“Izlam” jamlagan yoş ijodkorlar
Yurtimizning turli hududlarida yaşab ijod qilayotgan, adabiyot maydonida öz örnini egallaşga intilayotgan, adabiy jamoatçilik eʼtiboriga tuşib, kitobxonlar auditoriyasini kengaytirib borayotgan yoş ijodkorlar talaygina. Lekin adabiyotni öz taqdiri deb bilgan, uni umr mazmuniga aylantirgan, muqaddas deb biladiganlar u qadar köp emas.
Mamlakatimizdagi nufuzli naşriyotlardan biri hisoblangan “Akademnashr” tomonidan keyingi yillarda adabiyotning turli janrlarida qalam tebratayotgan isteʼdodli, teran fikrli yoşlar ijodi “Izlam” loyihasi doirasida kitob holida çop etilmoqda.
Joriy yilning 12 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoşidagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Akademnashr” naşriyoti tomonidan çiqarilgan “Izlam-2” turkumidagi kitoblar taqdimoti bölib ötdi. Tadbirda keng adabiy jamoatçilik vakillari, taniqli yozuvçi-şoirlar, adabiyot ixlosmandlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, qaynoq yurakli, zakovatli yoşlar iştirok etdi.
Taqdimot öziga xos va betakror tarzda boşlandi: dastlab “Izlam-2” töplamidan joy olgan ijodkorlarning asarlaridan parçalar teatrlaştirilgan sahna körinişida namoyiş etildi. Ahamiyatli tomoni, bu tomoşada mualliflarning özlari rol ijro etib, öz ijodidan parçalar, şeʼrlar öqib berdilar. Sahna namoyişining mohiyatida “adabiyot dunyosida öq emas, söz uçadi, ğolib böladi” degan ğoya ilgari surildi. Tomoşa şoirga qarata öqlangan miltiq uçiga 15-16 yoşlardagi öspirinning gul joylaşi bilan tugadi va yiğilganlarning yuragini larzaga keltirdi. Darhaqiqat, dunyoga tinçlik kerak. Bu işni faqat adabiyot uddalaşi mumkin.
Maʼlumki, 2023 yilda “Izlam” loyihasida 9 nafar ijodkorning kitobi çop etilgan bölsa, bu gal 15 nafar yoş adibning yangi asarlari naşrdan çiqdi. Naşriyot mutaxassislari bergan maʼlumotlarga köra, kitoblarni naşr etişda ijodkorlarning yoşlari inobatga olingan. Masalan, bu galgi kitoblar 1991 yildan 2000 yilgaça bölgan avlod vakillarining ijod namunalarini qamrab olgan.
“Izlam” loyihasida bu gal Şahriyor Şavkatning “Ham”, Nozima Habibullayevaning “Nafas”, Mansur Jumayevning “Biz kutgan fasl”, Najmiddin Ermatovning “Turon soğinçi”, Suhrob Ziyoning “Daryo”, Rahmat Bobojonning “Röbarö”, Jaloliddin Sayyidning “Huqqaboz”, Gulhayo Anorovaning “Avron” kabi şeʼriy asarlari, Furqat Alimardonning “Qorakuya”, Muhammadxon Yusufxonning “Deraza ortida”, Bayram Alining “Bosiriq”, Mohira Eşpölatovaning “Qirq birinçi kun”, Jumanazar Yöldoşning “Sir”, Sevara Alijonovaning “Mahkum sayohati” singari nasriy asarlari, Gulrang Ubayevaning “Gulqayçi” maqolalar töplami çop etilgan.
— “Izlam” ruknining ikkinçi faslida har bir kitob 1,5 ming nusxadan çop etilgan. Uşbu loyiha sof adabiy loyiha deya olmaymiz. Bu ruknda naşr etilgan kitoblar ijtimoiy psixoanalitik, qaysidir maʼnoda tarixiy, siyosiy, mafkuraviy soha vakillari uçun yordam beradi. Loyiha keyingi avlod vakillari bilan davom etadi. Hali biz bilmagan, eşitmagan ijodkorlar bor. Biz, albatta, ularni topamiz va kaşf qilamiz degan umiddamiz”, — dedi “Akademnashr” naşriyoti rahbari Sanjar Nazar.
Taqdimotning ikkinçi qismida mehmonlar kitob mualliflaridan kitoblariga dastxat olişdi va suhbatlaşişdi.
— “Akademnashr” naşriyotining “Izlam-2” loyihasidagi ijodkorlar qatorida böliş biz uçun juda katta işonç, masʼuliyat yuklaydi. Bu barakali ijod qilişga, sözga eʼtiborli bölişga undaydi, – deydi yoş ijodkor Muhammad Yusufxon.
Guli IKROM qizi,
jurnalist.
