“Ham tasvirçi, ham muxbir, ham rejissyor, ham jurnalist”

Yuqoridagi fikr Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Samarqand viloyat bölimi, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boşqarmasi hamda viloyat teleradiokompaniyasi hamkorligida faxriy teleradio jurnalisti Abdusamad Ibrohimovning 60 yilligi munosabati bilan ötkazilgan “Umrimning yarmi televideniye bilan” deb nomlangan uçraşuvda bot-bot takrorlandi.

Viloyat televideniyesida bölib ötgan bu ijodiy uçraşuvda  Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Farmon Toşev, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boşqarmasi boşliği Mannob Ibodullayev, faxriy telejurnalist Dilbar Voseyeva, Dilmurod Ismatov ijodkorning çorak asrdan köproq umrini jurnalistikaga bağişlagani haqida sözlab, iş jarayonidagi unutilmas voqealarni ham eslaşdi.

— Abdusamad aka bilan yigirma yildan köproq hamkorlikda faoliyat olib boryapman, — dedi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi direktori örinbosari D.Ismatov. — U kişini haqiqiy zamonaviy ijodkor, kasbining professionali deymiz. Negaki, u özi tayyorlaydigan materiallarni tasvirçi bölib suratga oladi, muxbir va muallif bölib maʼlumotlar töplaydi va matnni yozadi, bu işlar jarayonida rejissyorlik ham qiladi. Turli sohalarga oid tadbirlarni mohirona tasvirga oladi, dasturini jonli intervyular bilan boyitadi. Bunaqa holat televideniyeda kamdan-kam böladi. Bu mahoratlari kasb sirlarini örganib kelayotgan şogirdlariga ibrat maktabi bölmoqda.

Uçraşuvda iştirok etgan ustozlar, hamkasblari, yaqinlari, döstlari Abdusamad Ibrohimovning mehnatsevarligi, izlanuvçanligi, kamtarligini ham alohida taʼkidladilar. Ijodkorga Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Samarqand viloyat bölimi hamda Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining taşakkurnomasi, sovğalari topşirildi.

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Axborot xizmati.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan