Adabiyot fidoyisi edi

taniqli yozuvçi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Qamçibek KENJA xotirasi

“Davrlardan yodgor bitiklar”

Tariximizning birmunça murakkab sahifalari — jafokaş xalqimizning oğir mehnati bilan keçgan yillar, paxta yakkahokimligi siyosati, sabr-andişali aksariyat yurtdoşlarimizning faqirona turmuş tarzi, ziyolilarning boşiga tuşgan zulmu qatağonlarga qaramay, şörolar davrida betakror isteʼdod sohiblari maydonga çiqdi. Ular öz orzu-armonlari, his-tuyğularini qoğozga tökib, umrlarini fidoyilik bilan şu işga baxşida etdilar.

Umuman olganda, xalqimizning faxrli farzandlari, jumladan, milliy madaniyatimiz va adabiyotimiz ravnaqiga munosib hissa qöşgan ötmiş avlodlar namoyandalari hamda zamondoş ustozlarimizning hayoti va faoliyati köp jihatdan yoş böğin — yangi nasllar uçun ibratlidir.

Xalqimizning ana şunday fidoyi farzandlaridan biri adib Qamçibek Kenjadir. Ustoz ijodkor hayot bölganida bu yil 80 yoşni qarşilagan bölar edi.

Ötgan asrning 70-yillarida dastlabki şeʼrlari, talaba-yoşlar orasida va adabiy anjumanlarda bahs-munozaralarga sabab bölgan “Yaşil barg”, “Baliq ovi”, “Köngil köçalari”, “Bir keça — ming keça”, “Sohilda” singari ilk hikoyalari bilanoq nom qozonib, taniqli adabiyotşunoslar hamda katta adiblar eʼtiboriga tuşgan andijonlik adib Qamçibek Kenja sermaşaqqat ijod va hayot yölini bosib ötdi. Fidokorligi va zahmatkaşligi, iqtidori, izlanuvçanligi va öziga talabçanligi ortidan u milliy adabiyotimiz sahifalarini yorqin asarlari bilan bezata oldi.

Adabiy gazeta-jurnallar va boşqa davriy matbuot sahifalarida eʼlon qilingan dolzarb mavzulardagi publitsistik maqolalari, esse-badialari, şuningdek, mustaqillik yillarida ekspeditsiya safida yurib yaratilgan beş kitobdan iborat safarnomalari adibning serqirra ijodkorligini namoyon etadi. Uluğ mutafakkir şoir, jahon muarrixlari tomonidan adolatli hukmdor, olijanob, dilbar şaxs deb eʼtirof etilgan hamyurtimiz Zahiriddin Muhammad Bobur izidan qilingan uşbu safarnomalarning har biri roman darajasiga tenglaştirilmoqda. Bundan taşqari, respublikaning nufuzli naşriyotlarida çop etilgan roman, qissalari, şeʼriy kitoblari va badiiy tarjimalari ham uning ğoyat sermahsul ijod qilganidan dalolat beradi.

Umumiy örta taʼlim maktablarining 7-sinf öquvçilari “Adabiyot” darsligi orqali yozuvçining bir neça xorijiy tilga tarjima qilingan “Baliq ovi” hikoyasini sevib, hayajon bilan öqişmoqda. Yurtimizdagi rus tilida taʼlim beriladigan maktablarning 7-sinf öquvçilari esa “Belыe topolya” (“Oq teraklar”) hikoyasidan bahramand bölişmoqda.

Kamtar va mehnatkaş, xolis fikrli adibni nafaqat yoş ijodkorlar, balki köplab keksa qalamkaşlar ham öziga ustoz deb bildi. Hayot otliq ulkan ummonda maşaqqatli mehnat bilan közlangan manzilga yetmoq mumkinligini, elning hurmatu ehtiromiga muşarraf bölişdek oliy baxtga erişiş sirlarini Qamçibek Kenjaning ibratli umr va ijod yöli yaqqol körsatib beradi.

Yoşlarni va ijodkor döstlarni qöllab-quvvatlaş, hammaga hamişa töğri maslahat beriş, örni kelganda murojaat qilgan taniş-bilişlardan yordamini ayamaslik, tinimsiz ijodiy izlanişda böliş hamda yangi kitoblar naşr ettirib, ularni kutubxonalar, öquv yurtlari va kitobxonlarga sovğa tariqasida tarqatiş adibning kundalik hayot tarziga aylangan edi.

“Kamolotning olis yöli”

Qamçibek Kenja (Kenjaboyev) 1946 yil 15 avgustda Izboskan tumanida, Qoradaryo va Toşpiçan (hozirgi Tentaksoy) oraliğida joylaşgan ğoyat xuşmanzara Gurkirov qişloğida tuğilgan. Jamoa xöjaligining faollaridan bölgan otasi Kenjaboy ota Umrzoqov Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi edi.

Bölajak adib ona qişloğida maktabni tamomlab, 1964 yili tuman “Paxtakor” gazetasi tahririyatida adabiy xodim, keyinroq yangi taşkil etilgan soha — tuman radiosi taşkilotçisi va muxbiri bölib işlay boşladi. Şu yili Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakultetiga öqişga kirdi. Öqişni tamomlab, 1969 yildan 1979 yilgaça “Özbekiston madaniyati” gazetasida faoliyat yuritdi.

Aslida, Qamçibek Kenjaning mehnat faoliyati juda erta boşlangan. U 6-sinfda öqiyotganidayoq darsdan söng hamda yakşanba kunlari özi yaşab turgan Gurkirov qişloği hududidagi “Yuqori hosil” jamoa xöjaligida turli yumuşlarni bajarar edi. 8-sinfga ötganida esa unga maktab kutubxonasi mudirligi topşirilgan — u katta tanaffuslarda va darsdan söng kutubxonani oçardi. Şuningdek, maktabda laborant, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyaçisi, pionerlar yetakçisi, yoşlar taşkilotining ikkinçi kotibi vazifalarida ham faoliyat yuritgan.

Oilaviy şaroit taqozosiga köra, yaʼni keksayib qolgan otasining yonida böliş uçun u 1979 yili Toşkentdan Andijonga qaytib, Izboskan tumani “Paxtakor” gazetasida madaniyat bölimi mudiri, ayni vaqtda özi öqigan 27-örta maktab qoşidagi keçki maktabda tarix, jamiyatşunoslik, ona tili va adabiyoti fanlari öqituvçisi, keyinroq Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Badiiy adabiyotni tarğib qiliş markazining viloyat vakili vazifalarida işladi. 1983 yili yana Toşkentga — Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga işga çaqirilib, Nasr kengaşida adabiy maslahatçi bölib faoliyat körsatdi.

1985 yilda taqdir uni yana Andijonga olib keldi: may oyida viloyat rahbariyatining söroviga köra Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi uni uyuşmaning viloyat bölimi masʼul kotibligiga yubordi. Uşbu lavozimda u 20 yildan ziyod faoliyat körsatdi. Şu vaqt mobaynida viloyat ijodkorlari örtasidagi munosabatlarni yanada jipslaştiriş, ularning yubiley va ijodiy keçalarini taşkil etiş, adabiy muhitni faollaştiriş, yoş qalamkaşlarni qöllab-quvvatlaş işlariga boş-qoş böldi.

U bölimda işlaş bilan birga, 1996 yil boşidan “Xolis” savdo-sanoat birlaşmasi muassisligida “Xolis” nomli ijtimoiy-ommabop haftanoma taşkil etib, 2018 yilgaça unga boş muharrirlik qildi. Bobur xalqaro jamoat fondining rayosat aʼzosi sifatida ham tadbirlarda faol iştirok etdi.

Olimjon Xoldor, Foziljon Iminov, Tölan Nizom kabi ijodkorlarning qöllovi, öşa paytda viloyatni boşqargan maʼrifatparvar rahbar Qayum Xolmirzayevning xayrixohona munosabati tufayli Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimidagi şart-şaroitlar yaxşilandi. Viloyat matbuot boşqarmasi qoşidagi “Naşriyot” bölimida jamoatçilik asosida badiiy muharrirlik vazifasi ham uning zimmasiga yuklandi. Qamçibek Kenjaning şaxs sifatida oğir-bosiqligi, özgalarga yomonlik ravo körmasligi, öz işini puxta bilişi, şuningdek, salmoqli ijodi va ötkir qalami borligi unga faoliyati davomida köp asqatdi.

Qamçibek Kenja badiiy ijodga aksariyat qalamkaşlar kabi ança erta qiziqqan. Töğriroği, onasi Saltanatxon Eşonjon maxsum qizining barvaqt vafoti uning murğak qalbini yaralab, qöliga qalam tutqazgan. Yoş qalamkaşning ilk şeʼri 1962 yili “Paxtakor” gazetasida eʼlon qilingan. Keyinçalik viloyat va respublika gazeta-jurnallarida, bayozlarda şeʼr, oçerk va publitsistik maqolalari bilan qatnaşa boşlagan.

1974 yili taniqli adabiyotşunos olim, munaqqid Ibrohim Ğafurov “Yoş leninçi” gazetasi sahifalarida oq yöl tilab, yoş, umidli şoirga Qamçibek Kenja adabiy taxallusini beradi.

“Soğinç” nomli birinçi şeʼriy kitobi qölyozmasi Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Nazm kengaşi yiğilişida ustoz şoirlar, munaqqidlar va adabiy jamoatçilik muhokamasida ijobiy baho olgaç, 1975 yili Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyotida çop etiladi.

U nasrda ham ijod qila boşlaydi. 1974 yilda “Şarq yulduzi” jurnalida “Yaşil barg” nomli dastlabki hikoyasi eʼlon qilinadi. Hikoya jurnalxonlar va munaqqidlarga maʼqul böladi. Yoş adibning “Yaşil barg”, “Baliq ovi”, “Sohilda” va boşqa hikoyalari töğrisida taniqli yozuvçilar, adabiyotşunos olimlar — Matyoqub Qöşjonov, Ozod Şarafiddinov, Umarali Normatov, Ninel Vladimirova, Norboy Xudoyberganov, Pirmat Şermuhammedov, Şukur Xolmirzayev, Yoqub Yakvalxöjayev, Hakimjon Karimov, Mixli Safarov va boşqalar iliq fikrlar bildirişgan. 1977 yili uning “Yaşil barg” sarlavhali hikoyalar töplami naşrdan çiqadi va Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan taşkil etilgan qizğin muhokamada yuqori baholanadi.

Yozuvçining hikoyalari xususida Özbekiston xalq yozuvçisi Odil Yoqubov nasriy asarlar muhokamasiga bağişlangan katta yiğinda şunday degan edi: “Qamçibek Kenjaning “Baliq ovi” hikoyasi hammamizga maʼqul böldi. Hikoyada xuşomadgöylik qusuri yomon oqibatlarga olib borişi, hatto kuçli fojialarga sabab bölişi işonarli tasvirlanadi. Bu hikoya “Yaşil barg” töplami muallifi Qamçibek Kenjaning umidli prozaik ekanini körsatadi…” (“Özbekiston madaniyati” gazetasi, 1978 yil 28 mart).

Özbekiston xalq yozuvçisi, Hamza nomidagi davlat mukofoti sohibi Nazir Safarov şunday yozgan edi: “Şeʼrining jozibadorligi, özining samimiyligi jihatidan mening könglimga yaqin yana bir yoş şoir bor. U kuni keça otaxon gazetamiz “Sovet Özbekistoni”da çiqqan “Döstimga javoblarim” sarlavhali baquvvat şeʼri köpçilikning diqqatini jalb etgan Qamçibek Kenjadir” (“Özbekiston madaniyati” gazetasi, 1977 yil 11 yanvar).

“Qamçibek Kenja hikoyalari kötargan muammolari jihatidan ham Ötkir Hoşimov, Şukur Xolmirzayev hikoyalariga ohangdoş, — deb yozadi filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov. — Lekin bu yerda muammolar talqini öziga xos… Qamçibek Kenja student-yoşlar hayotidan qator yaxşi hikoyalar yozgan, ularda hozirgi yoşlar xarakteriga xos fazilat-qusurlarni nozik ifoda etgan; bu turdagi hikoyalarda “Baliq ovi”dagidek keskin dramatik, oşkora fojiali hodisalar yöq: avtor sirtdan silliq, osoyişta köringan hodisalarning içki dramasini oçişga intiladi, sokin keçalarda yoşlar orasida keçgan beozorgina muloqotlar zamiridagi muhim özgarişlarni, xarakterlar tabiati va taqdiridagi keskin burilişlarni topib tasvirlaydi. “Bir keça — ming keça” şu turdagi hikoyalardandir”.

Adibning “Köngil köçalari” (1979), “Işqing tuşsa” (1981), “Orzumandlar” (1982), “Notaniş gul” (1986), “Toğ yölida bir oqşom” (1987), “Sohildagi suv parisi” (1993), “Qizil gullar” (1995), “Muhabbatni gunoh desalar” (1996), “Sohibjamol ayol siri” (1996), “Kulgibaxş umr” (1997), “Baxt quşi yoki uşalgan orzular” (2001), “Xamir uçidan patir yoxud kulça hikoyalar” (2005), 2 jildlik “Saylanma” (2006-2007), “Toşqin” (2010), “Bir keça — ming keça”, “Palaxmon toşlari” kabi 70 ga yaqin şeʼriy, nasriy va publitsistik kitoblari, qissa va romanlari naşr etilgan.

Uning şeʼr va hikoyalari rus, turk, ingliz, ukrain, qozoq, qirğiz, qoraqalpoq, uyğur va boşqa tillarga tarjima qilingan.

Bobur nomli xalqaro ilmiy ekspeditsiya aʼzosi sifatida temuriy-boburiylar va boşqa buyuk ajdodlarimiz izidan qilgan ijodiy safarlari Qamçibek Kenjaning ijodiy salohiyati yanada yuksalişiga zamin yaratdi, deyiş mumkin.

“Uluğ hamyurtimiz, şoir va şahanşoh Zahiriddin Muhammad Boburni har qaysi maʼnoda öz Vatani Andijonga qaytariş borasida katta ahamiyat kasb etgan mazkur safarlar davomida men Boburni qayta angladim, Boburiylarni yaxşiroq tanidim va qalbim ğurur, iftixor tuyğulari bilan limmo-lim töldi”, degan edi adib.

Ana şu safarlar taassurotlari asosida “Hind soriğa”, “Andijondan Dakkagaça”, “Afğoniston böylab 17 kun”, “Andijondan Bağdodgaça”, “Buyuk Sohibqiron ötgan yöllarda” nomli beşta yirik badiiy safarnoma yozdi. Ulardan taşqari, Bobur xalqaro jamoat fondi, ekspeditsiyasi va ularning taşkilotçi rahbari, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Zokirjon Maşrabov faoliyati haqida “Boburiylardan biri” kitobini yaratdi. “Boburiylardan biri” qayta işlangan va töldirilgan holda uç bora naşr etildi.

Adib Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi munosabati bilan ekspeditsiya safarlari taassurotlari asosida işlangan 3 qismli “Boburiylar izidan” (rejissyor Davron Salimov), 2 qismli “Bobur salomi” (rejissyor Şuhrat Qurbonboyev), “Buyuk Bobur vorislari” (rejissyor Sobir Ziyamuhamedov) nomli hujjatli-ommabop filmlarning ssenariy muallifidir.

Adibning 1950 yillar boşlaridagi ziyolilar qatağoni jabrdiydalarining fojiali qismatiga bağişlangan “Palaxmon toşlari” romani adabiy tanqidçilikda alohida voqea sifatida eʼtibor qozondi. Taniqli adabiyotşunos olim, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yöldoşev kitobning ikkinçi naşriga yozgan “Zulm çangalidagi taqdirlar tasviri” sarlavhali söngsözida asarning ğoyaviy va badiiy jihatlariga, yozuvçining xarakter yaratiş mahoratiga yuqori baho bergan.

Qamçibek Kenja hozirjavob publitsist edi. Mustaqillik fidoyilari, istiqlol qahramonlari va davr yoşlarining his-tuyğulari ifoda etilgan köplab maqolalari maʼnaviy-mafkuraviy muammolarni oçib berişga qaratilgan.

U respublika va Andijon naşriyotlarida çop etilgan köplab adabiy-badiiy, ilmiy-ommabop kitoblarning naşr etilişida taşabbus körsatgan, muharrirlik qilgan hamda sözboşilar yozgan.

Qamçibek Kenja hayoti va ijodiy faoliyati töğrisida filologiya fanlari nomzodi, adabiyotşunos Tölqin Yöldoşevning “Kamolotning olis yöli” monografiyasi, adib Abdunabi Boyqöziyevning “Ay, akam daryo ekan” nomli esse va esdaliklar kitobi naşr qilingan.

“Beorom, bemarom onlar”

Keyingi yillarda adib “Baxt yarim, qayğu yarim”, “Qiyomatga qolgan keçirim”, “Bir köngilda ikki muhabbat”, “Davrlardan yodgor bitiklar”, “Beorom, bemarom onlar” kabi önlab yangi kitoblarini naşr ettirib, kutubxonalarga, öquv yurtlariga va döstlariga tarqatdi.

“Qalb sozining sozandasi” nomli kitob Qamçibek Kenja ijodi, faoliyati hamda asarlari tahliliga bağişlangan bölib, 2025 yilda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Andijon viloyati bölimida naşrga tayyorlanib, çop etildi.

2026 yil mart oyida ustoz adib tavalludining 80 yilligi munosabati bilan professor Ibrohimjon Asqarov homiyligida 10 jildlik “Saylanma” kitoblari naşr etildi va uşbu salmoqli, qimmatli asarlarni u öz qöli bilan bizga va boşqa ijodkor döstlariga yetkazgan edi.

Ustoz umrining oxirgi kunlarida juda qattiq mehnat qildi, ulgurib qolişi lozimligini sezgandek, rejalaştirgan işlarini amalga oşirdi.

Adib 2026 yilning 8 aprelida, bağrida yaşagan, tahsil olgan, faoliyat yuritgan, asosiysi, ijodkor sifatida nomini maşhur qilgan qadrdon şahri — Toşkentda, şifoxonada sönggi bor nafas oldi…

Köplab ijodkorlarning ustozi, kamtar va zahmatkaş adib Qamçibek Kenjaning hayot va ijod yöli zamondoşlarimiz va kelgusi avlod uçun ibrat maktabi böla oladi. Hozirda uning ijodi haqida yoş tadqiqotçilar izlanişlar olib bormoqda. “Safarnoma” kitoblaridan esa xorijiy boburşunoslar ham foydalanişmoqda.

Adib garçi yoruğ dunyoni tark etgan bölsa-da, uning haqiqiy va boqiy umri asrlar oşa davom etadi.

Xurşida VAHOBJON qizi,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi

Andijon viloyati bölimi rahbari, şoira.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan