Ustoz
Muallif haqida:
Odinayev Qurdoş Namozboy öğli — 1962 yilda Ohangaron tumanidagi Qoraxitoy qişloğida tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning falsafa-iqtisod fakultetida tahsil olgan.
“Eskirgan miş-miş”, “Oriyatli bola”, “Toğlarga tutaşgan yurt”, “Yangi davr bolalari”, “Ohangaron ohanglari” şeʼriy kitoblari muallifi.
Hozirgi kunda Angren universitetida faoliyat körsatadi.
(Qutlov örnida)
Çigit ğuj unib çiqdi, qiliş kerak yagana,
Yaganani tugatdik. Öt bosibdi begona!
Damni olasiz qişda, yozda haşar qilamiz,
Ğözani çopiq qilib, öt qoldirmay yulamiz!
Hokim aytar: “Tozalab, yöl yoqasin oqlaysiz,
Birinçi rahbar ötar, siz işonçni oqlaysiz!”
Bir hafta öqib, derlar: “Qöying şu bör, taxtani,
Maktab qoçib ketmaydi, teriş kerak paxtani!”
Neça-neça avlodga bergan bölsang-da taʼlim,
Yillar beminnat kosang oqarmadi, muallim!
Man-man degan rahbarlar ötdi, rahmat aytmadi —
Oqibatni sen berding, ammo senga qaytmadi!
Neça yillar şu zaylda yaşab kelding, muallim,
Qadru qimmating ortga taşlab kelding, muallim.
Islohot şabbodasi tepadan yelmagunça,
Ilmu fan qadrin bilgan bir rahbar kelmagunça.
Şavkat bilan, şaxt bilan islohotlar boşlandi,
Jahon tomon yuz tutib, katta qadam taşlandi.
Kitob tutib qöliga barça yoşu qarini,
Yuksaltirdi muallim, murabbiyning qadrini.
Olğa surdi rahnamo zör bir yetakçi ğoya:
— Taʼlimga sarmoya bu — kelajakka sarmoya!
Eng ustuvor sohaga aylandi endi taʼlim,
Katta hayot sahniga çiqdi endi muallim.
Balqib çiqdi nihoyat nurli ziyo quyoşing,
Artib olgin közdagi şodlikdan oqqan yoşing.
Endi topding örningni, egik qadding tut azim —
Mağrur kötar boşingni, ey, sen, aziz muallim!
Taʼlimda yangilikdan aql qolmoqda şoşib,
Oylik — peşona tering asta bormoqda oşib,
Mehnating qadri yuksak, haloldir topgan oşing,
Ming dollarlik marrani közlab turar Yurtboşing!
Çöqqiga çiqsin yangi Özbekistonda taʼlim,
Bayraming bölsin qutluğ, ustoz hamda muallim!
Bu dunyoga tirgaksiz, Sizlar çayir ustunlar —
Bu olamda topilmas Sizdan ötkir, ustunlar!
Qurdoş Namozboy öğli
Odinayev

