YUNESKO boş qarorgohida Mahmud Qoşğariy va Ali Quşçining boy ilmiy merosiga bağişlangan xalqaro konferensiya bölib ötdi

YUNESKOning Parijdagi boş qarorgohida Özbekistonning YUNESKO huzuridagi doimiy vakolatxonasi, turkiy mamlakatlar doimiy vakolatxonalari va Turkiy  madaniyat va meros fondi bilan birgalikda buyuk olim Mahmud Qoşğariyning “Devonu luğotit turk” kitobining 950 yilligiga bağişlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya taşkil etildi.

2023 yilda YUNESKO Boş konferensiyasi Özbekiston va boşqa davlatlar taşabbusi bilan 2024-2025 yillarda “Devonu luğotit turk” kitobining 950 yilligini taşkilot doirasida nişonlaş töğrisida qaror qabul qilgan edi.

“Dunyo xaritasini leksikografiyada yaratiş: “Devonu luğotit turk” asarining 950 yilligiga” mavzusida bölib ötgan konferensiya işida YUNESKO boş direktori örinbosari Firmin Matoko, turkiy mamlakatlarning  YUNESKO işlari böyiça milliy komissiyalari rahbariyati,  Turkiy madaniyat va meros xalq­aro fondi rahbari Aqtoti Raimqulova, Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi boş kotibi Mehmet Surayya Er,  şuningdek, YUNESKOga aʼzo davlatlar doimiy vakillari va  turli mamlakatlardan ekspertlar qatnaşdi.

Iştirokçilar Mahmud Qoşğariyning boy ilmiy merosi, “Devonu luğotit turk”  asarining  turkiy xalqlar maʼnaviy-maʼrifiy tarixidagi örni, luğatşunoslikning jamoalar va avlodlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşdagi ahamiyati, şuningdek, zamonaviy turkologiyaga oid masalalarni muhokama qildilar.

Anjuman doirasida buyuk astronom va matematik Ali Quşçining ilmiy merosiga bağişlangan davra suhbati ham taşkil etildi. YUNESKO Boş konferensiyasida Özbekiston va boşqa davlatlar taşabbusi bilan Ali Quşçi tavalludining  550 yilligi 2024-2025 yillarda taşkilot doirasida nişonlanadigan yubileylar röyxatiga kiritildi.

Anjumanda Özbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti direktori Bahrom Abduhalimov va mazkur institutning yetakçi ilmiy xodimi Komiljon Raximov Ali Quşçining ilmiy yutuqlari hamda “Devonu luğotit turk” asarining turkşunoslik tarixidagi salmoqli örni haqida maʼruza qildilar.

Anjuman doirasida turkiy davlatlarning milliy taomlari  namoyiş etilgan pazandaçilik festivali ham bölib  ötdi.

“Dunyo” AA,

Parij şahri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan