Daʼvatkor söz qudrati

Prezidentimiz ötgan hafta yangi tarkibdagi parlamentda bölib ötgan qator majlislarda sözga çiqib, mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqiçidagi muhim masalalar böyiça asosiy yönalişlarni belgilab bergani katta tarixiy voqea böldi. Davlatimiz rahbari nutqlarida bildirilgan fikrlar nafaqat senator va deputatlar, balki şu yurtni Vatani deb bilgan, öz faoliyatini mamlakat ravnaqi, el farovonligiga baxşida etgan har bir inson uçun çinakam dasturilamal böldi, desak,  adaşmaymiz.

Tarixiy uç kun

Davlatimiz rahbari 18 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining birinçi majlisidagi nutqida deputatlarni şarafli maqomga sazovor bölgani bilan qutlar ekan, sohadagi yutuqlarni eʼtirof etib, kelgusidagi vazifalarni, yangi marralarni belgilab berdi. Jumladan, xalq vakillari endilikda töğridan-töğri işlaydigan va aniq ijro mexanizmlariga ega qonunlarni yaratişi, parlament nazoratini tölaqonli taʼsirçan institutga aylantirişi lozim. Saylov okruglaridagi faoliyatlarida faqat uçraşuvlar taşkil etiş, şikoyat va savollarga rasmiy javob beriş bilan çeklanib qolmasdan, barça islohotlarning eng faol iştirokçisi va tarğibotçilari bölişi zarur.

Şuningdek, kelgusi beş yilda Qonunçilik palatasi oldida ğoyat ulkan vazifalar turibdi. Xususan, qonun ijodkorligi jarayoni, avvalo, jamiyatimizdagi dolzarb muammolar yeçimiga, xalqimizning oğirini yengil qilişga qaratilişi kerak. Yangi davrda parlament çinakam “xalq uyi”, uning quyi palatasi esa ğoyalar generatoriga, soğlom raqobat, bahs va munozaralar maydoniga aylanişi darkor.

Prezidentimiz 19 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining birinçi yalpi majlisidagi nutqida ham qator ğoya va takliflarni ilgari surdiki, ularning har biri xalqimizning azaliy orzu-maqsadlari röyobiga xizmat qiladi. Masalan, endi Senat qonunlarni muhokama qilişda yangiça mexanizmlarni joriy etişi zarur. Ayniqsa, qonun ijodkorligi jarayoniga mahalliy Kengaşlarni keng jalb etiş, har bir qonun böyiça ularning fikrini oliş amaliyotini yölga qöyiş muhim ahamiyatga ega. Senat mahalliy Kengaşlar faoliyatini tizimli tahlil qilib, ularga kömaklaşib borişi kerak. Umuman, senator mamlakatimizning har bir hududida amalga oşirilayotgan islohotlarga özini daxldor his qilişi, ularning muvaffaqiyatli amalga oşirilişi uçun jon koyitişi lozim. Zero, Yurtboşimiz taʼbiri bilan aytganda, davlat va xalq xizmatçisining — u senator yoki deputat böladimi, hokim yoki vazir böladimi — rahbarlik masʼuliyatini öz zimmasiga olganidan söng beğam-beparvo, loqayd bölib yurişga, huzur-halovatga berilib yaşaşga maʼnaviy haqqi yöq.

Davlatimiz rahbarining 20 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Özbekiston Respublikasi Boş vaziri nomzodini körib çiqişga bağişlangan majlisidagi iştiroki ham tarixiy voqelik böldi. Unda Şavkat Mirziyoyev yangi Hukumat, barça rahbarlar oldidagi eng muhim vazifalarga eʼtibor qaratdi. Jumladan, makroiqtisodiy muvozanatni saqlab, kelgusi beş yilda iqtisodiy ösiş surʼatini 6-7 foiz atrofida taʼminlaş zarur. Hukumat 2030 yilgaça işsizlikni xalqaro eʼtirof etilgan daraja — 5-6 foizdan oşirmaslik böyiça dolzarb vazifalarni ham samarali hal etişi lozim. Iqtisodiyot va aholi daromadlarini östirişda yuqori qöşilgan qiymat yaratadigan sanoat tarmoqlariga alohida ahamiyat qaratiş kerak. Şu bilan birga, iqtisodiyotda xususiy sektorning uluşini 85 foizga yetkaziş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, soğliqni saqlaş, taʼlim va sportni rivojlantiriş böyiça katta dasturlarni samarali va töliq amalga oşiriş — hamişa Hukumatning kun tartibida turişi kerak bölgan asosiy vazifalar.

Prezidentimiz tomonidan örtaga taşlangan ğoyalar, ilgari surilgan taşabbuslar bizni atrofimizda bölayotgan özgarişlarga teran nigoh bilan qaraşga, zimmamizdagi vazifalarga zamon talablaridan kelib çiqqan holda mutlaqo yangiça yondaşişga undadi.

Biz bugun buyuk evrilişlar davrida yaşayapmiz. Jonajon Vatanimiz kundan-kunga rivojlanib, jahon hamjamiyatida özining munosib örnini egallamoqda. Yuz yillarda bir keladigan mana şunday masʼuliyatli pallada Prezidentimiz rahnamoligida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarda faol iştirok etiş bugungi avlodning tarixiy missiyasidir.

Guhari şarifroq yöq ondin…

Hayotining asosiy qismini jurnalistika sohasiga bağişlagan inson sifatida işonç bilan aytişim mumkinki, ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlari uçun ham bugungidek masʼuliyatli davr heç qaçon bölmagan. Bugun jurnalist yuz berayotgan özgarişlarni çetdan kuzatib, yoritib boradigan solnomaçi emas, balki ularning bevosita iştirokçisidir. Biz öz sözimiz bilan odamlarning dunyoqaraşini şakllantiriş, el-yurt taqdiriga daxldorlik, masʼuliyat tuyğularini kuçaytiriş, ularni ezgu maqsadlar yölida harakatga undaş, şu orqali keçayotgan jarayonlarga taʼsir körsatiş kuçiga egamiz.

Bu haqda gap ketar ekan, jurnalistikaning asosiy quroli — sözning qudratini anglaş va undan samarali foydalaniş masalasiga alohida töxtaliş joiz. Zero, bu xalqimizning huquqiy demokratik davlat, oçiq va erkin fuqarolik jamiyati qurişga qaratilgan ezgu maqsad-muddaolariga hamohangdir.

Nega deganda, sözning qudratini çuqur idrok qilgan inson uni behuda sarflamaydi, aksinça, yaxşilikka, bunyodkorlikka safarbar etadi. Buyuk şoir va mutafakkir bobomiz Alişer Navoiy: “Sözdurki, nişon berur ölukka jondin, Sözdurki, berur jonğa xabar jonondin” der ekan, birgina kalomning jisman tirik bölsa-da, maʼnan ölikka aylangan insonga qayta jon baxş etiş qudratini, uning jonon, yaʼni hayot mohiyati, mağzini anglab, mazmunli umr keçirişiga turtki bölişini eʼtirof etadi.

Ezgu söz kişi qalbini nur kabi yoritar, ötkinçi dunyoning oqu qorasini tafakkur qilişga undar ekan, uni turli yovuzliklardan, adolatsizliklardan, noinsoniy xatti-harakatlardan asraydi. Özgalarni kamsitiş, haq-huquqlarini toptaş, buzğunçiligu vayronkorliklardan qaytaradi. Şu bois sözdan şarifroq, muqaddasroq, kuçliroq tuşunça yöq, deb biladi hazrat Navoiy:

Insonni söz ayladi judo hayvondin,

Bilkim, guhari şarifroq yöq ondin.

Zohiran gözallaşgan, siyratan yangilangan Özbekistonda bugun ommaviy axborot vositalari vakillari sözning beqiyos qudratidan, öz bilim va mahorati, qobiliyatidan emin-erkin foydalaniş imkoniyatiga ega. Media sohasi vakillarining huquqlari Konstitutsiya darajasida mustahkamlab qöyildi.

Jumladan, Asosiy Qonunimizning 81-moddasiga köra, ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq iş olib boradilar. Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlaş, oliş, undan foydalaniş va uni tarqatişga bölgan huquqlari amalga oşirilişini kafolatlaydi.

Şu bilan birga, bunday erkinlik jurnalistlarning “öziga xon — kölankasi maydon” bölişini anglatmaydi. Yolğon axborot tarqatgani, özgalar huquqlariga daxl qilgani uçun qonun oldida javob beradi. Yaʼni ommaviy axborot vositalari özi taqdim etadigan axborotning işonçliligi uçun javobgardir.

Demak, milliy kontentni har xil oldi-qoçdi axborotlar, uzuq-yuluq xabarlar bilan töldirib bölmaydi. Birovga ğayirlik, duşmanlik qilib, uning şaʼniga “mağzava tökiş”, qadr-qimmatini kamsitiş quroliga aylantiriş ham mumkin emas. Soha taraqqiyoti uçun eng töğri va istiqbolli yöl — Prezidentimiz faoliyatining dastlabki davridayoq belgilab bergan yöriqqa amal qiliş, uni kundalik faoliyatimiz tuzugiga aylantirişdir. Yaʼni xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilişlari, dardu taşvişlari bilan yaşaş davlat siyosati darajasiga kötarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi çinakam muloqot maydonçasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz öz oldimizga qöygan maqsadlarga erişa olamiz…

Gap bosma ommaviy axborot vositalari haqida boradigan bölsa, avvalo, şuni aytiş lozimki, öz tarixida avvaliga radio, keyinçalik televideniye timsolida qudratli raqobatçilar bilan töqnaş kelib, özining axborot makonidagi munosib örnini saqlab qola olgan gazeta va jurnallar, bugun internet degan deyarli çeklanmagan auditoriyaga ega jahon axborot makoni bilan yuzma-yuz turibdi. Bu esa naşrlardan işga yangiça yondaşuvni, öquvçilarga yangiliklarni yetkaziş bilan çeklanib qolmasdan, voqealarni çuqur tahlil qilişni, muammolarni kötarib çiqib, ularning yeçimlari böyiça ham takliflar berişni talab etmoqda. Faqat şu yöl bilan biz bugungi jarayonlarning bevosita iştirokçisi sifatida öz mavqeimizni saqlab qolamiz.

Masʼuliyat va intiliş

Prezident Şavkat Mirziyoyev kasb bayrami munosabati bilan ommaviy axborot vositalari xodimlariga murojaat qilar ekan, keyingi yillarda yurtimizda söz erkinligi va fikrlar xilma-xilligiga erişiş yölida keng imkoniyatlar oçilayotgani media vositalari vakillarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi iştiroki, örni va nufuzini yanada kuçaytirayotganini taʼkidlagan edi.

Çindan ham, bugun ommaviy axborot vositalari ijobiy özgarişlar jarayonini boşdan keçirmoqda. Mamlakatimiz sarhadlarida yuz berayotgan har bir voqea-hodisa, yurtdoşlarimiz quvonçu taşvişlari, ularni qiynayotgan muammolarni gazetalarimiz sahifalarida röyirost, xolisona yoritiş uçun heç qanday tösiq yöq.

Lekin ommaviy axborot vositalari bunday imkoniyatlardan neçoğli töliq va töğri foydalana olyapti, degan savol tuğiladi va bu bejiz emas.

Davlat rahbarining eʼtirofiça, bugungi kunda matbuot işi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “törtinçi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvçi sohaga aylanib bormoqda. Şundan kelib çiqib, bugungi kun şaroitida ommaviy axborot vositalarining roli va ahamiyatini çuqur anglaş juda muhim.

Gap bosma ommaviy axborot vositalari haqida boradigan bölsa, avvalo, şuni aytiş lozimki, öz tarixida avvaliga radio, keyinçalik televideniye timsolida qudratli raqobatçilar bilan töqnaş kelib, özining axborot makonidagi munosib örnini saqlab qola olgan gazeta va jurnallar, bugun internet degan deyarli çeklanmagan auditoriyaga ega jahon axborot makoni bilan yuzma-yuz turibdi. Bu esa naşrlardan işga yangiça yondaşuvni, öquvçilarga yangiliklarni yetkaziş bilan çeklanib qolmasdan, voqealarni çuqur tahlil qilişni, muammolarni kötarib çiqib, ularning yeçimlari böyiça ham takliflar berişni talab etmoqda. Faqat şu yöl bilan biz bugungi jarayonlarning bevosita iştirokçisi sifatida öz mavqeimizni saqlab qolamiz.

Tabiiyki, axborot tarqatiş manbalarining transformatsiyasi undan foydalanuvçilarning tanloviga taʼsir körsatmay qolmadi. Sörovlar natijasiga köra, deyarli hamma mamlakatlarda aksariyat respondentlar özi uçun asosiy axborot manbai sifatida eng avval internet-resurslarni, keyin esa televideniye, söngra gazeta-jurnallar va radioni körsatişadi.

Ammo bu bosma naşrlarga bölgan qiziqiş umumjahon miqyosida tuşib ketdi, degani emas. Ayniqsa, Osiyo qitʼasida davriy naşrlarga talab katta. Dunyodagi 100 nomdagi eng köp sotiladigan kundalik gazetalarning 74 nomdagisi Osiyoda bosilib çiqadi. Şundan 62 tasi — Xitoy, Yaponiya va Hindistonda. Buning ustiga, mintaqada ularning adadi ham ösib bormoqda. Köpgina holatlarda bunday ösiş gazetalarni bepul tarqatiş hisobidan ham taʼminlanadi. Şunga qaramay anʼana davom etayotir. Aholi soni eng köp bölgan uşbu qitʼada gazetalarning umumiy adadi 300 million nusxani taşkil etişi ham şundan dalolat.

Texnika taraqqiyoti hayotimizning barça sohasida namoyon bölganidek, OAVdagi transformatsiya ham öz natijalarini bermoqda. Gap faqat uning davlat va jamiyat uçun neçoğli ahamiyatli ekanida!

Xöş, davlat rahbari jurnalistika haqida gapira turib, nega uning bugungi kundagi ahamiyatini mudofaa va xavfsizlikni taʼminlaş bilan qiyosladi, axir axborot tarqatiş öz holiça heç qanday xavf tuğdirmaydi-ku. Demak, gap aynan axborotning özida, uning mazmunida. Gap — inson axborotdan, öqigan, eşitgan yoki körgan maʼlumotidan qanday xulosa çiqarişida ekan.

Kuçni töğri yönaltiriş

Barçamizga yaxşi ayonki, fizikada kuçni töğri yönaltiriş narigi jismga taʼsir etişda hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi. Eʼtibor berilsa, maʼnaviy-maʼrifiy jabhada ham xuddi şunday. Soğlom tafakkur hosilasi bölgan ğoyani bun­yodkorlik sari safarbar etiş beqiyos ezguliklarga, taraqqiyotga poydevor böladi.

Bugungi kunda “Har qaysi jamiyat hayotida mafkura muhimdir”, degan qaraş biroz eskirgandek. Şunday bölsa-da, köpgina mamlakatlarda davlat ayni şu — odamlarga taʼsir körsatuvçi vositalar iştirokisiz öz oldiga qöygan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotning eng muhim vazifalarini hal qilişi imkonsiz ekanini, oçiq bölmasa-da, tan olişadi.

Kimdir buni xohlaydimi yo yöqmi, butun dun­yo­da alohida mamlakatlar, alyanslar, bloklar, sinflar, siyosiy partiyalar, ijtimoiy guruhlar örtasida ğoyaviy kuraş har doim bölgan va davom etmoqda. Muayyan mamlakat va butun dunyoning kelajagi qanday bölişi ham ana şu kuraşning natijasiga boğliq.

Ayrim ekspertlar fikriça, davlat mafkurasi hokimiyat tepasida turgan muayyan ijtimoiy guruhning mafkurasi bölib, öşa guruh tomonidan asosiy mafkura sifatida eʼlon qilingan böladi. Lekin har qanday mafkura davlat mafkurasiga aylanar ekan, u hukmron mafkura bölib, boşqa heç qaysi mafkurani tan olmaydigan böladi. Şungaça borib yetadiki, u bilan kelişa olmaganlarni taqiqlaş, qatağon qiliş, şuningdek, diktatura örnatişgaça olib boradi va bu tarixdan maʼlum.

Sobiq tuzum davrida jamiyatni mafkuralaştiriş hayot tartiblarini soxtalaştirişga, közböyamaçiliklarga, zulm va yovuzlikka, alaloqibat qörquv va yolğonga asoslangan mustabid saltanatni qurişga zamin bölgandi. Bu saltanatda erkin fikr böğildi, özgaça qaraş va tutumlar taʼqibga olindi. Natijada odamlarning qalbini hadik va xavotir egallab oldi. Ularda voqelikka tanqidiy yondaşuv, ijodiy munosabat yöqoldi. Pirovardida, orzular armonga aylandi. Yuksaliş va taraqqiyot quruq safsata bölib qoldi. Insonlar tafakkuri va jamiyatdagi depsinişlar davlatning tanazzuliga sabab böldi.

Şukrki, Özbekiston mustaqillikka erişgaç, hukmron mafkura mavjud emasligi qonunan mustahkamlandi. Bu esa jamiyatda qaraşlar xilma-xilligini taʼminlamoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 12-moddasida belgilanişiça, “Özbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Heç qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida örnatilişi mumkin emas”. Şu bois “mafkura” tuşunçasi butun bir davlatning emas, balki u yoki bu ijtimoiy guruhning tizimli, tartibga solingan qaraşlari sifatida talqin etiladi.

Qaysi bir mafkuraning köproq ommalaşişida esa ommaviy axborot vositalari asosiy örin tutadi. Ular faqatgina atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalar haqidagi axborotlarni tarqatiş manbai emas. OAV odamlarga taʼsir körsatiş böyiça keng imkoniyatlarga ega, ularning axloqiga, yuriş-turişiga taʼsir qiladi, qadriyatlarini şakllantira oladi.

Tarixda ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilayotgan xabarlar, ilgari surilayotgan ğoyalarga eʼtiborsizlik oğir oqibatlarga olib kelgan holatlar ham bölgan. Masalan, 1994 yili Ruandada yuz bergan genotsidga bitta radiostansiyadan tarqatilgan tajovuzkor çaqiriqlar sabab bölgan. Mazkur radio avvaliga köngiloçar kanal sifatida taşkil etilgan bölib, keyin tezda tarğibot quroliga aylangan. Bir mamlakatda yaşovçi ikki elat örtasida nafrat olovini yoqiş oxir-oqibat 800 ming nafar insonning ölimiga olib kelgan.

Yaqin ötmişdan olingan bu misol ommaviy axborot vositalarining kuçiga töğri baho beriş va bu kuçni bunyodkorlik maqsadlariga yönaltiriş juda muhim ekanini körsatadi. Şu nuqtai nazardan, axborot maydonini sifatli va raqobatdoş milliy kontent bilan töldiriş masalasi har qaçongidan ham dolzarb.

Kasbga sadoqat va burç taqozosi

Ommaviy axborot vositasining yana bir ustuvor vazifasi — davlat idoralari va ularning mansabdor şaxslari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini örnatiş, fuqarolarning qonuniy murojaatlarini örganiş va hal qiliş. Davlat rahbari taʼkidlaganidek, bugungi kunda quriliş, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş, yöl harakati xavfsizligini taʼminlaşdagi kamçiliklar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi muammolar böyiça berib borilayotgan tanqidiy-tahliliy materiallar joylarda mudrab ötirgan ayrim rahbar va mutasaddilarni uyqudan uyğotib, yangiça işlab, odamlarning taşvişi bilan yaşaşga majbur qilmoqda.

Töğri, ommaviy axborot vositalarining faolligi, jurnalistlarning öz kasbiga, burçiga sodiqligi, vatanparvarligi baʼzilarga har doim ham yoqavermaydi. Şu bois baʼzan jurnalistga turli iğvolar, nohaq iddaolar qilinadi, u soxta ayblov bilan taʼqibga olinadi. Ammo bugun haqiqatgöy jurnalist ortida qonun, xalq va ularni özining eng yaqin hamkorlari hamda yordamçilari deb hisoblaydigan Prezident turibdi.

Davlatimiz rahbari bir safar Qaşqa­­dar­yoga taşrifi çoğida “Köpçilik menga ommaviy axborot vositalarini “yopişni” taklif qilmoqda, lekin men buni heç qaçon qilmayman”, deb jurnalistlarning erkin faoliyat yuritişi va haqqoniy söz aytişiga qarşi bölgan, ularga tösqinlik qilayotgan kimsalarga, kuçlarga öz fikrini, pozitsiyasini aniq va lönda bildirgandi.

Ayni çoğda uşbu voqelik nafaqat jurnalistlarni ilhomlantirişi, balki amaldorlarning tahliliy-tanqidiy çiqişlarga munosabatini ham özgartirişi lozim. Katta salohiyatga ega rahbar tanqid uçun jurnalistdan xafa bölmaydi. Aksinça, eʼtiboridan çetda qolgan muammoni yoritib bergani uçun minnatdor böladi, kamçiliklarini tuzatib oladi. Afsuski, hamma rahbarlarni ham şunday deya olmaymiz.

Muammoni qalamga olgan jurnalist jamiyatga va davlatga duşman emas. Muayyan sohadagi kamçilikni oçib beriş, rahbarlarning eʼtiborini qaratiş bilan ularni bartaraf etişga harakat qiliş OAV vakilining kasbi taqozosidir.

Ommaviy axborot vositasining vazifalari haqida söz ketar ekan, adolatli tanqidni çop etib, dolzarb muammolarni kötarganda, ular qanday bartaraf etilayotganini ham yoritişni esdan çiqarmaslik lozim. Mamlakatimizda, ayniqsa, keyingi yillarda iqtisodiyot rivojlanişi, dolzarb ijtimoiy masalalar hal etilişi, odamlarning hayoti yaxşilanib, turmuş farovonligi ortişi yölida köp-köp işlar qilinayotgani şunday deyişimizga asos böladi.

Mana şunday özgarişlarni öquvçilar ommasiga yetkaziş, mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, pirovard maqsadlari haqida maʼlumotlar beriş, xoh korxonada bölsin, xoh tomorqada bölsin, sidqidildan mehnat qilib, mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qöşayotgan yurtdoşlarimiz haqida hikoya qiliş — bular ham jurnalistikaning ajralmas qismi. Bunday materiallar odamlarda kelajakka bölgan işonçni mustahkamlaydi, yangidan-yangi marralarga ilhomlantiradi. Ommaviy axborot vositalarining qudratli kuçini bunyodkorlik maqsadlariga yönaltirişning asl mohiyati ham şundan iborat.

…Prezidentimiz iştirokida ketma-ket uç kun bölib ötgan majlislarda qatnaşib, ularda Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yölida bildirilgan taklif va taşabbuslar, ğoyalar menda ana şunday fikr-mulohazalarni, muşohadalarni uyğotdi. Eng muhimi, mamlakatimiz istiqboli, navqiron avlodning kelajagi uçun kuyunçaklik, masʼuliyat bugun har birimizning hayotimiz qoidasiga, tuzugiga aylanişi lozimligini yana bir bor çuqur angladik.

Zotan, Prezidentimiz taʼkidlaganidek, yurtimiz taraqqiyotidagi butunlay yangi davrga qadam qöymoqdamiz. Heç şubhasiz, bu davrning qanday bölişi birgalikda öz oldimizga qöygan ulkan maqsad va vazifalarni samarali amalga oşirişimizga boğliq.

Işonçimiz komil, bu — Yangi Özbekistonimiz jadal rivojlanadigan, yanada yuksak taraqqiyot çöqqilarini zabt etadigan davr böladi. Bu davr parlament va Hukumat faoliyatida yangiça işlaş, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qiliş böyiça ibratli anʼanalar şakllanadigan va tarixga muhrlanadigan davr böladi.

Kelajak avlodlar, albatta, faxr bilan tilga oladigan ana şunday buyuk tarix va kelajakni yaratiş bizning öz qölimizda. 

Ötkir RAHMAT.

“Xalq sözi” gazetasining 2024 yil 27 noyabr 245-sonidan olindi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan