Qulaylik

Yurtimizda barça sohalarda amalga oşirilayotgan işlar qatorida tibbiyot tarmoğida ham qator ijobiy işlar röyobga çiqarib kelinmoqda. Xususan,  keyingi paytlarda “Tez tibbiy yordam” xizmatini takomillaştirişga oid hukumatimiz tomonidan tegişli qarorlar qabul qilinib, sohaga katta eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2022 yil 16 iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam körsatiş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi qarori bu yönalişda dasturilamal bölayotir.

Mazkur qaror ijrosi doirasida Samarqand viloyatining Qöşrabot, Payariq va Samarqand tumanlarida “Tez tibbiy yordam” xizmati binolari uçun jami 4 milliard sömga yaqin mablağ sarflangani fikrimizga dalildir. Natijada hududlarda aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifati tubdan yaxşilandi.

Jumladan, Qöşrabot tumanida 1 milliard 360 million sömlik işlar bajarilib, natijada 142 ming nafar aholiga xizmat körsatiş sifati tubdan yaxşilandi. Payariq tumanida ham “Tez tibbiy yordam” xizmati binosi qurilişiga 1 milliard 100 million söm yönaltirilib, xodimlar va bemorlar uçun barça zarur qulayliklar yaratildi. Tabiiyki, hududda yaşovçi 273 ming nafar aholi bundan mamnun. Samarqand tumani “Tez tibbiy yordam” binosida 1 milliard 350 million sömlik quriliş va taʼmirlaş işlari bajarildi. Hozir bu yerda tumandagi 272 ming nafar aholiga tibbiy xizmat körsatiş uçun barça şaroit mavjud.

Kuni keça mazkur muassasalarga Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Respublika tez tibbiy yordam markazi tomonidan zamonaviy “Volkswagen Caddy” avtomaşinalari topşirildi.

Demak, bir zamonlardagidek almisoqdan qolgan “tez yordam” maşinalari örniga, zamonaviy, barça tibbiy jihozlarga ega texnikalar sohaga jalb qilinayotganining özi katta qulaylik muhayyo etilayotganidan dalolat beradi.

Ubaydullo XÖJANIYOZOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan