikiston Respublikasi taşkil etilgandan söng Qöqonboy Abduxoliqzoda tarjimon sifatida Tojikiston davlat naşriyoti — “Tojgosizdat” xizmatiga kirdi.

1930 yilda u soxta ayblovlar bilan qamoqqa taşlanadi. Ammo 49 kundan keyin u ozodlikka çiqadi. Bu davr­­da Qöqonboy Abduxoliqzoda badiiy ijod va tarjima bilan faol şuğullangan. Biologiya va kimyo darsliklarini rus tilidan tojik tiliga tarjima qilgan, birinçi rusça-tojikça luğatlardan birini yaratgan edi.

1936 yilda Qöqonboy Abduxoliqzoda Jizzax qözğoloni va uning iştirokçilaridan biri — jajji bola taqdiri haqida hikoya qiluvçi “Namoz” romanini yozib tugatdi. Uşbu romanning bir qismi “Tadjikskaya literatura” — “Tojik adabiyoti” jurnalida çop etilgan. Roman Örta Osiyo xalqlari adabiyotida bu janrdagi birinçi asarlardan bölgandi.

Muallif Namozni şaxsan 1899 yili Dahbedda qozi qarorgohida körgan. U öşa paytda qozi bilan birga xizmat qilayotgan edi.

Qöqonboy Abduxoliqzoda ham Namozning yolğon ayblar bilan ayblanib, Sibirga surgun qilinganini bilardi. Namoz hibsda bölganida kameradoşlari bilan 250 metr uzunlikdagi yaşirin tunnel qazib, u orqali 53 nafar mahbus, jumladan, 3 nafar rossiyalik qoçib ketadi.

Keyin Namoz boylarni talon-toroj qilib, öljani kambağallarga tarqata boşladi. Boylarga bosqin uyuştirgani uçun Samarqand tumani hokimining örinbosari uni taʼqib qilib, Çaşmai Ob qişloğida hibsga olmoqçi bölgan, biroq u yana qoçib ketişga muvaffaq böladi.

Yozuvçi Namoz taqdiriga oid boşqa real faktlarni ham bilardi. Masalan, u kambağallarni emas, faqat boy odamlarni talon-toroj qilgan. Ölimidan keyin merosxörlariga heç narsa qoldirmaydi.

Agar uning hayotiga oid barça faktlar örganilsa, Namozni öz davrining ilk qahramonlaridan biri, kelajakdagi voqealarning xabarçisi deb hisoblaş mumkin. Ammo bu vaqtda inqilob uçun obʼyektiv şart-şaroitlar hali pişib ulgurmagan edi va Namoz öz harakatlarining aynan mana şu jihatdan ahamiyatini anglamas edi.

* * *

Mirzo Qöqonboy Abduxoliqzodaning ikkinçi asari “Toğ qizi” romanidir.

Abduxoliqzoda bu ikki romandan taşqari “Istadjon” va “Qamçisidan qon tomadi” nomli ikkita qissa ham yozgan. Ularda eski usul böyiça taʼlimning yaroqsizligi tasvirlanadi.

1940 yilda Qöqonboy Abduxoliqzoda SSSR Yozuvçilar uyuşmasiga aʼzo böladi.

Uning aksariyat asarlari naşr etilişiga Ikkinçi jahon uruşi tösqinlik qildi. Qöqonboy Abduxoliqzodaning barça asarlari tarixiy bölib, ulardagi voqealar rus inqilobidan oldingi davrga borib taqaladi.

Qöqonboydan qolgan sanoqli hujjatlar orasida uning çor qöşinining harbiy kiyimida, çopon va milliy libosda tuşgan turli suratlari bor. Baʼzilarida u oilasi bilan suratga tuşgan.

Adibning şaxsiy arxivida uning “Namoz”, “Toğ qizi” romanlarining qölyozmalari, “Jizzax qözğoloni”, “Esdaliklar” tarixiy asarlari, xotiralar, “Qamçisidan qon tomadi” va “Istadjon” qissalari hamda luğatlar va muallif tomonidan tarjima qilingan ayrim darsliklar saqlanib qolgan.

U umrining sönggi yillarini Anna Karpovna degan rus ayoli bilan Samarqandning markazida joylaşgan, şu kungaça saqlanib qolgan uyda ötkazadi. Qöqonboy Abduxoliqzoda 1948 yilda vafot etgan.

 * * *

…Bir söz bilan aytganda, köhna Samarqandda ijod qilgan yozuvçi va tarjimon Mirzo Qöqonboy Abduxoliqzoda ötmişdagi adabiy anʼanalarni asrab-avaylaş va davom ettirişga munosib hissa qöşgan yorqin namoyandalardan biri bölgan.

Şu munosabat bilan Mirzo Qöqonboyning Markaziy Osiyo adabiyoti va ijtimoiy tafakkuri tarixidagi örni va ahamiyatini örganiş, uning milliy ziyolilar şakllanişiga qöşgan hissasini baholaş zamonaviy adabiyotşunoslikning dolzarb masalalaridan biri.

Yormamat RUSTAMOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan