Yangi Özbekiston — yangiça dunyoqaraş
Vatan — naqadar qadrli va muqaddas makon. Vatan — sehrli diyorki, u bilan faxrlanasan, iftixor va ğurur bilan tilga olasan. Mustaqil Özbekistonimizning tobora çiroy oçib, gullab yaşnayotganligi dillarni quvnatadi. Öttiz uç yillik ulğayişi mobaynida Vatanimizda juda köp bunyodkorlik işlari amalga oşirildi. “Bunyodkor” stadionining barpo etilişi sababli köpgina sport yönalişida yuksak natijalar bilan yutuqlarga erişdik.
“Heç narsa sport kabi Vatanni elga tanitolmaydi”. Öttiz uç yillik ulğayiş mobaynida sport sohasida juda köp yutuqlarimiz bizni jahonga tanitdi. Vatanimiz bayroğini baland kötarib, “Oltin medal” bilan yurtiga qaytgan Bahodir Jalolov, “Bronza medali” sohibi bölgan Bekzod Abdurahmonov kabi insonlarni Vatanimiz iftixori, deb ataşimiz mumkin. Tobora yuksalib, rivojlanib borayotgan mustaqil Özbekistonimizdan faxrlansak arziydi.
Hukumatimiz tomonidan yoşlarimizga juda köp imkoniyatlar yaratilmoqda. Çet davlatlarda bilim olib, malaka, tajriba orttirib kelib, yurtimiz ravnaqi uçun xizmat qilayotgan yoşlarimiz talaygina. Ming afsuslar bölsinki, öz yölini topa olmay sarson bölayotgan yoşlarimiz ham yöq emas.
Mening taklifim, dars maşğulotlariga “Yangi Özbekiston — yangiça dunyoqaraş!” nomli fan qöşilsa yoki tarbiyaviy soat mavzulariga kasb-hunar, tadbirkorlik haqidagi mavzular köproq qöyilib, kengroq tuşunçalarga ega bölişsa, maqsadga muvofiq bölar edi. Öquvçilar maktabni tugatib, söngra mustaqil ravişda tadbirkorlik işlarini yuritib, sivilizatsiyaga öz hissalarini qöşişlari mumkin. Buning uçun öquvçi yoşlar keng maʼnoda bilimga va malakaga ega bölişlari kerak. Öquv fanlari qatoriga tadbirkorlik, iqtisod, kasb-hunar, işlab çiqariş, biznes, tadbirkorlikni özida mujassam etgan yangi fan kiritilsa, bu mening taklifim, albatta.
Baʼzi öquvçilar maktabni tugatib, nima iş qilişni bilmay, vaqtlarini behuda ötkazişadi yoki mablağ töplaş uçun yollanma işçi sifatida çet davlatlarga işlaş uçun ketişadi. Heç kimga sir emaski, baʼzi çet davlatlarda, ayniqsa, Koreyada yoşlar öz yöllarini topib olişlari oson. Heç bölmaganda, kiçik korxona oçib, rahbarlik qilişni boşlaşadi.
“Yangi Özbekiston — yangiça dunyoqaraş!” şiori ostida biz yoşlarimizni şunday tarbiya qilaylikki, kerak bölsa, ixtirolar yaratişsin, xalqimiz ehtiyojlaridan kelib çiqib, zamonaviy uskunalar öylab topişsin. Yangi-yangi sanoat va işlab çiqariş korxonalari bunyod qilişsin. Buning zamirida katta rejalar bor. Uşbu taklif amalga oşsa, bir qator yutuqlarga erişib, yuksaklik sari odimlaymiz. Birinçidan, Vatanimiz ravnaqi uçun hissa qöşadigan sanoat korxonalari barpo bölar edi. Ikkinçidan, davlatimiz industrial zona böladi. Uçinçidan, xalqimizning ehtiyojlarini qondiruvçi mahsulotlar va tovarlarning yangi turlari yaratiladi. Törtinçidan, yurtimizda işsizlar soni kamayib, bekorçilikka çek qöyiladi. Beşinçidan, agar inson köp harakat qilsa, soğliği ham mustahkamlaşib borişini hisobga olsak, harakat tufayli odamlar soğlom böladi. Oltinçidan, işlagan odam heç qaçon kambağal bölmaydi, demak, kambağallar soni kamayişiga erişamiz. Yettinçidan, barça jinoyatçilik va huquqbuzarliklar bekorçilikdan kelib çiqadi. Bekorçilik yöq bölgandan keyin, jinoyatçilik ham kamayadi. Bu kabi misollarni köplab keltiriş mumkin. Hattoki yoş oilalarning yöqçilik tufayli ajrimlariga ham çek qöyilgan böladi. Bu, albatta, şaxsiy fikrim. Öylaşimça, yangi ğoyalar yaratuvçi buyuk şaxslarni yönaltira olamiz. Töğri, yurtimizda taşabbuskor, bilimdon, komil, yetuk yoşlarimiz yöq emas. Bizdan talab qilinadigani, yoşlarimizga öz yöllarini topib olişlarida töğri yönaltirib, rağbat beriş. Özbekistonimiz yoşlari intiluvçan va bilimga çanqoq bölganligi bois yangi fanni tez özlaştirib olişlariga işonçim komil.
Gulsunoy JAMOLOVA,
Angren şahar 34-IDUM
maʼnaviy-maʼrifiy işlar
böyiça direktor örinbosari.
