Tarix taxtidagi malikalar qismati

yoxud adiba qalamining sehrli zamzamalari

Şahodat Isaxonova… Adabiy iqlimda bu nom ilk bor oğizga tuşganida biz jurnalistika fakulteti birinçi kurs talabalari edik. Yoş adibaning qalamidan tökilgan, bu ziddiyatli dunyoning yuziga tutilgan közguda köringan timsollar har qanday qalbni öziga rom etardi. Öquvçilar diqqatiga havola qilinayotgan hikoya­laridan quloqlaringizga bir sehrli kuydek oqib kirayotgan ohanglar bu köhna dunyoning mastona şivirlaşlari bilan uyqaşib ketardi. Hikoyalarning favqulodda yeçimi yuragingizni titratib yuborar, tubsiz xayollar qaʼriga tortib ketar, mudrab yotgan hislaringizni uyğotar, qalbingizni simillagan oğriqqa töldirib yuborardi.

Adibaning “Keçikkan baxt” hikoyasi bu dunyoda hamma narsaning omonat ekanligi, agar inson öz baxti uçun vaqtida kuraşmasa, u hovuçingizdagi oltin qum zarralari misol yöqlikka soçilib ketişiga gözal bir işora edi. Unda yoş, niholdek titroq, ğunçalardek hayoli va tortinçoq, bu dunyoni faqat baxtdan iborat deb bilgan ayol qalbining bir nafasda sovuq urgan, qovjiragan, qiyğos oçilib, borliqni muattar nasimga töldirgan olamining zavolga yuz tutişi şunday haqqoniy va mohirona tas­virlangan ediki, bunday tasvir faqatgina ayol közi bilan olamni kuzatayotgan, sözni qismat deb bilgan isteʼdodning qölidan kelişi mumkin edi. Rahmatli Toğay Murod bilan bir kuni oilamiz davrasida Şahodatxon haqida söz ketganida, uning qalamidagi öziga xos tasvirlar jozibasi haqida töxtalib, “Şahodatning hikoyalari kelgusida qiyğos gulga kiradigan boğning ilk mevalaridir. Ular totli va hayotbaxş. U mard va isteʼdodli adiba”, — degan edi.

Mana, yillar ötib, isteʼdodli adiba Şahodat Isaxonovaning ijod boği közni va köngilni quvontirib, şovullab turibdi. Köp zahmatlar, bedor tunlar, nasr olamining közga körinmas parda ortidagi ilohiy olami epkinlarini his qiliş va qalamga oliş… Tarix taxtida viqor va fusun, teran ilm va donişmand­lik, benazir husn va oqilalik timsoli bölib ötirgan ajdodlarimiz bölgan uluğ ayollarimiz ruhi bilan röbarö keliş va muloqotga kirişiş… Yerning, turmuş taşvişlarining zil qanotlarini qayirib, samoning köz yoşdek iliq va yoqimli tomçilarini tuyiş…

Bular oddiy sözga siğmaydigan holatlardir. Haqiqiy ijodkor qalbi va teran nigohi esa dunyoga ana şunday tansiq va şifobaxş, aççiq va oğriqli, nurli va fojiali tilsimlarni yetkazib beradi. Şahodat Isaxonovaning keyingi yillarda yaratgan, badiiy mahorat yoğdulari kabi qalbni şuʼlalantirgan tört romani törtta Turon malikalari qismati haqidagi zalvorli asarlardir. Öylab qolaman: adiba öz oldiga qöygan ijodiy reja zalvori tarixning uluğvor toğlari yelkasida turgan va kelajak avlod bilişi, unga bus-butuniça yetkaziş oliy burç bölgan buyuk haqiqatlardir. Maktab darsliklarida berilgan maʼlumotlarni yanada töldiriş, ona Vatan timsolini teran ang­latiş, milliy tomirlarimiz, qadriyatlarimizni bor böy-basti bilan körsatiş va uni tanitiş — har bir ijodkorning farzandlik burçidir. Har bir inson öz tarixini tanisa — Vatanini taniydi. Şu maʼnoda, adiba Şahodat Isaxonova ana şunday şarafli, biroq maşaqqatli mehnatga qöl urib, tarix bilan röbarö böldi. Tabiiyki, ösib kelayotgan qoraközlarimiz uluğ momolarining qiyofasini köz oldida gavdalantiriş uçun sözdan javob izlaydi. Adibani uzoq yillar qiziqtirib kelgan köhna moziy sirlari sohibalari — erkaklarning yetim qovurğasidan yaratilib, bu dunyoning yukini birgalaşib yelkalaşgan gözal va qudratli zotlar — ona Vatan timsoli bölgan hukmdorlar, fozilalar, zabardast olimalar, şoiralar qismati… Massagetlar hukmdori Tömaris va dunyo sahnasida şuhrat topgan uluğ ayollar taqdiri… şular jumlasidandir.

Hazrat Amir Temurning jon taslim qilişdan oldingi sönggi vasiyati: “Zaifalarni qöringiz”, — degan söz bölgan ekan. Jumlai olam ahliga qaratib aytilgan söz, aslida. Nozik xilqatning dunyoni boşqarişga-da qodir bölgan qudrati haqida bu söz…

Uluğ Amir Temur hazratlari yonida turib, köpinça safarlarda birga bölgan malika Bibixonim qanday ayol edi? Tarixiy manbalarga tayanib, adiba uning sözdagi siymosini şunday latiflik bilan çizadi. “Şahzodalarning dunyoviy, diniy, falsafiy bilim olişlari majburiy edi. Bu vazifa buyuk Amir Temur saltanatining boş malikasi Bibixonim zimmasida edi.

Bibixonim — 1341-1346 yillar Movarounnahr (Çiğatoy ulusi) taxtiga ötirib, tört yil hukmronlik qilgan 22-xon jöjinajot şahzoda Sulton Qozonxon Yasovurxon öğlonning qizi — Saroymulk­xonim ötgan yili kuzda payğambar yoşiga tölgan bölsa-da, hali qarilikka böy bermagan, qomati tik, yonoqlari bilinar-bilinmas börtib turgan, oppoq kulça yuzlari ajinsiz, bodom qovoqlari ustidan hiloldek egilgan qoşlari ingiçka va qora edi. Qönğir qoraçiqli, xiyol qisiq közlarining nigohlari jiddiy, lab­lari kiçik, lekin qalinligi uçun gapirganda istarasi yanayam issiq körinar, şu bois tabassum qilganda muloyim tortardi. Ovozi sokin va ohangli, nafasidan taralayotgan sözlar suhbatdoşining köngliga oqib kirayotgan kabi uni bir zumda öziga el etardi.

Uluğbek Mirzo ota-onasidan yiroqda doimo bobosi va bibisi tarbiyasida ulğayayotgani uçunmi, Bibixonimga suyanib qolgan, hozir ham xuddi bötaloqlardek ortidan ergaşib bormoqda edi.”

Uluğbek Mirzoning bötaloqlarday ergaşib yurişi… Uluğ ayol, mehribon buvijon Saroymulkxonim — Bibixonim ortidan… Ehtimol, buvi-yu nabira tunlari oy şuʼlalarida porlab yotgan, yulduzlar jilva qilgan samoga soatlab tikilib ötirgan bölsa, ajab ermas. Ehtimol, Uluğbekning yoş idrokining ipak şuʼlalari uluğ Ayol bois kök toqiga çirmaşgandir?! Har holda, bu mening ojiz tasavvurlarim… Ammo asarga juda yaraşib turgan bu jumla adibaning bizning qalbimizga nozik işoratidir, balki?

Şahodat Isaxonova romanlarini öqib, bir narsaga amin böldimki, adiba ularni yaratiş jarayoni oldidan tarixning öquvçiga maʼlum va maʼlum bölmagan dalillarini çuqur örganib, avval ham uşbu mavzuda yozilgan manbalar bilan sinçiklab çoğiştirgan. Yangi-yangi manbalarni izlaşga harakat qilgan. Badiiy asarlardagi har bir lavha, şaharlar tarixi, ular qurilişidagi tarixiy aniqlik manbalari körsatib ötilib, öquvçi uçun ham yoqimli taassurot uyğotgan. “Bibixonim” tarixiy romanining boş­lanişida Samarqand şahri tarixi, Amir Temur hazratlari tomonidan yaratilgan uluğ va latif boğlarning şoirona tasviri yoki tarixçi Şarafiddin Ali Yazdiyning yozişiça, Amir Temur hijriy 801 yili (milodiy 1399) Bağdod şahrini bir yil içida qayta tiklaş xaqida farmon berişi, muhandislar tomonidan zudlik bilan tayyorlangan mukammal loyiha asosida köpgina turar-joy binolari, bozor, maydon, hammomlar qurilişi, boğ-roğlar, boğçalar, xiyobonlar bunyod etilişi, Araks daryosidan kanallar çiqarilib, şahar suv bilan taʼminlanişi, Boilkon qörğon-şahri qaytadan qurilişi, şaharning uzunligi ikki yuz ming tört yuz gazdan iborat aylanma mudofaa devori qayta tiklanişi haqidagi maʼlumotlar juda qiziqarli bölib, adibaning qizğin ijod jarayonlarini köz öngingizda gavdalantiradi.

Asarni öqiş jarayonida Bibixonim teran aqli, şarqona odobi va hayosi, bağrikengligi, davlat boşqaruvidagi siyosiy tafakkuri bilan öquvçini hayratga soladi. Sohibqiron Amir Temur hazratlarining ayol tafakkuri va salohiyatini naqadar qadrlaşi, talotöp dunyo ziddiyatlariga yeçim topişda unga suyanişi asarda juda gözal talqin qilingan: “Amir Temurning çehrasi yorişib, Bibixonim tomon yuzlandi. Bibixonim Almaliqiyning sözini tasdiq işorasi ila ifoda etarkan, sözlamakka tutindi.

— Şunday, hazrati oliylari, maktub söngida Sulton Ahmad Jaloyir va qora Yusuf Turkmanlar ila boğliq sörovingizda zikr etildi.

Maʼlumingizkim, elçi Mangliy Buğai hojib janoblari keltirğan maktubda Nosir Faraj ularni tutib, zindonband qilğonliği xususinda söz ketmişdi…

— Köp va xöb yaxşi, bibim… — Bibixonimning sözini bölib minnatdorçilik izhor etdi Amir Temur. — Ularnig taqdiru aʼmollarini ham bizğa qöyib beriş­lariğa şaʼma ettingizmi?

— Şunday, hazrati oliylari! Har ikkisini ham elçimiz Abdulloh Koşiy janoblari birlan borğon navkarlarimiz ilkiga tayin etdim.”

“Turkiy malikalar”ning ham şarafli, ham fojiaviy qismati, toj-taxt uçun kuraş, saroy xonimlarining çegara bilmas fitnalari, jangu jadallarda daryo-daryo tökilgan qonlar, oddiy xalqning qalbidagi uşalmas armonlari badiiy asarda ğoyat mahorat bilan tasvirlanişi öquvçi qalbini öziga oşufta qiladi. Malikalarning ğoyat kuçli irodasi, matonati, mamlakat miqyosidagi hayratomuz iştiroki, guldan-da nozik şoirona qalbining tahqir tiğlarida tilinib, umriga yakun yasalişi qalbni larzaga soladi. Bibixonimga zahar bergan kimsaning ham itdek xor bölib ölişi “qaytar dunyo” haqidagi aççiq haqiqatni yodga soladi.

Yana savol tuğiladi: malika Gavharşod begim qanday ayol edi? Isteʼdodli adiba tanazzulga yuz tutib borayotgan temuriylar davlati inqirozidan qalbi iztirobga çulğanib, bir nafas xayolga çömgan malikaning könglidan keçgan tuğyonlarni mohirlik bilan şunday ifodalaydi:

“Şahzodalarni öylasa, Gavharşod begimning fiğoni falakka örlab, yuragi siqilardi. Ular na sohibqironga, na xoqoni saidga öxşaşdi. Hatto ayol boşi bilan saltanat posangisini qirq yildan oşiq Şohrux mirzo bilan birga tutişgan Gavharşod begimga ham tortişmadi. Hali bolalik çoğlarida rahmatli qiblagohi Ğiyosiddin Tarxon qölida qiliç öynatib, ot çoptiradigan Gavharşod begimni öğlonlariga örnak qilib körsatardi.

— Egaçingiz qiz bola bölsa ham anda uluğ bobomiz Kuçlukxonning siyoği bor! Samanni qanday boşqarişini kördingizmu?! Haqiqiy nayman bahodirlari tulporni ana şunday yeldiradurlar! Qarang, tulpor tamoman aning itoatinda! Çunki otga yoşning farqi yöq, ul jonivor uçun çavandozning salohiyati qadrli. Salohiyatli çavandozlar otini ham, özini ham asraydur. Otini ham, özini ham asray bilgan odamgina dunyo tizginini qölda tuta biladur! Agar egaçingiz öğlon bölib tuğilganinda erdi… Uluğ bobomiz kibi naymanlarning sardori bölurdi! Naymanlar ör, jangari esa-da, mard, adolatli, jasoratli, eng asosiysi, bir sözli qavmdur. Alar sotilmaydur, xiyonat qilmaydur, or-nomus uçun ölimga tik boradur! Alarni Çingizxon ham yenga olmagan. Yöqsa, naymanlarning sakson foiz elini möğullar qirib taşlaşgan. Baribir böysundira olişmagan. Şundin söng, Çingizxon alarning jasurligiga qoyil qolib, öziga eş qilgan, saltanatining nonini bölişgan va alarni maxsus “Tarxon” unvoni birlan siylagan… — hayajonlanib naymanlarning “Tarxon” unvoni-yu uning darajasi, hatto ölimga hukm qilingan taqdirda ham neça marotaba keçirilişi haqida faxrlanib, qayta-qayta söylardi Ğiyosiddin Tarxon.

Ğiyosiddin Tarxon başorat qilganidek, Gavharşod begim “sardor” bölmasa-da, Yaratganning inoyati bilan unga malikalik nasib etdi. Hukmdorning zavjalaridan biri yoki şunçaki yostiqdoşi emas, balki uning maşaqqatli hayot yölidagi sodiq yöldoşi, qöş qanoti böldi…”

Ayolning tilsimli kuçi har qaysi zamon va makonda ham jamiyat taraqqiyoti uçun naqadar muhimligi uşbu badiiy böyoqlarda haqqoniy öz ifodasini topgan. Malikaning mamlakat obodligi uçun öz hukmdorining qanotida turib, amalga oşirgan savobli işlari zargarona qalam bilan qalbimizga kirib boradi.

“Nodirai davron yoxud amirning tavqi laʼnat töni” romanida xalqimizning qalbida asrlar mobaynida ardoqlanib kelayotgan, şeʼrlari qonimizga singib ketgan Höqandi latif malikasi şoira Nodirabegimning ruhiy olamiga duç kelamiz. “Maqsad na edi, kelding jahona, Kayfiyatini bayon etib ket”, degan satrlari yodimizdan ötadi. Akademik şoir Ğafur Ğulomning “Momoyi gisu naburida” nomli yonişlarini azob bilan xotirlaymiz. Yupungina kiyingan Uvaysiy onamizning Nodirabegim tegrasida parvona misol örtanişlari, hur fikrat egalariga qilingan tazyiqlar, bedavo dardga çalingan amir Umarxonning ölim oldi tavbalari… kitobxonni beixtiyor öz komiga tortib ketadi. Husnda benazir, aql-zakovatda benazir, sadoqatda benazir malikaning gunohi nima edi? Zamon uçun ayol muhabbati, ayol zakosi şunçalar beqadr edimi? Voqealar şiddati qalbni ğalayonga soladi. Amir Umarxonning birodarkuşligu xunrezliklari, axloqsizliklari, mayxörliklari Alloh qahriga uçraydi. Qarğiş olgan butun bir avlod halokatga yuz tutadi. Adiba bemor amir Umarxon bilan Nodirabegim orasida bölgan suhbatda olingan qarğişni eslatadi. Adibaning zulm körgan qalblarning nolasi uçun osmon eşiklari hamişa oçiq ekanligiga qilgan bu işorasi kitob qöliga tuşgan har bir insonni öylaşga majbur qiladi:

“— Oğangiz… Elga zulm etgan gunohkor erkan, lek aning norasidalarining aybi ne erdi? Alarni neçun qatl ettirdingiz? Toşkand hokimi Şeralixon endi 18 yoşga tölib erdi! Qolğon ikki öğlonlari ersa bizning farzandlarimiz Muhammadalixon birlan Sulton Mahmudxonlar kibi endi bir muçal yoşga yetgan bir gödak erdilar-ku! Şunday murğak insonlarga, buning ustiga, jon-jigarlaringizga, jiyanlaringizga bul qadar ayançli qismatni qanday ravo kördingiz, olampanoh?!

— Puşaymonmen, malikam… — Umarxon boşini xontaxtaga urib yiğlab yubordi. — puşaymonmen!

— Oh… Bul puşaymonliğ, dod-voylaru oh-vohlar, köz yoşlari birlan yuvilsa koşki erdi, — Nodirabegim boşini nadomat bilan çayqadi. — Aning tölovi, tavoni oğir böladir! Yo, Rab! Özing keçir! Öşal kuni ammaginam ne deb qarğaganini eslaysizmu?

— Eslaymen, malikam… Har kuni eslaymen! Eslamasam, unutsam koşki erdi…

— Yo, Alloh, öşal nolalar hamon quloqlarim ostinda jaranglayotir! “Menga bu kunni ravo körganlarning özlari ham, zurriyodlari ham qirçiningda qiyilsun!” deb duoyibad etgan erdilar-a!

— Ha, qirçinimdan qiyilmoq fursati yetdi, keça tabiblar bedavo dardga mubtalo bölganimni söylaşdi… Tabiblar bir oylik umrim qolğonini söyladilar… Qazoi qismatga rozi bölmoqdin özga ilojim yöq…”

Şunday… Umr karvoni şu taxlit asrlarni ortda qoldirib, ketib boraverarkan. Tarix esa özining adolat qalami bilan öz zarvaraqlariga keçmişni yozib borib, bizni ogoh qilaverarkan.

Nodirabegim şunday yozadi:

 

Na gul sayr ayla,

                       na fikri bahor et,

Jahondin keç, hayoli vasli yor et.

 

Muhabbatsiz kişi odam emasdur,

Gar odamsen, muhabbat ixtiyor et.

 

Uzoru qaddu raftoringni körsat,

Çaman sarvu gulini şarmsor et.

 

Labi maxmurdurmen jomi may tut,

Karam qil, soqiyo, dafʼi xumor et.

 

Analhaq mojarosin aylading foş,

Kel, ey, Mansur, istiqboli dor et.

 

Duri aşku aqiqi, xuni dilni,

Kelu yoring ayoğiga nisor et.

 

Kuyib, ey Nodira, olam eliğa

Muhabbat şevasini oşkor et.

 

Quyoşdek lovullab turgan ayol qalbi — malika Nodirabegim ruhiyatini adiba roman sahifalariga nurdek singdirib yuboradi.

Amir Nasrullo kabi qalb közi kör bölgan gumrohlar taraqqiyotni jilovlab, xalq ongini örta darajadan past uşlab turuvçi, Nodirai davron qatliga heç ikkilanmay muhr bosuvçi kimsalardir. Ayolning hur qalbi, tiniq fikri va isteʼdodi, ozod ruhiyati uçun ğov bölgan Amir Nasrullo kabi johillar millat onalari, tarix oldida abadiy gunohkor bölib qoldi. Ötmişning qora kunlarini mohirona qalamga olgan Şahodat Isaxonova ayol maʼrifati dunyolarni jaholatdan qutqaruvçi nur ekanligining qalb tarjimalaridir.

Özbek adabiyoti muhtaşam, uluğ adabiyot. Zabardast şoir, yozuvçilarimiz, isteʼdodli azamat öğlonlari bor bu adabiyot qahkaşonida Şahodat Isaxonova kabi ayol dunyosini tarix qatidan kaftlariga ohista qöyib bizga tutayotgan gözal va dilbar, isteʼdodli adibaning borligi va peşqadamligi hammamiz uçun quvonçdir.

…Dengiz sohilida uzoq ötirganimda bir holat meni hayratga solgandi. Oppoq qumli sohilni betinim yuvayotgan tölqinlar göyo poygaga şaylangan gözal arğumoqlarga öxşardi. Boşi va oxiri körinmayotgan dengiz, tölqinga töş berib uçayotgan çağalaylarning qanotlarida suv tomçilari quyoş nurida yarqirardi. Nima demoqçiman? Hassos qalbi dengizday teran adibamiz beorom qalbi qatidagi durlarni xalqimizga — öz öquvçilariga baxşida qildi. Bu durlar çağalay qanotidagi şaffof tomçilarni eslatdi menga. Zero, tomçida quyoş aks etadi. Tölqinlarning abadiy qöşiğida esa sir bor, sinoat bor. Adiba Şahodat Isaxonovaning dengizdek qalbidan esa adabiyot yana betakror möʼjizalar kutib qoladi.

Şarifa SALIMOVA,

Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi,

şoira.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan