Ekologlar qaçon uyğonadi?
“…Korxonaga qayerdan qança yer ajratilişidan qatʼi nazar, bir neça ön yillar avval xizmatini ötab bölgan texnikalar yangilanmasa, çiqindilarni qayta taqsimlaş şoxobçasiga yetkazib beriş mablağlari tölab berilmasa, işçi-xodimlarning oylik maoşlari oşirilmasa, ahvol özgaradiganga öxşamaydi. Xalq iborasi bilan aytilganidek, “eski tos, eski hammom”ligiça qolaveradi!..”
Toşkent şahridagi Mannon Uyğur köçasi hozir “Kökça darvoza” nomiga özgartirilgan. Bu köçaning oldingi nomi bilan avvalgi fayzi ham ketib qolganday. Ilgarilari bu köçadan yurganlar yölning ikki çetidagi azim daraxtlar soya-salqinidan bahramand bölardi, yaşillikdan zavq olişardi. Endilikda köça böylaridagi daraxtlar kesilib, qolganlari ham qurib borayotgani yetmaganidek, şaharsozlik meʼyorlariga amal qilinmay, pala-partiş, past-baland binolar qurib taşlangan. Savdo, umumiy ovqatlaniş, maişiy xizmat, avtomobillarga xizmat körsatiş şoxobçalari, uy-joylar va boşqa inşootlar oldi tomonidagi tuproqli maydonlar turli brusçatkalar bilan qoplangan hamda betonlaştirib taşlangan. Daraxt u yoqda tursin, gul ekişga ham joy qoldirilmagan.
Bu nafaqat şahar infratuzilmasiga, balki aholining kundalik hayoti uçun ham jiddiy muammolar tuğdirmoqda.
“Yangi Özbekiston” gazetasining 2024 yil 26 sentyabrdagi 196-sonida “Yiğlayotgan daraxtlar” sarlavhali tanqidiy-tahliliy maqola eʼlon qilingandi. Unda ham “Kökça darvoza” köçasidagi taşvişli ekologik holat va hatto tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi binosi atrofidagi qurib yotgan daraxtlarning ayançli ahvoli haqida yozilgandi. Öşanda Uçtepa tumani Obodonlaştiriş boşqarmasi masʼullariga boşqarma hovlisidagi uyilib yotgan çiqindilar, qarovsizlikdan qurib qolgan va quriyotgan azim çinorlar, katta-katta manzarali daraxtlar haqida eʼtirozlarimizni, fikr-mulohazalarimizni bildirgan edik. Masʼullar: “Tegişli çoralar köramiz, kamçiliklarni bartaraf etamiz”, deb aytişgandi.
Bugun Obodonlaştiriş boşqarmasi maʼmuriyati joylaşgan hududga kirsangiz, binolaridan baland çiqindi uyumlarini körib, taʼbingiz xira tortişi tayin.
— Uçtepa tumani köçalaridan yiğilgan kundalik çiqindilarni olib boradigan joy yöq, – dedi boşqarma boş muhandisi Baxtiyor Mustafoyev. — Bu muammodan Toşkent şahar hokimi Şavkat Umrzoqovning ham xabari bor. U kişining topşiriği bilan tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi tomonidan kundalik yiğilgan xazon, öt-ölan, paket va boşqa çiqindilar “Maxsustrans” taşkilotiga qaraşli qayta yuklaş şoxobçasiga şartnoma asosida olib borila boşlandi. Şox-şabbalar, ariq loylari, beton qoldiqlari esa, odatda, obodonlaştiriş boşqarmasi hovlisiga töplanib, keyin Toşkent viloyatidagi jarliklarga olib borib tökiladi.
Qayta yuklaş şoxobçasi bilan bizning örtamizdagi xarajatlarni qoplaş masalasini ijobiy hal qilişni şahar hokimi öz zimmasiga olgan edi. 2024 yilning iyun oyidan noyabr oyigaça bölgan vaqt içida tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi qayta yuklaş şoxobçasidan 144 million sömdan ortiq qarzdor bölib qoldi. Qarzni vaqtida tölamaganligimiz uçun qayta yuklaş şoxobçasi bizdan boradigan çiqindilarni qabul qilişni töxtatdi.
Şu sababli ötgan yilning noyabr oyidan buyon tumanimiz hududlaridan olib kelingan çiqindilarning asosiy qismi işxona hovlisiga yiğilmoqda.
Tuman hokimiyati va boşqa huquq-tartibot idoralarining kömagi bilan haşar asosida çiqindilarni jarliklarga olib boriş taşkil etilmoqda. Bu işimiz ham ekologiya qonun-qoidalariga zid. Ammo boşqa iloj yöq.
Boşqarma hududida turli xil yaroqsiz transport vositalari soçilib yotibdi. Göyo texnikalar qabristoniga öxşaydi.
Obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği Xurşid Karimovning aytişiça, avvalgi rahbar obodonlaştiriş boşqarmasi mutaxassisi emasligi, sohani yaxşi bilmagani uçun muammolar yiğilib qolibdi.
— Bu muammoning ildizi juda çuqur, – dedi Xurşid Karimov. — Boşliq bölib kelganimdan beri ellikta maşinada şox-şabba va çiqindilar Toşkent viloyatidagi maʼlum joyga olib borib taşlandi. Kuni keça ham huquq-tartibot idoralarining yordami bilan törtta maşinada çiqindi olib ketildi. Hozir işxonamiz hududida 30-40 maşina çiqindi bosilib yotibdi. Ixtiyorimizdagi 1985-1987 yillarda işlab çiqarilgan avtomaşinalar, traktorlar va pogruzçiklarning 20 tasi xizmat muddati bir neça ön yillar avval ötib ketgan.
Ertalab soat yettidan törtgaça sakkiz soat, haftasiga olti kun hududlarni qölda tozalovçi işçilar-farroşlar oyligi ikki million sömga ham yetmaydi.
Obodonlaştiriş sohasida işlaydiganlarning mehnati savobli bölsa-da, kasbi orzu qiladigan emas. Soha işçi-xodimlarining bir qançasi jinoyat qilganliklari uçun sud hukmiga köra şartli jazoni ötayotganlar. Ular davlatga iş haqlaridan maʼlum miqdor qismini tölaşga majburligi va boşqa joydan yaxşiroq iş topa olmagani uçun bu joyda işlaşmoqda. Bugun boşqarmada oylik maoş miqdori kamligi, xodimlarga şart-şaroitlari noçorligi boisidan 43 ta iş örni vakant turibdi.
Şahar içidagi “Kökça darvoza” köçasida yaşil hududlar kamayib borayotir, kökalamzorlaştirişning ahvoli noçor.
— Boşqarma joylaşgan “Kökça darvoza” köçasi 487-a uy hududi uy-joy quriş uçun auksionda sotilibdi, – dedi Xurşid Karimov taassuf bilan. — Yangi mulkdorlar bir oy muddatda joyni böşatişni talab qilişmoqda. Boşqarma uçun hozirgi bir gektarga yaqin maydon örniga yigirma beş sotix yer ajratilar ekan.
Mavzuni örganiş jarayonida şu narsa ayon böldiki, korxonaga qayerdan qança yer ajratilişidan qatʼi nazar, bir neça ön yillar avval xizmatini ötab bölgan texnikalar yangilanmasa, çiqindilarni qayta taqsimlaş şoxobçasiga yetkazib beriş mablağlari tölab berilmasa, işçi-xodimlarning oylik maoşlari oşirilmasa, ahvol özgaradiganga öxşamaydi. Xalq iborasi bilan aytilganidek, “eski tos, eski hammom”ligiça qolaveradi!
“Atrof-muhitni asraş va “yaşil” iqtisodiyot yilida”gi bu holat poytaxt obodonçiligi, tozaligi yölidagi jiddiy muammodir. Tasavvur qiling-a, aholi xonadonlari, köçalar va yuridik şaxslarga taalluqli maskanlarni çiqindilardan tozalovçi korxonaning özi çiqindiga botib ketgan, şahar markazida joylaşgan korxonaga tegişli maʼmuriyat hududi çiqindilar uyumidan iborat axlatxonaga aylanib qolgan bölsa? Yana buning ustiga bu joy kimlargadir sotib yuborilgan?!
Toşkent şahar hokimligi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi yangi Özbekistondagi eski muammoga yeçim topa olarmikan, degan jiddiy savol köndalang turibdi.
Dilmurod QIRĞIZBOYEV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.
