Nurali Qobul sarhisobi

Jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar surʼati bu boradagi ilmiy izlanişlar samaradorligining yanada oşişiga zamin yaratadi. Istiqlol davrida köplab ijodkorlar yurtimiz tarixi, zamonamiz qahramonlari, şu bilan birga jamiyat hayotidagi ayrim illatlar haqida önlab öqişli asarlar yaratdi. Eʼtiborli jihati, özbek adabiyotida taniqli adib Nurali Qobul tomonidan roman-pamflet janrida ilk asarlar dunyoga keldi.

Yozuvçining bosib ötgan ijodiy yöli haqida hikoya qiluvçi “Nurali Qobul qadriyati” töplamini ana şunday saʼy-harakatlardan biri sifatida qabul qiliş mumkin. Uzoq yillik izlanişlar, kuzatişlar hosilasi ölaroq töplangan maqolalar öquvçida katta qiziqiş uyğotişi şubhasiz.

Akademik, adabiyotşunos olim Baxtiyor Nazarovning “Tarixiy haqiqat yoğdulari yoxud özlikni badiiy anglaş” maqolasi sözboşi örnida kelgan. Şuningdek, uşbu kitobdan Matyoqub Qöşjonov, Ozod Şarafiddinov, Aşraf Ahmedov kabi maşhur munaqqid, tarixçilar, xalqimizning sevimli adiblari Odil Yoqubov va Rahmat Fayziyning samimiy eʼtiroflari, adibning nasri, şeʼriyati, publitsistikasi borasida yuz nafarga yaqin ijodkorlar, turli soha vakillarining fikr-mulohazalari, ilmiy tadqiqotlari, turli yillarda adib bilan uyuştirilgan suhbatlar, esselar örin olgan.

Yana bir ahamiyatli tomoni şuki, bu töplam adabiyotşunos olimlar, tadqiqotçilar, doktorant, magistrant,  filologiya yönalişida tahsil olayotgan talabalar hamda yozuvçi ijodi bilan qiziquvçi adabiyot ixlosmandlari uçun möljallangan. Mazkur tadqiqlar özbek adabiyotida yozuvçi ijodi böyiça olib borilayotgan tadqiqotlar bazasini yanada boyitişga xizmat qiladi. Salkam 700 betdan iborat kitob Guliston davlat universiteti öqituvçisi, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori Abdunabi Töyçiyev tomonidan naşrga tayyorlangan. Bu adibning öz öquvçilari oldidagi öziga xos sarhisobidir.

Kuni keça Guliston davlat universitetida 75 yoşni qarşilagan adibning betakror ijodiga bağişlangan “Nurali Qobul qadriyati” kitobining taqdimotiga bağişlangan adabiy-badiiy keça bölib ötdi. Unda yurtimiz hamda qöşni respublikalardan taşrif buyurgan adabiyot muxlislari iştirok etdi.

Obidaxon FAYZULLAYEVA,

Guliston davlat universiteti professori,

filologiya fanlari doktori.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan