Yurakdan sözlagan inson

Saodat Örmonova. Bu nom özbek jurnalistikasiga oşno bölgan har bir inson uçun taniş, aziz va samimiy bir ovozdir. Bu ovoz yillar davomida köplab yuraklarga yöl topdi, minglab xonadonlarga mehr va haqiqat sözini olib kirdi. Bu telejurnalist öz faoliyati davomida faqat axborot tarqatgan emas, balki ijodi bilan insonlar qalbiga muhabbat, sadoqat, fidokorlik, insonparvarlik kabi tuyğularni ham singdirgan.

Yoşlikdan ijodga, jurnalistikaga muhabbati kuçli bölgan Saodat opa özining ilk qadamlaridanoq kasbiga sidqidildan yondaşdi. Uning efir orqali xalqqa taqdim etgan har bir dasturi, har bir çiqişi nafaqat axborot, balki ruhiy ozuqa, qalbga yaqin mulohaza bölib eşitilar edi. Har bir savoli, har bir mulohazasi ortida çuqur bilim, teran muşohada va inson qalbiga yetadigan his-tuyğular mujassam edi.

Kuni keça poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi tomonidan taşkil etilgan “Özbekiston teleradiokanalidanman” nomli kitob taqdimoti aynan ana şunday yurakdan çiqqan, qalbga yetadigan sözlarning, voqelikning ifodasi böldi.

Uşbu kitob nafaqat şaxsiy xotiralar, balki bir davrning jonli guvohi, bir avlodning jurnalistik tafakkurini şakllantirgan maktab haqidagi hujjatdir. Unda nafaqat faktlar, balki hayot saboqlari, iztirob va xursandçiliklar, qiyinçiliklar va zafarlar mujassam.

Ha, Saodat Örmonova nafaqat ustoz, balki uning ijodi öziga xos maktabdir. U kişining mehnati, qalami ostidagi satrlar, efirdagi çiqişlari qançadan-qança yoş jurnalistlar uçun ilhom manbai bölib xizmat qilgan. “Qişloq haqida öylar”, “Telejurnalist”, “Möʼjizalar makoni” kabi kitoblari orqali u insonlarga faqat faktlarni emas, balki hayot haqiqatini, inson yuragidagi sadolarni yetkazişga harakat qildi.

Kitob taqdimotida Xurşid Davron, Nasiba Ibragimova kabi taniqli ijodkorlar, ustozlar söz olib, Saodat opaning hayot va ijod yöli, kasbga bölgan sadoqati haqida samimiy sözlar aytişdi. Bu sözlar şunçaki madh yoki tabrik emas, balki çinakam ijodkorning haqiqiy qadrini anglaşga uriniş, unga bölgan yuksak hurmat ifodasi edi.

Tadbir yakunida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi v.b. X.Salimov Saodat Örmonovaga uyuşmaning esdalik sovğalarini topşirdi. Bu — minnatdorlik ramzi, ibrat va ehtirom timsoli edi. Şundan söng muallif kitoblarini talabalarga hadya qildi. Bu — bilimga, kelajakka qilingan saodatli hissadir.

Çindan ham Saodat Örmonova — oddiy va kamtar, biroq qalbi daryo inson. Uning ovozi orqali xalq özini eşitgan, köplab haqiqatlar xalqqa yetkazilgan. U kişining ijodi bugungi kundagi yoş jurnalistlar uçun qöllanma, ibrat maktabi sifatida xizmat qilmoqda.

Şu kunlarda jurnalistikaning öziga xos murakkab va tezkor dunyosida yurakdan sözlaş, inson yuragiga yetadigan söz topiş oson emas. S.Örmonova esa ana şunday sözlarning ustasi. U kişi haqida yozilgan har bir satr, aytilgan har bir söz — bu bir eʼtirof, bir minnatdorlik.

Muxtasar aytganda, “Özbekiston teleradiokanalidanman” kitobi — bu faqat xotira emas. Bu — ruhiy meros, bu — jurnalistika tarixining tirik guvohi, bu — kelajakka yöllangan daʼvatdir. Saodat opa, sizning sözlaringiz, sizning mehnatingiz yana köp yuraklarga yetsin, yoşlar uçun ilhom buloği bölib xizmat qilaversin!

Nigina Iskandarova,
ÖzJOKU 1-kurs talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan