Mahmudxöja Behbudiy – buyuk millatparvar
Millat ong-tafakkurini yuksaltiriş, uni turli yot ğoyalardan tozalaş, xalq farzandlarining savodli va zakiy bölişlarida maʼrifatparvar jadidlarning örni beqiyos. Ulardan biri Turkiston jadidçilik harakatining asosçisi, yurt hurligi va maʼrifati yölida qurbon bölgan, milliy uyğoniş davri adabiyotining taniqli namoyandasi sifatida ilm-fan, taʼlim va tarbiya, adabiyot, sanʼat sohalarini rivojlantiriş, jahondagi ilğor taraqqiyot yutuqlarini özlaştiriş yölida öz hayotini baxş etgan fidoyi inson Mahmudxöja Behbudiydir. U publitsist, noşir, muharrir, jamoat arbobi bölişi bilan birga XX asr boşida yurtimiz tarixida ğoyat murakkab va sinovli davrda Turkiston jadidçilik harakatining asosçisi sifatida maydonga çiqqan va hurriyat, ozodlik uçun bor hayotini, ilmu zakosini tikib kuraşgan.
Turkiston xalqining milliy qahramoni Mahmudxöja Behbudiy asarlarini yoş avlod örtasida keng tarğib qiliş, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş, uning bebaho merosini kengroq örganiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 27 dekabrdagi “Turkiston jadidlik harakatining asosçisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noşir va pedagog Mahmudxöja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş borasida turli keçalar, adabiy-maʼrifiy anjumanlar bölib ötmoqda.
Kuni keça Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi saroyida Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va qator taşkilotlar hamkorligida “Jadidlar va Mahmudxöja Behbudiy merosini örganişdagi yangi yondaşuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi. Unda taniqli davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus vakillari, madaniyat xodimlari, ziyolilar, şoir va yozuvçilar, jurnalistlar, sanʼatkorlar, ijodkor yoşlar, adabiyot ixlosmandlari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.
Tadbir Çölponning “Gözal Turkiston” şeʼriga bastalangan, jadidlarning milliy madhiyasiga aylangan qöşiq bilan boşlandi. Sahnadagi ijroçilarga mehmonlar ham jör bölişdi.
Anjumanning kiriş qismida Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Şerzodxon Qudratxöja, Yoşlar işlari agentligi rahbari Alişer Saʼdullayev, Qatağon qurbonlari davlat muzeyi rahbari, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Hasanov sözga çiqib, Mahmudxöja Behbudiyning boy adabiy-ilmiy merosini örganiş va tarğib qilişning ahamiyati haqida söz yuritdilar. Jumladan, professor Şerzodxon Qudratxöja şunday dedi:
— Sözimni Mahmudxöja Behbudiyning “Dunyoda turmoq uçun dunyoviy fan va ilm zarurdir. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boşqa millatlarga poymol bölur” sözi bilan boşlamoqçiman. Bundan bir asr avval aytilgan uşbu sözlar bugun ham ğoyat dolzarb. Bundan 150 yil ilgari şu kunlarda Turkiston jadidçilik harakatining rahnamosi, din va jamoat arbobi, yangi usul maktablari, matbuot va özbek dramaturgiyasi asosçisi, öz eʼtiqodi va adolatiga sodiq maʼrifatparvar bobomiz Mahmudxöja Behbudiy tavallud topgan. Millat oydinlari bölgan jadidlar, xususan, Mahmudxöja Behbudiy ilmiy merosini örganiş va adabiy jamoatçilikka tatbiq etiş borasida köplab tadqiqotlar amalga oşirilmoqda.
Şuningdek, konferensiyada Behbudiyning nevarasi Şohruxxöja Behbudiy ham sözga çiqdi. U bobosining uluğ işlari qadr topayotgani, Yurtboşimiz tomonidan jadid bobolarimiz merosiga eʼtibor berilayotgani uçun Davlatimiz rahbari va anjuman taşkilotçilariga samimiy minnatdorçilik bildirdi.
Mahmudxöja Behbudiy ilmiy merosini örganiş va uni ommalaştiriş yölida bir qator amaliy işlar olib borgan namunali taşkilotlar rahbarlari, madaniyat xodimlari Behbudiy nomidagi statuetka va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Anjumanning badiiy qismida Mahmudxöja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Ğulom Zafariy, Botu, Şokir Sulaymonov kabi maʼrifatparvarlar siymosi gavdalantirilib, jadidlarning asarlaridan parçalar öqildi. Özbekiston Davlat Satira teatri tomonidan Behbudiyning “Padarkuş” dramasidan parça namoyişi taqdim etildi.
Mahmudxöja Behbudiy ijodini örganiş va uni joylarda tarğib qiliş, adabiy keçalar taşkil etiş mamlakatimizning barça hududlarida davom etmoqda.
Gulnora ŞERMATOVA
