Bugun gazeta çiqadi…
— Yusufjonni çaqiraylik, ança böldi körmaganimizga.
— Nima? Nega kelmaydi axir?! Bugun gazeta çiqadi, deysizmi? Xöp, unda ertaga çaqiraylik, bir diydorlaşardik. Ertagayam, indingayam… nima, gazeta har kuni çiqadimi?
— Ha, har kuni çiqadi. “Xalq sözi” gazetasi haftasiga 5 marta çop etiladi. Kotibiyat — gazetaning yuragi. Yusufjon ştab boşliği. U maqolalarni saralaydi, qaysi maqolani qaysi sahifaga joylaştirişni hal etadi. Ruknlar, sarlavhalar, suratlar, ehhe, uning qöli-qöliga tegmaydi.
— Xöp, unda telefon orqali bölsa ham u bilan bir gaplaşaylik.
Telefon ustma-ust jiringladi. Yusufjon göşakni kötarib: “Ey, döstim, bilasiz, bugun gazeta çiqadi, bir zum ham vaqtim yöq, keyingi yiğinlarda iştirok etarman”, dedi.
— Nima, bu gazeta deganlari Yusufjonsiz çiqmaydimi? — davrada samimiy kulgi kötariladi. —Unda uning umuman vaqti bölmas ekan-da, — dedi birovi.
— Ha, şunday, u butun hayotini gazetaga bağişlagan. Özi ham gazetasiz yaşay olmaydi. Öquvçilar qöliga yetib boradigan gazeta zuvolasi uning qölida “pişiydi”. U saralaydi, joy-joyiga qöyadi. Eng ahamiyatlisi, jarayonda töliq iştirok etadi.
— Nazarimda, biz universitetda öqib yurgan paytlar ham Yusufjon şu gazetada işlardi, töğrimi?
— Töğri, 1993 yildan buyon “Xalq sözi” gazetasida işlaydi. 32 yil böldi. Daraxt bir joyda kökaradi, deganlaridek, Yusufjonning şu tahririyatda soçi oqardi. Bilasizlarmi, gazetaning şu yillar davomida 9 minginçi soni çiqdi. Deyarli hammasiga Yusufjonning mehnati singgan. Bir joyda şunça yil işlaş har kimning ham qölidan kelavermaydi. Yana deng, gazeta, koşki, ertaroq çiqsa, baʼzan tungi 2-3 gaça davom etadi. Gohida tong payti ham ular qadrdon tahririyatda mehnat bilan band bölişadi.
Yusufjonning döstu jöralari aytganidek, tungi uyqudan keçib, mijja qoqmay kompyuterga termilib, har bir gap, söz, harfni örniga qöyiş, dizayn, suratlar, sarlavha, ehhe, bunday murakkab jarayon içida bölişning özi bölmaydi.
— Gohida taşlab ketgim ham keladi, — deydi “Xalq sözi” gazetasi masʼul kotibi Yusufjon Hamidov. — Ammo jamoani közim qiymaydi. Bölmasa, menga maoşi baland, işi qulay bölgan bir neçta joydan takliflar tuşgan. Bormaganman. Qanday ketay axir, 30 yillik umrim şu jamoada ötgan. Issiq-sovuq kunlarimda şu jamoa menga hamnafas bölgan. Taşlab ketsam, xuddi gazetaga, jurnalistikaga xiyonat qilganday tuyulaveradi. Şuning uçun ham butun borliğim bilan mehnatga özimni uraman.
Öz halovatidan keçib, yurt taqdiriga daxldor bölgan OAVni çiqarişda kuyunçaklik qiliş aslida fidoyilik. Fidoyi, bağrikeng, sabrli, eʼtiqodi mustahkam odam şunça yil, oğir mehnatdan qoçmay bir joyda işlay oladi. Ammo… baribir yillar öz sözini aytadi. Yusufjon ham ança ulğaydi, yoşi 50 dan oşdi. Lekin bundan u heç ham afsuslanmaydi. Umrini, hayotini elu yurt xizmatiga baxşida etdi. Balki unga qayta umr berilganda ham şu yöldan ketardi. Şu aniqki, hayotini ezgu va xayrli işlarga sarflaşi muqarrar. Çunki Yusufjon juda samimiy yigit. Birovning könglini oğritişdan doim özini asrab yuradi. Har bir aytadigan gapini öylab, mulohaza qilib, keyin aytadi. Bu tarbiya unga yoşligida ota-onasidan, oiladagi muhitdan ötgan.
Jurnalistning ayoli böliş qiyin, deyişadi. Agar ayoli ham jurnalist bölsa-çi? Ha, şunaqa, Yusufjonning rafiqasi Sayyoraxon ham taniqli jurnalist. Yirik naşrlarda qalam tebratib, köplab şogirdlar tayyorlagan. Oilada ulğayayotgan öğil-qizlar ham özlari sevgan kasbni tanlab, barakali mehnat qilişmoqda. “Uyda tinçi bölsin yigitning avval” deganlaridek, Yusufjonning oilasidan köngli töq. Bu uning işdagi muvaffaqiyatlariga asos bölmoqda.
Ustozlar haqida gap ketganda, u Anvar Jöraboyev, Abbosxon Usmonov, Ikrom Ötbosarov, Ötkir Rahmat, Şuhrat Jabborovlarni doimo hurmat bilan tilga oladi. “Ular menga hayotdan dur terişni örgatgan”, deydi. “Ustozlar ögitlariga amal qilib, hayotda kam bölmadim, samimiyat, mehr-oqibat tuşunçalari mohiyatini anglab yetdim”, deydi. Şu joyda Yusufjon bilan suhbatimiz uzilib qoladi. U tahririyatga şoşayotganini aytib uzr söraydi: bugun gazeta çiqadi…
Faxriddin BOZOROV,
“Oltin qalam” Milliy mukofoti uçun
XIX xalqaro tanlovi sovrindori
