Ohangaronlik jurnalistlar uyuşmadan mamnun
Qutluğ sanalar arafasida azim Ohangaronda ham bayram şukuhi özgaça davom etmoqda. Ayniqsa, şu kunlarda ohangaronlik jurnalistlarning kayfiyati çoğ, köksi toğ bölib turibdi. Nafaqa gaştini surayotgan ijodkorlar bilan suhbatlaşar ekansiz, insonga hamkasblari, yoru döstlari tomonidan berilgan bir çimdim mehr va eʼtibor uni juda köp ezgu işlarga qodir qilişini, kuçiga kuç, şijoatiga şijoat qöşişini anglaş qiyin emas.
Uzoq yillar matbuot sohasida mehnat qilib, rangin suratlari bilan gazeta sahifalarini bezagan nafaqadagi ijodkor, 80 yoşning ostonasida turgan Jöra Namozboyev şunday dedi:
— Jurnalistlar faoliyati davomida köp hollarda eʼtibor markazida bölişadi, kuniga önlab, hattoki yuzlab insonlar bilan gaplaşişga töğri keladi. Jamiyatning qaynoq qozonida qaynagan inson uçun nafaqa gaştini surib, uyda ötiriş dastlabki yillarda oğir böladi. Çunki nafaqaga çiqqaningizdan söng, aslida, u qadar eʼtibor-eʼzozda emasligingizni sezib qolasiz va bu har bir insonga salbiy taʼsir qiladi. Ming şukrki, hozirgi kunda bizga bunday hislar begona. Negaki, ikki yildan buyon Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi masʼullari tez-tez holimizdan xabar olib turişibdi. Ötgan yili viloyat masʼullari uyimga kelişib, nomdor gazetaga bepul obuna qilib berişgan edi, yil davomida uyuşma masʼullarini duo qilib, gazeta öqidim. Kuni keça ham Uyuşmaning Toşkent viloyati bölimi raisi Rahmatilla Şeraliyev xonadonimizga kelib, holimdan xabar oldi, masʼullar bilan birgalikda ötirib, muammolarimni söradi va özim sevgan “Hurriyat” gazetasiga bir yillik obuna çeki va boşqa sovğalar hadya qildi. Hamkasblarim bilan suhbatlaşib, özimni ança yaxşi his qila boşladim, könglim toğdek ösdi. Qolaversa, jamiyatga kerakligimni yana bir bor his qildim. Inson şunday eʼzoz-eʼtiborda yaşasa, heç qaçon qarimasa kerak, – dedi biz bilan suhbatda otaxon.
Darhaqiqat, kuni keça Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Toşkent viloyati bölimi raisi, Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiyci Rahmatilla Şeraliyev Ohangaron vohasi ijodkorlari bilan dildan suhbatlaşdi. Suhbat davomida asosiy eʼtibor jurnalist kasb etikasi masalalariga qaratildi.
Uyuşmaning Toşkent viloyati bölimi masʼullari dastlab nafaqadagi faxriy fotomuxbir Jöra Namozboyevning xonadonida, söngra “Ohangaron hayoti” gazeta tahririyatida bölişdi. Tahririyatga davra suhbati uçun taşrif buyurgan faxriy jurnalistlar Oysara Dadayeva, Nurali Abdurasulov, Ozod Xuşnazarzoda, Nigora Şofayziyeva, Qudrat Odinayevlarning samarali faoliyati alohida eʼtirof etilib, Toşkent viloyati matbuoti rivojiga qöşgan hissalari tilga olindi.
Uyuşmaning Toşkent viloyati bölimi raisi Rahmatilla Şeraliyev bir guruh faxriy jurnalistlarga uyuşma aʼzoligi guvohnomalari va kökrak nişonlarini tantanali ravişda topşirib, ularga “Hurriyat” va “Toşkent haqiqati” gazetalarining bir yillik obuna çekini uyuşma nomidan sovğa qildi. Yangi 2025 yilda ohangaronlik faxriy jurnalistlar bepul gazeta öqişadigan böldi. Aniqroği, bölim öz mablağlari hisobidan 42 nafar faxriy jurnalist uçun 2025 yilga obuna taşkil qildi.
Faxriylar davrasidagi suhbat sermazmun va taassurotga boy ötdi. Ohangaronlik jurnalistlar bu kabi eʼtibor-eʼtirofdan mamnun bölişdi.
Şoira TÖLAGANOVA
