Orzular uşalgan bayram
14 yanvar — Vatan himoyaçilari kuni
Harbiy xizmatning öziga yaraşa jozibasi bor. Şu boisdan ham har bir yigit bolaligidan harbiy bölişni orzu qiladi. Men ham yoşligimdan harbiy sohani tanlagan, doim öziga yaraşgan harbiy libosda yuradigan toğamga havas qilib, oynai jahon orqali namoyiş etilgan “Sardor”, “Ostona”, “Jasur” kabi kinofilmlarni tomoşa qilib, könglimda askar böliş istagi uyğongandi. Albatta, harbiy böliş ham oson emas. Bu öz-özidan bölavermaydi. Hayot yöllarimiz şunday böldiki, boşqa sohani tanlaşimga töğri keldi. Şunga qaramasdan, hozir ham harbiylarga havas bilan qarayman.
Kiçik boladan ham: “Katta bölganingda kim bölasan?” deb sörasangiz, albatta, köpçilik: “Harbiy bölmoqçiman”, deb javob beradi. Şu maqsad yölida tinimsiz izlanadi, mehnat qiladi va sport bilan şuğullanadi. Şunday qilsa, albatta, maqsadiga erişadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda davlatimiz tomonidan har bir sohada bölgani kabi harbiylarga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu eʼtibor va ğamxörliklarga har yili 14 yanvar — Vatan himoyaçilari kuni arafasida yana bir bor guvoh bölamiz. Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev Vatan himoyaçilariga tabrik yöllaydi. Tabrikda Vatan himoyaçilari bölgan harbiylarning jasorat va şijoati, mardligi, Armiya va xalq birligi eʼtirof etiladi. El-yurtimiz keng nişonlaydigan bayramda esa mard öğlonlar jasorati şaraflanadi.
Maʼlumki, mustaqillik yillarida mudofaa tizimida keng kölamli islohotlar amalga oşirildi. Buning natijasida askarning jangovarligi, taktik mahorati mustahkamlanib, zamonaviy qurol-yaroğ va texnika bilan taʼminlangan milliy armiyamiz şakllandi.
Bundan taşqari, Qurolli Kuçlarimiz jangovar salohiyatini oşiriş borasidagi işlar tez surʼatlarda davom ettirilmoqda. Sohaga ilğor texnologiyalar joriy etilmoqda. Bularning bari qudratli armiyamizning nufuzini yuksaltirişda asosiy omil bölişiga işonçimiz komil.
Eng quvonarlisi, şu qutluğ va tantanali bayram arafasida davlatimiz rahbari taşabbusi bilan harbiylar va ularning oila aʼzolari uçun xonadonlar tuhfa qilinadi.
Sirasini aytganda, yurtimiz sarhadlarini himoya qilişda, taşqi yovuz kuçlarga qarşi kuraşda fidoyilik va jonbozlik körsatgan mard öğlonlarga mukofotlar, unvonlar beriladi. Hozirgi kunda harbiy xizmatçilar va ularning oila aʼzolariga körsatilayotgan ğamxörliklar Yangi Özbekistonda olib borilayotgan ulkan islohotlarning yaqqol namunasidir.
2000 yili Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida terrorçilarga qarşi harbiy harakatlarda halok bölgan Xayriddin Xolboyev, 2005 yilda Andijonda ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etilgan qöporuvçilikka qarşi kuraşib, qurbon bölgan Bahrom Jörayev, xizmat burçini bajarayotgan vaqtda mardlarça halok bölgan Uluğbek Barnoyevlarni Vatan uçun, mustaqilligimiz uçun jon fido qilgan haqiqiy mard yigitlar, deb ayta olamiz.
Ona Vatanimizni, jonajon xalqimizni himoya qiliş, kerak bölsa, şu yurt uçun, şu el uçun jonini fido qiliş har bir haqiqiy öğlonning asosiy burçlari hisoblanadi. Axir tarixda qudratli saltanatlar bunyod etgan ota-bobolarimiz — Sohibqiron Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik yurt uçun, millat uçun, uning ozodligi va mustaqilligi uçun kuraşganlar. Ularning timsolida çinakam insoniy jasoratni körişimiz mumkin. Hozirda Vatanimiz sarhadlarini huşyor va sergak turib himoya qilayotgan, osmonimiz musaffoligini taʼminlab berayotgan harbiylarimiz uluğ sarkarda bölgan ajdodlarimizning işlarini şaraf bilan davom ettirmoqdalar. Biz ular bilan faxrlanamiz.
Bugungi yoş avlodning harbiy-vatanparvarlik tuyğularini yanada kuçaytiriş, ularni buyuk ajdodlarimizning işiga sadoqat ruhida tarbiyalaş maqsadida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2017 yildagi Farmoniga binoan “Temurbeklar maktabi”, 2023 yildagi “Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga asosan Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey taşkil etildi. Bularning barçasi yoşlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning yorqin isboti bölib, hozirdanoq öz mevasini bermoqda.
Darhaqiqat, yigitlar kabi bugungi qizlar ham Vatan himoyasini şarafli burç deb biladilar. Yurt himoyasiga otlangan qizlar orasida har yili “Tömaris izdoşlari” kabi nufuzli tanlovlar ötkaziladi. Bunday tanlov va bahslar el-yurt himoyasiga otlangan qizlarning salohiyatini yanada oşiradi.
Maʼlumotlarga qaraganda, ötgan yillarda Mudofaa vazirligi qöşinlari qator xalqaro yutuqlarga erişdi. Jumladan, AQŞning Missisipi ştatida ötkazilgan “Eng ilğor jangçi” musobaqasida askar yigitlarimiz faol iştirok etib, faxrli birinçi öringa sazovor bölişgan bölsa, Buyuk Britaniyada ötkazilgan “Kembriya patruli” musobaqasida 44 davlatning 118 jamoasi örtasida ikkinçi örinni qölga kiritişdi. Sanayversangiz, harbiylarimiz erişgan yutuqlar oz emasligiga işonç hosil qilasiz.
Mamlakatimizda butun xalqimiz tomonidan Özbekiston Qurolli Kuçlarining 33 yilligi va Vatan himoyaçilari bayrami tantanali tarzda nişonlanayotgan şu kunlarda “Özbekiston harbiylari — Vatanimiz posbonlariga şon-şaraflar bölsin!” deymiz.
Muhammadsodiq TÖRAYEV
