Kutubxona bayram kunlari ham işlasa…
Yurtimizda Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi “Bir bölsak — yagona xalqmiz, birlaşsak — Vatanmiz!” şiori ostida qizğin nişonlandi. Bayram kunlari musaffo osmonimizda Quyoş porlab turdi, u işladi. Poytaxtimizning markazidagi Anhor şarqirab oqdi, u işladi. Şifokor qaysidir bemorning dardiga malham böldi, u işladi. Tinçligimizni asraş uçun soqçi çegaramizda sergak turdi, u ham işladi. Şoir har kungiday ijod qilişga çoğlandi. Maşhur avar şoiri Rasul Hamzatov taʼkidlaganiday, ilhom kelgan paytda şeʼr yoziş örniga uning yozilişi haqida öylab bölmaydi. Yaʼni, ilhom kelgan paytda ijod mahsulini yaratişga kirişiş lozim.
Aynan Rasul Hamzatovning 1962 yili rus tilida çiqqan “Vыsokiye zvyozdы” va 1964 yili özbek tilida naşr etilgan “Yuksak yulduzlar” kitoblarini yonma-yon qöyib, taqqoslab öqişni istab qoldim. Buning sabablari bor: “Yuksak yulduzlar” tarjima kitobi çiqqaniga roppa-rosa 60 yil böldi va yaqin kunlarda şoirning tavallud kuni nişonlanadi. Bu nodir kitoblar faqat Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston milliy kutubxonasida bor. Biroq kutubxonaga borişning foydasi yöq, işlamaydi. Ötgan yili 2 sentyabr kuni boşqa iş bilan borganimda, kutubxona bayram kunlari işlamasligini aytişgan. Muhimi, kutubxonaga borayotganimda hafsalasi pir bölib qaytib ketayotgan qança kitobxonlarni kördim. Özim ham qaytayotganimda kelayotganlarni kutubxona işlamayotgani töğrisida ogohlantirdim. Kitobxonlar ajablanişdi. Öşanda yurtdoşlarimiz uçun kitob öqiş kundalik ehtiyojga aylanib borayotganidan xursand böldim. Baribir, umid bilan kutubxona sari yölga tuşdim. Işlamayotgan ekan. Yana yölda noumid qaytayotgan kitobxonlarni uçratdim.
Darhaqiqat, ğoyalar bugun bayram kuni ekan, insonlarning miyasiga begim kunlari kirarman demaydi. Balki bu ğoya kelajakda kaşfiyot yoki yangi ijod mahsuli bölar. Ğoyaning töğri-notöğriligini öşanga boğliq kitoblarni öqiş orqali bilinadi. Bunday nodir kitoblar Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston milliy kutubxonasidagina bor. Özim qariyb ellik yildan buyon şu kutubxonadan foydalanayotganim uçun işlar smenali taşkil etilişini bilaman. Şu bois bayram kunlari kutubxonaning öquv zallari soat 10 dan 18 gaça faoliyat körsatsa, ayni muddao bölardi. Axir kitoblar bayram kunlarida ham ehtiyojmandlarga Quyoşday ziyosini taratişi, daryoday obihayotini ulaşişi, şifokorday qalblarga malham bölişi va ularning maʼnaviy dunyosini boyitişi kerak.
Albatta, kutubxona xizmatçilari ham boşqalar kabi dam olişlari, bayram kunlarida şodiyona damlarni emin-erkin ötkazişlariga yuz foiz haqlidirlar. Lekin ular nur taratuvçi, maʼrifat va maʼnaviyat ulaşuvçi fidoyi insonlar. Ehtimol, bizning bu taklifimizni öylab körişar, qandaydir imkoniyat topişar degan fikrda öz mulohazalarimizni bayon etdik, xolos.
Asror MÖMIN,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.
