Jurnalistika muzeyi qayerdaligini bilasizmi?
Keling, avvalo, muzey haqida qisqaça maʼlumotni esga olaylik.
Muzey qadimgi yunonça “musiyon”, yaʼni “muzalarga bağişlangan joy”, degan maʼnoni bildiradi.
Muzey — bu tarixiy, moddiy va maʼnaviy yodgorliklarni töplaş, saqlaş, örganiş va tarğib qiliş işlarini amalga oşiruvçi ilmiy, ilmiy-maʼrifiy muassasa hamdir. Uning xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, şuningdek, sanʼat asarlari jamlanadi. Şu bilan birga, yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgaça bölgan tarixiy qimmatga ega qölyozmalar, bosma hujjatlar, gazetalar, kitoblar) saqlanadi.
Ana şunday muzeylardan biri — Samarqand şahrida joylaşgan Zarafşon vohasi matbuoti tarixidan sözlovçi Samarqand viloyati matbuot tarixi muzeyi hisoblanadi. Mazkur muzey 2013 yilda “Zarafşon” gazetasining 100 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan. Jurnalistika sohasida mamlakatimizda hozirça yagona bölgan mazkur muzeyda ijodkorlarga tegişli 450 dan ziyod tarixiy aşyo saqlanadi.
Muzey javonlaridan özbek jurnalistikasiga tamal toşini qöygan ziyolilar — Mahmudxöja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Saidrizo Alizoda kabi jadidçi-maʼrifatparvarlar, şuningdek, turli davrlarda gazetaga muharrirlik qilgan Hoji Muin, Akobir Şomansurov, Haydarbek Abdujabborov, Şarof Raşidov, Vali Xöjayev, Rahim Şokirbekov, Anqaboy Xudoybaxtov, Nuriddin Şukurov, Lutfulla Hamroyev, Xolmuhammad Nurullayev, Ahmadjon Muxtorov, Habib Temirov, Muzaffar Muqimov va boşqa köplab faxriy jurnalistlar hamda hozirda “Zarafşon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari boş muharriri vazifasida işlab kelayotgan, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Farmon Toşevga tegişli buyum va iş vositalari joy olgan.
Muzeyda rus matbaaçisi Morozov tomonidan çop etilgan “Samarqand” (hozirgi “Zarafşon”) gazetasi, Mahmudxöja Behbudiy asos solgan “Oyina” jurnalining ilk nusxasi örin olgan.
1920 yillardan Ikkinçi jahon uruşi davrigaça gazeta çop etişda foydalanilgan yoğoç va quyma harflar, 1950 yildan keyingi davrda işlatilgan 3 ölçamli qörğoşin va dub harflar, matritsalar, tahririyatda hamda bosmaxonada foydalanilgan texnik asbob-uskunalar hamda “Samarkandskiy vestnik”, “Ovozi Samarqand”, şahar va tuman gazetalari nusxalari, Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlari hududlarida çop etilgan gazetalar, tarixiy fotosuratlar qimmatli eksponat sifatida saqlanmoqda.
Saidrizo Alizodaning 1920-1925 yillarda Eron hamda Turkiyada yaşagan davrlaridagi ijodi namunalari, çop ettirgan kitob va risolalari, 1937 yilda Samarqanddagi Özbekiston davlat universitetida arab va fors tillaridan talabalarga saboq berayotgan paytlari, Şarof Raşidov muharrirligida foydalangan telefon, Respublika rahbari sifatida Samarqand viloyatiga kelib, aholi bilan uçraşuvlari tasvirlangan fotosuratlar muzey zarvaraqlariga muhrlangan. Şuningdek, muzeyda atoqli davlat arbobi, yozuvçi va şoir Şarof Raşidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan alohida burçagi mavjud. Unda Şarof Raşidovning özi yozgan qölyozmalar, uning asarlari, tarixiy fotosuratlari joy olgan.
Respublikamizdagi oliy öquv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlarining izlanuvçi-tadqiqotçilari, muzeyşunoslar muzeydagi “Zarafşon” (“Lenin yöli”) gazetasining 110 yillik va “Samarkandskiy vestnik” (“Leninskiy put”) gazetasining 105 yillik jild-taxlamlaridan foydalanmoqda.
Ayniqsa, muzey Samarqand davlat universitetining “Noşirlik işi” yönalişi hamda Samarqand davlat çet tillari institutining “Xalqaro jurnalistika” yönalişida tahsil olayotgan talabalar, şahar va tuman gazetalarida, viloyat teleradiokompaniyasida faoliyat körsatayotgan yoş muxbirlar uçun amaliy tajriba maktabi bölib xizmat qilmoqda.
Behbudiy qölyozmalariga tayanib tayyorlangan “Samarqand” gazetasining 1913 yilda Örta Osiyo böylab tarqalişi va sotiladigan dökonlari joylaşgan şaharlar xaritasi tarix şaydolarida iliq taassurot qoldirişi şubhasiz.
Şuningdek, öşa davrda foydalanilgan harf teriş maşinkalari, rasm işlaş uskunasi, fotoapparat, tezkor xabar yetkaziş (teletayp) qurilmasi, 1997 yilda tahririyatda foydalanilgan birinçi kompyuter va printer, gazetaning kompyuterda tayyorlangan ilk soni sohaning yaqin ötmişi haqida hikoya qiladi.
Muzeyda mustaqillik ekspozitsiyasi qismi ham mavjud bölib, unda istiqlol yillarida özbek matbuotidagi islohotlar, soha taraqqiyotini belgilab beruvçi aşyolar ham örin olgan.
Eng muhimi, mazkur muzey jurnalistika tarixiga nazar taşlab, uning naqadar boy va bebaho ekanligini eslatibgina qolmay, kelajagimiz vorislari uçun uzoq yillar xizmat qiladi.
Husan ELTOYEV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Samarqand viloyati bölimi mutaxassisi.
