Köngilli safar
(Yurt kengliklarida keçgan ikki kun)
Bunday öylab qarasam, ijodiy faoliyatim davomida juda köp marotaba yurtimiz böylab turli safarlarda bölgan ekanman. Birda qaysi bir soha ilğorlari haqida oçerk yozgan bölsam, birda u yoki bu muammolar haqida, jurnalistlar tili bilan aytganda, “bong urişimga” töğri kelgan. Xudoga şukur, meni şoir, ijodkor sifatida çorlagan davralarning ham sanoği yöq. Gurillab yongan gulxanlar atrofida gurillab öqilgan şeʼrlar bilan umr ham gurillab ötib turibdi. Baʼzan yoşlar, baʼzan yoşi uluğlar davrasida söz aytişga töğri keldi. Endilikda bolalarimdan ham ança yoş navqiron avlod vakillari bilan tillaşişga töğri kelayotganidan mamnun bölaman. Ayni damda uşbu maqolaga ham, aslida, ana şu “qaraşlari osmon” bolalar turtki böldi…
Yölda
Keyingi yillarda adabiyot ahliga körsatilayotgan eʼtibor va işonç ortidan el orasiga “yurişlarimiz” yanada köpaydi. “Maʼnaviyat karvoni”, “Kitob karvoni”, “Maʼrifat ulaşib” kabi loyihalar doirasida ötayotgan uçraşuvlarda bir guruh ziyolilar qatorida aholi, xususan, yoşlar örtasida kitobxonlikni tarğib qiliş, mamlakatda keçayotgan siyosiy jarayonlar haqida suhbatlaşib, vatanparvarlik borasida şeʼrlar öqib vodiy-u voha taraflarda yurganlarimiz — alohida mavzu.
Yaqinda yurtimizning janubiy viloyati Surxondaryoga borib qaytdik. Bu ijodiy safar Xalqaro Amir Temur jamoat fondi raisi, Özbekiston xalq yozuvçisi Muhammad Ali taşabbusi bilan taşkil etildi. Sohibqiron bobomiz nomi bilan ataladigan fond, Denov tumani hokimligi hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamkorligida “Buyuk Amir Temur merosi — kelajagimiz asosi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötişi rejalaştirilgan edi. Yana bir hamrohimiz — taniqli adabiyotşunos olim Adhambek Alimbekov ham ezgu safarlarga hoziru nozir maʼnaviyat fidoyilaridan. Kun sovuq bölişiga qaramay, mujdalari hayotbaxş Yangi yil kayfiyatidanmi yoki köngilga yaqin ijodkorlar yiğilganimiz boismi, dimoğlarimiz çoğ holda poyezd kupelarga joylaşdik. Vagon içi issiqqina, toza va tartibli. Köp ötmay qatorlar joyidan siljidi va biz yölga tuşdik. Ijod ahli, şogirdlar davrasida yoşlardek yayrab ketadigan serhimmat ustoz Muhammad Ali bunday safarlarni köp körgani, uning zavqi-şavqi bilan birga yöl azobini ham yaxşi bilgani uçun kupening möʼjaz stolçasi bir zumda bezaldi. Yoşi uluğ ijodkorning kamarbasta farzandi arjumandi Komronbek otasiga yöldoş bölib çiqqan ekan, bizni issiq va aççiq çoy bilan taʼminlab turdi. Suhbatimiz mavzusi öz-özidan şonli tariximiz özaniga burildi. Buyuk ötmiş buyuk kelajakning beşigidir. Ana şu beşikda munosib farzandlar voyaga yetişi uçun bugun zarur şart-şaroitlar yaratilayotgani borasida mulohazalar aytildi. Qizğin gurung bilan bölib, yer yuzining sayqali bölmiş Samarqand şahriga qanday yetib kelganimizni bilmay qolibmiz. Vagon kuzatuvçisining: “Samarqand! Samarqand! Tezlaşamiz, tuşib-çiqadiganlar yölini tösmaymiz…” degan ovozini eşitib, bölma darçasi pardasini kötarib, taşqariga qaradik. Vokzal çiroqlari yoğdusida qor parçalari öynoqlab tuşayotganiga közimiz tuşib, quvonib ketdik. Doimiy qor soğinçi bois hammamiz beixtiyor boladek qiyqirib yubordik. Ha, safar tabassum va kötarinkilik bilan boşlandi!
Anoyi demang bizni…
Poyezd Denov tumaniga yetib kelganida soat kunduzgi 10 dan oşgan edi. Yöl baribir yöl-da, toliqqanimiz rost. Tezroq mehmonxonaga joylaşsag-u biroz oyoq çigilini yozsak, keyin reja böyiça işga kirişsak, deb öylardik. Bizni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Surxondaryo viloyat bölimi rahbari Nargiza Rahmatullayeva, denovlik maşhur ijodkor, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Toştemir Turdiyev boşçiligidagi bir guruh mezbonlar hurmat bilan kutib oldi. Nargizaxon rejadan taşqari bir taklifni örtaga taşlab qoldi. Unga köra, kun tartibini Denov tumanidagi 79-umumiy örta taʼlim maktabida yoşlar bilan uçraşuvdan boşlaşimiz söraldi. Özaro fikr almaşib, Adhambek Alimbekov bilan ikkimiz maktabga, Muhammad Ali esa konferensiya materiallarini közdan keçirib oliş uçun mehmonxonaga boradigan böldik. Yöl-yölakay yengil ulovda şahardagi bunyodkorlik işlarini kuzatib ketdik. Bundan 6-7 yil ilgari ham bu tumanda bölgandik. Ötgan vaqt içida Denov juda özgarib ketibdi. Ilgari katta qurilişlar faqat poytaxt va viloyat markazlarida bölardi. Endilikda obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş tadbirlari tuman va mahallalarga ham köçdi. Baland binolar, haşamatli inşootlar çekka hududlarda qad rostlaşi odatiy holga aylanmoqda.
Maktab zaliga yiğilgan öquvçilarning qiy-çuvi uzoqdan eşitilib turardi. Şeriklar bir-birimizga maʼnoli qarab qöydik. Çunki har birimizning xayolimizga öşa qadrdon bolalikdagi şöxliklarimiz, maktabda keçgan öt-olov yillarimiz kelgandi. Rost, biz ham öqituvçilarimiz biror yiğiliş desa, qoçişga bahona axtarardik. Lekin u vaqtlar şoir yoki yozuvçining poytaxtdan çekka maktablarga borib, öquvçilar bilan suhbatlaşişi kamyob hodisa edi-da. Maktabga kirib borarkanmiz, uçraşuv, yiğinlarda bolalar yuz foiz iştiyoq bilan köngilli bölib ötirmasligini öyladim. Xuddi xayolimdagini uqqandek, Nargizaxon andak xijolatomuz: “Bolalarimiz turli feʼlli. Oralarida öyinqaroq, nasihatni malol oladiganlari ham yöq emas. Bularning baʼzilari sportçilargagina qiziqadi. Şuning uçun…” deb qoldi. “Xotirjam böling, men faqat kattalarga emas, bolalar uçun ham şeʼr yozib turaman. Nasib qilsa, köngillariga yöl topamiz!”. Şunday dedim-u, buni qanday uddalaş haqida öyladim.
Zalga kirib bordik. “Sekingina quyonning rasmini solişmasin” degandek, old qatorga şöx, quloqsiz bolalarni ötirğizib qöyişibdi. Buni ularning özini tutişi va olazarak nazarlaridan sezdim.
Adhambek aka ijodkor, olim odam, nafaqat adabiyot, tarix, balki boşqa sohalarning ham bilimdoni. Katta auditoriyalarda maʼruza öqib yurmaganmi, söz berişlari bilan darrov bolalarni qiziqtiradigan maʼlumotlarni paydar-pay aytib, yoşlarni sehrlab qöydi göyo.
Kaminaga navbat yetganda, sekin örnimdan turdim. Bir-ikki oğiz gapdan söng şeʼr öqidim. Adabiyotga qiziqqan öquvçilar közlari yonib tingladi, savollar berişdi. Mening esa eʼtiborim köproq oldingi qatordagi alpkelbat, ayni paytda Nargizaxon aytgandek, ançayin öz kuçiga işongan, pandu nasihatga unçayam tobi yöqligi sezilib turgan bolalarda edi.
“Mana bu old qatorda ötirgan yoşlarga qarang! Dunyoga donği ketgan Surxon polvonlarining davomçilari emasmi bular? Balki, ularning nazarida biz şoirlar, olimlar sözdan boşqani bilmaydigan, sportdan ança uzoq odamlar bölib tuyulayotgandirmiz. Bu yoşlarimiz ertaga öz yölini topib, maşhur insonlar qatoridan joy olişlariga işonaman. Öşanda bir vaqtlar körişganman deb, faxrlanib yuriş uçun, qani, bir söraşib qöyaylik-çi!” deb sekin minbardan pastga tuşdim. Ular bilan bir-bir körişib, suhbatlaşdim.
Ijod ahli orasida ham jismonan kuçli insonlar köp bölgan, faqat ular butun quvvatini foydali işlarga sarf qilganlar. Masalan, jahon adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri Bayron 1810 yilda Gellespont böğozidan suzib ötib, hammani lol qoldirgan. Yoki Xeminguey nafaqat Amerika böylab, balki Afrika safarlarida ham şer, buğu, fil ovlagan. Bu maşğulotdan maqsadi tabiat bilan sirlaşiş bölgan. Ana şu ovlar taassuroti tarzida “Afrikaning yaşil toğlari”, “Kilimanjaro qorlari” asarlarini yozgan. Yoxud özimizning Pahlavon Mahmud bobomiz polvonlik bobida nihoyatda maşhur edi. Ammo uni butun dunyo purmaʼno ruboiylari orqali biladi. Ha, yoşlar, faqat şoir demang bizni!..”
Şundan keyin sezdimki, bolalar biz bilan özgaça kayfiyat va hayratda muloqotga kirişib ketişdi, birgalikda suratlarga tuşişdi hamda samimiy xayrlaşişdi.
“Buyuk Amir Temur merosi — kelajagimiz asosi”
Termiz davlat universitetining Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti taşkil etilgan ekan. Aynan şu yönalişlarda öqişni istagan tuman va qöşni hududlar yoşlari endi viloyat markaziga qatnamaydilar. Bu yaxşi imkoniyat, albatta. Lekin eng qiziği, institutga boşqa viloyatlardan kelib öqiyotgan talabalar ham köp ekan.
Sohibqiron Amir Temur merosini örganiş, asrab-avaylaş va kelajak avlodlarga yetkaziş maqsadida taşkillaştirilgan ilmiy-amaliy anjuman taʼkidlaganimizdek, aynan şu oliy öquv yurti dargohida bölib ötdi. Temur şaxsini fond raisi Muhammad Alidek örgangan va Sohibqiron hayoti, faoliyatiga doir har bir voqea-hodisani raqamlari bilan batafsil aytib beradigan mutaxassis kamdan-kam topiladi. Unça-munça tarixçilar ham ortda qoladi bu borada. Temur va temuriylar haqida köplab roman, doston, dramalar yozgan Özbekiston xalq yozuvçisi buyuk ajdodimizning davlat boşqaruvidagi adolatli tamoyillari, jang qiliş uslubining öziga xosligi, madaniyat, sanʼat, adabiyot sohasi vakillariga ğamxörligi, bunyodkorlik, obodonlaştiriş işlariga eʼtibori haqidagi mulohazalarini nafaqat talaba yoşlar, balki biz konferensiya qatnaşçilari ham qiziqiş bilan tingladik. Ayniqsa, Sohibqiron bobomizning Çağoniyonda bölgan paytlarida röy bergan voqealar hammamiz uçun yangilik böldi. Adib şunçaki özaro suhbatlar çoğida ham Temur şaxsiyatiga taalluqli yangi maʼlumot bera oladi. Şuning uçun ham Muhammad Ali bilan safarlar maroqli. Bu kişining bilimdonligidan taşqari, ğayrati va şijoatidan ham örnak olsa arziydi.
Diloromning jasorati
“BBC” naşri eʼlon qilgan 2024 yil uçun dunyoning eʼtiborga molik 100 nafar eng nufuzli va faol ayollar röyxatidan örin olgan denovlik Dilorom Yöldoşeva Prezidentimiz tomonidan yuksak “Mardlik” ordeni bilan mukofotlanganini eşitgan edik. Safarimizning ertasi kuni mezbonlar mana şunday matonat egasi bölmiş yurtdoşlari bilan bizni yaqindan taniştiriş niyatlari borligini aytişdi. Dilorom Yöldoşeva yaşaydigan mahalla köçasiga kirib borar ekanmiz, yölning yaxşi taʼmirlangani eʼtiborimizni tortdi. Ammo bu asfalt aynan Diloromning şarafiga yangidan töşalganini keyinroq mahalla faollaridan eşitib, şaxsning jamiyat hayotida tutgan örni haqida öyladik.
Köksida “Mardlik” ordeni porlab turgan Dilorom Yöldoşeva bu eʼtiroflarga tom maʼnoda öz jasorati bilan erişdi. Baxtsiz tasodif tufayli ikki oyoğidan ayrilgan muştipar ayol avvaliga tuşkunlikka tuşdi. Ammo vaqt ötib, bu fojia umr poyoni emasligini angladi. Yangi hayot boşlaş uçun özida kuç topdi. Olti oylik muolajalardan söng qatʼiy oyoqqa turdi va bir yil ötmay tikuvçilik hunaridan foydalanib möʼjazgina sex oçdi, jamiyatga tadbirkor ayol sifatida qöşildi. Bugungi kunda önlab hamqişloq xotin-qizlarni iş bilan band qilib, buyurtmaçilarga turli biçimlarda kiyimlar tikib bermoqda.
Biz Diloromxon bilan işlayotgan xotin-qizlarning fikri bilan qiziqdik. Ularning ertangi kunga bölgan dadil işonçidan ruhlandik, hammalariga omad tiladik. Dastxatlarimiz bitilgan kitob va jurnallardan sovğa qilib, Surxon vohasining eng çekka tumanlaridan bölgan Sariosiyoga qarab yöl olar ekanmiz, könglimizdan: “Öz matonati bilan yurtining, qolaversa, özbek ayollarining nelarga qodirligini dunyoga körsatib qöygan Diloromdan bugun tuğilgan qişloği, Özbekiston faxrlanmoqda”, degan fikrlar ötdi.
Baliq sayli
Surxondaryo mamlakatimizda tabiati eng boy viloyatlardan sanaladi. Unda toğu daşt ham, daryo va köllar ham köp. Qaysi bir tumanga bormang, öziga xos manzaraga duç kelasiz. Yuqorida aytganimizdek, Sariosiyo viloyatning eng çekka tumanlaridan. Biz u yerda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining yana bir fakulteti yoşlari bilan uçraşdik. Ijodiy muloqotimizdan söng bir guruh talabalar bilan “Sebzor” deb nomlanuvçi mahallada taşkil etilgan “To‘palang fish” baliqçilik festivalida iştirok etdik.
Töpalangdaryosi Hisor toğ tizmasining janubiy yon bağridan boşlanadi. Surxondaryoning eng sersuv öng irmoği. Uzunligi 117 kilometr. Daryo, asosan, qor va muzliklar suvidan töyinadi. Eng yuqori oqimi Sariosiyo yoki Qorasuv, söngra Talişuş deb ataladi. Unga Ğovasoy qöşilgandan söng Töpalang nomini oladi. Daryoning bir qança irmoqlari bor. Daryo vodiysida yonğoqzor, arçazor va yaylovlarni uçratasiz. Mana şu gözallikning özidan köz quvnaydi. Toza havodan töyib-töyib nafas olasiz.
Yilning tört faslida ham sayyohlarni maftun etadigan toğli hududda alpinizm va xayking, etno va toğ turizmi, otda sayr qiliş, kvadrotsikllarda aylaniş kabi xizmat turlarini rivojlantiriş möljallanmoqda. Tabiat qöynida ötov uylar barpo etib, mehmonlarning toğ qöynida qolişi uçun yetarli zamonaviy şaroit yaratilmoqda. Rivojlanib borayotgan etnoturizm işqibozlari uçun ham Sariosiyoda bir qator qulayliklar mavjud. Buni gastronomik turizm borasida ham aytiş mumkin. Ayni paytda xonbaliq yetiştiriş maqsadida havzalar barpo etilgan. Sayyohlar havzalarda suzib yurgan baliqlarni miriqib tomoşa qilişi, ovlaşi va undan turli taomlar tayyorlaşi mumkin.
Baliqçilik festivalida iştirok etib, qozon boşida oşpazlarning pazandalik mahoratini kuzatdik, turli baliq taomlaridan tatib kördik. Xalqimiz sayilsevar. Festivalga yanada şukuh bağişlagan folklor jamoalarining çiqişlaridan zavqlandik. Şu asno Töpalang daryo sohillari betinim öziga çorlab turardi.
Töpalangdagi töpalang tuyğular
Ayqirib oqayotgan Töpalang daryo. Uning qişdagi jamoli naqadar gözal! Sohil böyida davra qurgan uç avlod vakillari — ijodiy jamoa, institut professor-öqituvçilari va talaba yoşlar suvning şiddat-şaştiga tikilgan köyi azim daryo haybatidan hayratlanardik. Garçi havo salqin, ammo yuraklarda bir öt, bir olov gurillardi. Ustoz Muhammad Ali şeʼr aytişni boşladi. Keyin muşoiraga talabalar qöşildi. Birin-ketin öqilayotgan şeʼrlarda esa yurtga oşiqlik, Yaratganning betimsol musavvirligiga hayrat, tinçlik-osoyiştalikka nisbatan şukronalik tuyğulari aks etardi…
Sirojiddin RAUF,
“Şarq yulduzi” va “Zvezda Vostoka”
jurnallari
Boş muharriri.
