Yangi Özbekiston bunyodkori va faxr hissi
(Ozarbayjonga safar taassurotlari)
Faxr va ğurur tuyğusi haqida köp gapiriş mumkin. Vatan, Ona, Istiqlol, millat bayroği, Konstitutsiya, yurtimizni jahonga tanitayotgan bilimdon yoşlarimiz, mohir sportçilarimiz. Bularning bari bizga faxr-iftixor tuyğusini beradi. Lekin Millat Sardori, Yurt Yetakçisi bilan faxrlaniş hissi ham borki, bu tuyğu Vatanini sevadigan, xalqini yaxşi köradigan har qanday odamga qandaydir özgaça kötarinkilik baxş etib, motivatsiya-kuç-ğayrat beradi, ilhomlantiradi, köngillarni ravşanlaştirib yuboradi. Negaki, mamlakat rahbari, Yurt Sardori jamiki yutuqlarning, muvaffaqiyatlarning garovi, timsoli desak aslo xato bölmas. Şu maʼnoda har qanday uyğoq qalbli inson Yurtboşimizdan faxrlanişi, ğururlanişi tabiiy bölsa kerak.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi va rahbarligida şiddat bilan amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar jarayonlarini, samaralarini öz közi bilan körayotgan şu yurtning oddiy bir farzandi sifatida buni xorijda ötgan katta bir tadbirda his qiliş yanada hayajonli keçganini faxr bilan ayta olaman.
Ayni keçinmalar Boku şahridagi Ozarbayjon Milliy kutubxonasida Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi raisi, taniqli siyosatşunos, senator Qudratilla Rafiqovning “Mening Prezidentim” va “Millatparvar” kitoblari asosida ozarbayjonlik ijodkor-tarjimonlar – yozuvçi va şoir, “Özbek kelayotir tarix qaʼridan” şeʼri bilan ham maşhur Akif Bağirov hamda adabiyotşunos olim, tarjimon Yaşar Qosim tomonidan tayyorlagan “Şavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobi taqdimotida ayniqsa, qalbimda jöş urdi.
Har jihatdan yuqori darajada ötgan taqdimotda Ozarbayjon parlamenti vakillari, taniqli şoir va yozuvçilar, keng jamoatçilik hamda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati va yurtimiz delegatsiyasi aʼzolari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Taqdimot boşlanişi avvalida bir qator ozarbayjonlik maşhur siyosatçi va ziyolilar bilan suhbatlaşiş imkoniga ega böldik. Ular uşbu kitoblar taqdimotining Bokuda ötkazilayotgani özbek-ozarbayjon xalqlarining bir-biriga yaqinligi, özaro döstlik riştalari mustahkamlanib borayotgandan dalolat ekanini alohida taʼkidladilar.
— Ozarbayjondagi “Tahsil” noşirlik uyi tomonidan çop etilgan “Şavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobi juda katta masʼuliyat bilan tarjima qilindi, bu jarayonda har bir söz böyiça maslahatlaşdik, fikr almaşdik, – dedi taniqli ijodkor, tarjimon Yaşar Qosim. — Bizga Qudratilla Rafiqovning kitoblarining tili va uslubi yoqdi. Tarjima jarayonida ana şu jihatlarni uşlaş, saqlaş, ozarbayjon tilida çiroyli jaranglaydigan sözlarni topiş va qöllaşga harakat qildik. Odamga köp narsa beradigan mazkur kitobni öqib, Yangi Özbekistonni yanada yaqinroq biliş, uning asosçisi şaxsiyati, Prezident Şavkat Mirziyoyevning Vatan va Millat istiqboli, şoni uçun amalga oşirayotgan işlari haqida muhim maʼlumotlarga ega böliş mumkin. Kitobda jonli, hayotiy misollar, xalqona ibora va maqollar juda yuksak mahorat bilan qöllanilgani eʼtiborga molik.
Tarjimon sifatida özbek maqollarining ozarbayjon tilidagi muqobillarini qöllaşga intilar ekanman, xalqlarimizning yaşaş tarzi, fikrlaşi va falsafasi ham naqadar muştarakligini his etdim.
Taqdimotni Ozarbayjon Matbuot kengaşi raisi Raşad Mejid olib bordi. Tadbirda Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohşukur Poşşozoda, Ozarbayjon Yozarlar birligi raisi Anor Rizoyev, Özbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi Favqulodda va muxtor elçisi Bahrom Aşrafxonov, Özbekiston Oliy Majlisi Senati aʼzolari Mahmud Toir, Husan Ermatov, taniqli adib Xurşid Döstmuhammad, Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi prezidenti Isa Habibbeyli, ijodkor-tarjimonlar Akif Bağirov hamda Yaşar Qosim, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosari Ğayrat Majid “Şavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobi mazmun-mohiyati xususida öz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Sözga çiqqanlar keyingi yillarda Özbekiston va Ozarbayjon munosabatlari ikki davlat yetakçilari Şavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevning siyosiy irodasi tufayli yangi bosqiçga kötarilganini alohida taʼkidladilar. Mahorat bilan ozarbayjon tiliga tarjima qilingan uşbu kitob ozarbayjonlik siyosatçi va ziyolilar, umuman, keng jamoatçilik tomonidan katta qiziqiş bilan qarşi olingani eʼtirof etildi. Yangi Özbekiston bunyodkori islohotlariga beeʼtibor bölmagan har bir inson uçun zarur maʼlumot va tahlillar ifodasi bölgan uşbu asarda davlatimiz rahbari boşçiligida yurtimizda amalga oşirilayotgan özgariş va yangilanişlar, aholiga yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlar, jumladan, iqtisodiy rivojlaniş, infratuzilmani modernizatsiya qiliş, ijtimoiy sohani yaxşilaş, Özbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlaş kabi masalalar yoritilgani qayd etildi.
Kitobda Özbekiston öz mavqeini xalqaro maydonda taboro mustahkamlayotgani, qöşni mamlakatlar bilan yaqin qöşniçilik siyosati va konstruktiv muloqot amalga oşirilayotgani olqişlanib, davlatimiz rahbarining liderlik faoliyati, unikal boşqaruv uslubiga alohida eʼtibor qaratilgani aytildi.
Ozarbayjonlik olimlar, şoir va yozuvçilar, siyosiy va jamoat arboblarining şu kabi fikr-mulohaza va eʼtiroflari Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev faoliyatiga nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro hamjamiyatda ham qiziqiş katta ekanidan dalolat beradi.
Taqdimotda bir zum xayol surar ekanman, yildan-yilga çiroy oçib borayotgan şahar va tumanlarimizda, çekka qişloq va ovullarimizda aholiga yaratilayotgan qulayliklar, imkoniyat va imtiyozlar, odamlarning yaxşi yaşaşi, soha va tarmoqlar ravnaqi, tinçlik va farovonlikni, tökinlikni taʼminlaş yölida röyobga çiqarilayotgan keng kölamli işlar, bunyodkorliklar köz oldimdan ötdi. Qalbimni faxr-iftixor, şukronalik tuyğulari egalladi.
Tadbir yakunida “Şavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobi tarjimonlari Akif Bağirov hamda Yaşar Qosimga Özbekiston tomoni vakillarining sovğalari tuhfa etildi. Ularga ikki davlat örtasidagi madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlaşga qöşgan hissalari uçun minnatdorlik bildirildi.
Taqdimot iştirokçilari Ozarbayjon Milliy kutubxonasida taşkil etilgan Özbekiston burçagidagi mavjud adabiyotlar bilan ham yaqindan tanişdilar.
* * *
Barça sohada bölgani kabi jurnalistikada ham xalqaro hamkorlik, tajriba almaşiş muhim ahamiyat kasb etadi. Şundan kelib çiqqan holda Uyuşmamiz tomonidan xorij davlatlari media taşkilotlari bilan aloqalarni yölga qöyiş va rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi bir qator xorijiy yurtlardagi jurnalistlar taşkiloti, jumladan, Ozarbayjon Matbuot kengaşi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi. Ana şu memorandum ijrosi doirasida joriy yilning ötgan davrida ozarbayjonlik media soha vakillarining Özbekistonga, yurtimiz ommaviy axborot vositalari yetakçi va yoş jurnalistlarini uşbu mamlakatga ijodiy safarlari taşkil etildi.
Xususan, Uyuşmamizga joriy yilning 12 dekabr kuni kelgan Ozarbayjon Matbuot kengaşi raisi Raşad Mejidning taklif xatiga asosan 15-19 dekabr kunlari mazkur mamlakatga navbatdagi ijodiy safar taşkil etildi.
Safar doirasida Ozarbayjon Yozarlar birligida ham bölindi. Turkiy dunyo adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri bölgan Anor muallim bilan uçraşib, mamlakatlarimiz hamkorlik aloqalari, xususan, özbek va Ozarbayjon adabiyoti, tarjimaçilik böyiça suhbatlaşiş imkoniga ham ega böldik. Qizğin suhbat yakunida unga Uyuşmamiz sovğasini topşirildi.
Keyingi kun Boku şahridagi Ozarbayjon Matbuot kengaşi binosida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi qoşidagi Yoş jurnalistlar kengaşi taşabbusi bilan ozarbayjonlik yoş jurnalistlar iştirokida muloqot taşkil etildi. Tadbirda taniqli jurnalist, mohir yozuvçi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Xurşid Döstmuhammad, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi, “Adabiyot ziyosi” gazetasi boş muharriri Mahmud Toir ham iştirok etdi.
Özaro muloqotda ikki mamlakat jurnalistikasining bugungi kuni, informatsion xurujlar şaroitida feyk xabarlar va dezinformatsiyaga qarşi kuraşiş masalalari xususida fikr almaşildi. Ustoz ijodkorlar öz tajribalari asosida yoş jurnalistlarga tavsiyalar berdi.
Mavzu yuzasidan muhokamalarda Ozarbayjon Matbuot kengaşi boşqaruvi aʼzosi Xajibey Haydarli, Özbekiston Milliy axborot agentligi jurnalisti Aziza Alimova, Matbuot kengaşi masʼul kotibi Avaz Rustamov, “Islohotçi yoşlar” NTM rahbari Farid Şahbazli, “Mening yurtim” telekanali jurnalisti Muhammadamir Hayotzoda, “Azxabar.com” veb-sayti rahbari Afseleddin Agalarov va boşqa qalamkaşlar öz taklif va tavsiyalari, fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Tadbirda ikki mamlakat media tuzilmalari, xususan, yoş jurnalistlari iştirokida 2025 yilda amalga oşirilişi közda tutilayotgan loyihalar va tadbirlar, hamkorlik aloqalarini yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça ham fikr almaşildi.
Uçraşuv söngida iştirokçilar bunday formatdagi muloqotlar yoş jurnalistlar uçun mahorat saboği vazifasini bajarib, har tomonlama foydali bölişini qayd etişdi.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi va yurtimiz ommaviy axborot vositalari vakillari Ozarbayjonga safari davomida “Yeni Çağ” (“Yangi asr”) media-guruhi xususiy tahririyatida ham bölib, uşbu jamoa xodimlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar, xususan, tahririyat media studiyasi texnik imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdi. Uçraşuvda “Yeni Çağ” (“Yangi asr”) media-guruhi bilan Özbekistondagi internet naşrlari örtasida hamkorlikni yölga qöyiş, yangi ğoya va taşabbuslar böyiça söz yuritildi. Maʼlumot uçun, uşbu tahririyat Ozarbayjondagi faol nodavlat axborot resurslaridan biri hisoblanadi. Bu yerda yigirma nafarga yaqin ijodkor faoliyat olib boradi, materiallar bir neça tillarda tayyorlanadi.
Quvonçlisi, Ozarbayjonga safarimiz har jihatdan foydali, ayni kungi turk dunyosi va xalqaro media maydonidagi holat, sohadagi mavjud muammo va kamçiliklar, galdagi hamkorlik böyiça muloqot va fikr almaşişlarga boy böldi. Ikki mamlakat jurnalistlarining öquvi va malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş böyiça muzokaralar olib borildi.
Xolmurod Salimov,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi v.b.
Toşkent–Boku–Toşkent
