Mahorat maktabiga kiriş

Bugungi globallaşuv zamonida tezkor va aniq axborotlarni xalqimizga töğri yetkaziş, maʼlum voqelikka nisbatan tahliliy va tanqidiy yondaşiş, xalq manfaatlarini himoya qiliş va davlat bilan jamiyat örtasida köprik bölişdek masʼuliyatli vazifani bajarayotgan jurnalistika sohasi vakillarining masʼuliyati juda katta.

Öz navbatida ana şunday masʼuliyat va zahmat bilan bitiladigan jurnalistik materiallar, aytaylik, turli naşrlarda eʼlon qilingaç, ular naşrlarning sarğaygan sahifalarida qolib ketmasligi, doimiy öqilişi, ayniqsa, bölajak ijodkorlar uçun mahorat manbasi sifatida xizmat qilişi juda muhim masala. Şu örinda aynan ana şu maqsadda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi tomonidan “Oltin qalamli jurnalistlar” nomli kitobning naşr etilişi katta voqea böldi.

Uşbu kitobdan jurnalistikaning turli janrlarida bitilgan eng sara materiallar örin olganligini alohida taʼkidlaş joiz. Çunki bugungi kunda oçerk, esse, felyeton, suhbat va lavhalar yoxud “jurnalistik suriştiruv” ruknidagi dolzarb maqolalarni har kuni ham matbuot naşrlarida uçratmasligimiz mumkin.

Xullasi kalom, joriy yilning 11 fevral kuni Özbekiston Milliy matbuot markazida ana şu kitobning taqdimoti bölib ötdi.

Aytiş joizki, uşbu kitob davlatimiz rahbarining 2022 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va jurnalistika sohasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida ming nusxada çop etildi.

Mazkur kitobda nafaqat poytaxtda yaşab ijod qilayotgan, balki uzoq yillardan buyon yurtimizning turli hududlarida jurnalistika sohasida faoliyat olib borayotgan 50 nafarga yaqin mahoratli jurnalistlarning eng sara publitsistik materiallari jamlandi.

Taqdimotda media soha vakillari, ommaviy axborot vositalari rahbar-xodimlari, fotojurnalistlar, jamoatçilik vakillari va talaba-yoşlar iştirok etdi.

“Oltin qalamli jurnalistlar” kitobida taniqli adib Xurşid Döstmuhammadning “Uç faraz”, ustoz jurnalistlar Ötkir Rahmatning “Birlaştiruvçi kuç”, Karim Bahriyevning “Men nega Şavkat Mirziyoyevga ovoz beraman?” deb nomlangan publitsistik maqolalari, bundan taşqari, Ahmadjon Meliboyevning “Birinçi saboq”, Farmon Toşevning “Şamsi Nazarov kim bölgan edi?”, Mamatqul Hazratqulovning “Bokudan Bokuga” deb atalgan oçerklari, Abdusaid Köçimov, Safar Ostonov, Qulman Oçil, Ahror Ahmedov, Eşqobil Şukur, Husan Ermatov qalamiga mansub esselar, Muhammadjon Obidov, Ismat Xuşev, Halim Said singari elimiz yaxşi biladigan ijodkorlarning jurnalistik suriştiruv yönalişidagi maqolalari örin olgan. Uşbu salmoqli töplamdan Odil Yoqubov, Erkin Aʼzam, Anvar Jöraboyev, Anvar Abduvaliyev, Norqobil Jalil, Nurilloh Oston kabi adiblarning eng öqişli suhbat, pamflet va lavhalari ham joy olgan.

Fotojurnalistika böyiça tajribali fotomuxbirlar – Abduğani  Juma, Alimurod Madaminov, Husniddin Ato  va boşqalarning  turli rakurslardan olingan 70 ga yaqin suratlari ham joy olganligi eʼtiborli.

Kitob taqdimotini Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi vazifasini bajaruvçi Xolmurod Salimov olib bordi. Taqdimotda bir qança ustoz jurnalistlar sözga çiqdi.

Salim DONIYOROV — “Yangi Özbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari boş muharriri:

— Uşbu kitob taqdimoti jurnalistikamiz faoliyatida alohida örin tutadigan voqea, desak, adaşmaymiz. Uning çop etilişi va taqdim etilişini heç ikkilanmasdan mahorat maktabiga kiriş deyiş mumkin. Çunki undan örin olgan maqolalar, oçerk va esselar, umuman har bir material, ayniqsa, yoşlar uçun katta mahorat darsi bölişiga şubha yöq. Kitobni kengroq tarğib qiliş va uni köproq odamlarning mutolaa qilişiga kömaklaşiş maqsadida elektron şakli ham havola etilsa, yaxşi bölar edi.

 Husan ERMATOV — “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari

boş muharriri, senator:

— Uşbu kitob bugungi kunda bosma naşr jurnalistikasi uçun oyna vazifasini bajaradi. Hozirgi paytda ommaviy axborot vositalari sahifalarida, xususan, bosma naşrlarda çop etilayotgan maqolalarga nisbatan köpinça turli eʼtirozlar bildirilmoqda. Aslida ham gazetalarimizda bir paytlardagidek ötkir felyetonlar, oçerklar, “jurnalistik suriştiruv”lar kamayib ketgan. Ammo jurnalistikaning barça janrlarida öziga xos maktablar yaratib ketgan ustozlarimiz bor. Ularning asarlaridan ham namunalar kitobning keyingi naşrlarida örin olişi kerak. Qolaversa, bu kitobni nafaqat jurnalistika sohasiga daxldor insonlar, balki turli kasb egalari, ziyolilar öqişi kerak.

Xurşid DÖSTMUHAMMAD — yozuvçi, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi:

— Qayerdaki jurnalistika borasida eng oddiy gap aytilsa ham, maqsad bitta bölişi kerak: bu — jurnalistikaning obrösini, qadrini kötariş. Uşbu “Oltin qalamli jurnalistlar” kitobidan kutganimiz ham jurnalistikaning nufuzini, ahamiyatini yanada oşirişga qaratilgan işlardan biri, desak böladi. Kitob mundarijasini körgan odam: “Iye, şunça jurnalistlarimiz, qalami oltin fidoyilarimiz bor ekan-ku!” deyişi şubhasiz. Ana şu jihatdan mazkur kitobni heç ikkilanmay “dunyoda yagona töplam!” deyiş mumkin. Unga özimning ham maqolam kiritilgan. Ustozlarda bir gap bor: “Gazetada maqolang çiqdimi, ikki marta öqi” degan. Hozirgilar öqiydimi, yöqmi, men öqib juda xursand böldim. Maqolalar kimgadir dalda, turtki bölarmikin, fikrlaşga, öylaşga undarmikin deb öylab qoldim. Men Uyuşma faoliyatiga omad tilayman. Oltin qalamli jurnalistlar köpayaversin! Bu kitob javonlarda qolib ketmasin.

Tadbir davomida Jurnalistlar uyuşmasi aʼzoligiga qabul qilingan bir qator ijodkorlarga jurnalistlar uyuşmasining aʼzolik guvohnomalari topşirildi. Tadbir söngida esa iştirokçilarga “Oltin qalamli jurnalistlar” kitobi ulaşildi.

Darvoqe, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi tomonidan uşbu xayrli loyiha asosida har yili “Oltin qalamli jurnalistlar” seriyasida ana şunday kitoblar naşr etilişi maʼlum qilindi.

Gulnora ŞERMATOVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan