Qişloğimiz nomi nega pulhokim?

Pulhokim köprigi inson qöli bilan bunyod etilgan inşoot bölganida, ehtimol neça ming yillarning sinovidan omon çiqmas edi. Alloh taolo okean va dengizlar hamda quruqlikda yaşaydigan jonivorlar, şu jumladan, inson uçun barça şaroitlarni mukammal qilib yaratgan. Tuproqdan bunyod bölgan Pulhokim köprigi va köprik yonidagi buloq fikri ojizimizga bir dalildir.

Ikki toğ orasidagi uşbu köprikning uzunligi 26 metr, eni 5 metr, qalinligi 10 metr va soydan balandligi 19,6 metrni taşkil etadi. Oçiği, qişloğimiz ahli “Pulhokim” sözining maʼnosiga köpam eʼtibor bermaydi. Qişloq yuqorisidagi Boboqozoq va Takati toğlarini Pulhokim köprigi boğlab turadi. Köprik tagidan 20-30 km uzoqlikdagi toğlardan oqib keladigan Zarangbuloq, Qöşbuloq va Kökbuloq soyi ötgan. Köprikning çap tomoni — pastdagi toşlar orasidagi buloqdan çiqadigan suv yodga boy bölganidan içişga, kir yuvişga yaroqsiz. Xalq buloq suvidan faqat tomorqa suğorişda foydalanib kelmoqda.

Pulhokimliklar suvning qadrini juda yaxşi bilgani uçun bir tomçisiniyam zoye qilmaydi. Pudinaning suvini kir-çir va yuvinişga işlatgan xalq içadigan suvni Omonxona qişloği yaqinidagi Ğurğurak, Sariqamişdagi Gulbuloqdan eşakda taşigan. Keyinçalik, aniqroği, ötgan asrning 70-yillaridan bugungi kungaça Boysun şahridan maxsus maşinalarda taşib keltiryapti.

Alloh taolo köprik bilan birga uning yonidan to Jiydabuloqqaça bölgan toğ tagida qandaydir kölni ham yaratgan degan xayolga boraman. Bundan oltmiş yilça burun geologiya-qidiruv idoralari kömagida Jiydabuloqda quduq kavlanib, suv çiqarilgan. Köp ötmay, Pulhokimdagi buloq qurib qolgan. Ikki buloqning manbai bitta bölgan-da. Toşkentdan mutaxassislar kelib, Jiydabuloqdagi quduq butunlay bekitilgan, ammo baribir Pulhokimdagi buloqdan suv çiqmagan. Şundan keyin hukumat buloqdan salkam töqqiz yuz metr quyidan yonma-yon ikkita quduq kavlattirgan.

Parvardigor amri bilan yaratilgan bu öziga xos köprikka özining haqiqiy Pulhokim nomi berilişini, YUNESKO tomonidan moddiy va madaniy meros sifatida röyxatga olinib, sayyohlar tomoşa qiladigan manzilga aylanişini istaymiz.

Bir guruh faxriylar YUNESKO işlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy komissiyasiga maqsadimizni bayon etgan edik. Madaniy meros agentligi Milliy komissiyaga bergan javob xatida Madaniyat vazirining 2019 yildagi 407-sonli buyruği bilan Pulhokim köprigi mahalliy toifaga kiritilganligi, mazkur obʼyekt Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi 846-son qarori bilan Surxondaryo viloyatidagi diqqatga sazovor joy sifatida davlat röyxatiga olinganligi töğrisida xabar berilgan ekan.

Agentlik Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yildagi 19-son qaroriga köra 2021-2030 yillarda Özbekiston Respublikasi YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi röyxatiga kiritiş uçun Milliy reja qabul qilinganligi munosabati bilan kelgusida Pulhokim köprigining ham kiriş imkoniyatlari örganib çiqilişini maʼlum qilgan.

Uşbu ijobiy xabar bizni quvontirdi, ammo bu bizning orzu va umidlarimizdan ança uzoqdadir. Umidimiz, Milliy komissiya rahbariyati va Madaniy meros agentligi saʼy-harakati bilan Pulhokim köp­rigi 2024 yilning oxirigaça YUNESKOning Umumjahon merosi röyxatiga kiritilsa.

Xurram NORQOBILOV,

biologiya fanlari

nomzodi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan