Ilmga intilgan ayollar
Respublikamizda mustaqillikka erişgandan buyon ayollar taʼlimi va ilm-fanga qöşgan hissasini qöllab-quvvatlaş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirib kelinmoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan qabul qilingan 2022—2026 yillarga möljallangan “Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da xotin-qizlarning taʼlim olişi va ilmiy-ijodiy faoliyatini rivojlantiriş muhim yönaliş sifatida belgilandi.
Taraqqiyot strategiyasining beşinçi yönalişida maʼnaviy va maʼrifiy sohalarni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilgan bölib, aynan şu asosda “Yangi Özbekiston – maʼrifatli jamiyat” konsepsiyasi işlab çiqildi. Bu konsepsiya ayollarning ilmiy va ijodiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ularning iqtidorlarini keng ommaga tanitiş uçun mustahkam asos bölib xizmat qilmoqda.
Ayni şu strategiya doirasida Toşkent şahridagi Xalqaro Nordik universitetining psixologiya va maktabgaça taʼlim kafedrasida ilm-maʼrifat va sanʼat sohasidagi ayollar yutuqlarini keng tarğib qiliş maqsadida xalqaro loyiha ustida iş olib bormoqdaman. Turkiyaning “Baygench” naşriyoti bilan hamkorlikda Özbekistonning taʼlim, adabiyot va sanʼat sohalarida eng isteʼdodli va bilimli ayol-qizlari ijodini jamlagan “Özbekistan’ın Aydın Kadınları” va “Gönül Sesleri: Özbekistan’ın bilim, edebiyat ve sanattaki yetenekleri” nomli xalqaro antologiyani naşr etiş jarayonida katta tajriba orttirdim. Uşbu naşr Prezidentimizning ilm-maʼrifat sohasidagi strategik maqsadlari doirasida amalga oşirilgan muhim taşabbuslardan biridir.
Antologiya Özbekistonning turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 50 nafardan ortiq iqtidorli ayollarining ilmiy izlanişlari, badiiy asarlari va sanʼatdagi yutuqlarini öz içiga olgan. Uşbu töplam Özbekiston va Turkiya örtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlaş bilan birga, özbek ayollari ijodini xalqaro miqyosda tanitişda muhim vosita bölib xizmat qiladi. Mazkur naşr taqdimoti Turkiyaning Alanya şahridagi Savdo va sanoat palatasi majlislar zalida ötkazildi. Tadbirda ikki davlatning adabiyot va sanʼat namoyandalari, jurnalistlar hamda olimlar iştirok etib, bu loyihaning madaniy va ilmiy jihatdan katta ahamiyatga egaligini taʼkidladilar.
Özbekiston xotin-qizlari bugun har qaçongidan-da faol, har qaçongidan-da ijodkor va ilm-maʼrifatga intilgan holda yangi marralarni zabt etmoqda. Davlatimizning ayollarga taʼlim va ilm yölida yaratib berayotgan imkoniyatlari öz samarasini bermoqda. “Özbekistan’ın Aydın Kadınları” va “Gönül Sesleri: Özbekistan’ın bilim, edebiyat ve sanattaki yetenekleri” antologiyalari nafaqat özbek ayollarining ijodiy yutuqlarini aks ettiruvçi muhim naşr, balki kelajak avlod uçun ilhom manbai, ilmiy va madaniy köprik bölib xizmat qiladi.
Marğuba HASANOVA,
Toşkent şahridagi Xalqaro Nordik universiteti
katta öqituvçisi.
