Bemorning soğayişi — şifokorga kuç beradi
bu mingbuloqlik şifokor Uluğbek Musayevning sözlari
Ötgan yili Uluğbek Musayevning hayotida unutilmas voqealar köp böldi. Soğliqni saqlaş tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantiriş, sohada tub islohotlar va muhim dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş borasidagi katta xizmatlari, özining fidokorona mehnati, yuqori kasb mahorati hamda ibratli faoliyati, hayotdagi faol iştiroki uçun Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan köksini “Şuhrat” medali bezadi. Xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputatligiga saylandi. Mehnatobod qişloği markazida barpo etgan “Vatanparvarlar xiyoboni” köpçilik eʼtirofiga sazovor böldi…
Yetmişinçi yillari Mingbuloqning Mehnatobod qişloğida tuman markaziy şifoxonasining asab kasalliklari bölimi bölardi. “Gigant” jamoa xöjaligi boşqaruvi sobiq raisi Abdusalom Ğofurov kasalxonani iqtisodiy jihatdan qöllab-quvvatlab turgan. Kolxozlar tugatilgaç, şifoxona madadsiz qoldi. Boş vraç Hamidulla Ergaşev turli rahbarlardan yordam sörab çarçadi. Topgan-tutganini binoni taʼmirlaşga sarfladi. Çetdan kömak ololmadi. Yerlar şörxoq bölganligi sababli devorlar va hatto poydevorlar nurab, polning taxtalari çirib, oxiri saqlaşning ilojini qilolmaydigan darajaga keldi. Orzu-maqsadlari uşalmagan vraç Hamidulla Ergaşev bevaqt olamdan ötdi. Holat yanada oğirlaşa boşladi.
2019 yili şifoxona binosi tender savdosiga qöyildi. Mahalliy vraç Uluğbek Musayevning qöli baland keldi. Kasbiga sadoqatli, izlanuvçan, taşkilotçi va taşabbuskor vraç “MED Layt” MÇJ xususiy klinikasini taʼsis etib, işga astoydil kirişdi. “Hamkorbank”dan kredit oldi. Özi ham investitsiya kiritdi. Pastqam, körimsiz binolar örnida zamonaviylari paydo böldi.
Germaniya va Xitoy davlatlarida işlab çiqarilgan tibbiyot asbob-anjomlari xarid qilib olindi. Qonni bioximik tahlil qiliş köp vaqtni olardi. Bunday tahlilni endilikda uzoq şaharlarga bormasdan, şu yerning özida qiliş mumkin. Zamonaviy jihozlar keltirilgaç, tibbiy xizmat sifati va samaradorligi ortdi. Hozir bu şifo maskanida köp yillik tajribaga ega Manzura Madyarova, Nilufar Yuldaşeva, Raʼnoxon Turdiyeva, Muqaddas Imomova, Dildora Sobirova, Yursinoy Saidova kabi şifokorlar butun mehrini baxşida etgan holda işlaşmoqda.
— Vraç Egamberdi Töyliboyevning qöllari dard körmasin, — dedi Yangiqörğon tumanidan kelgan bemor Abduraşid Raimov. — Palataga qanday holatda yotqizişganini eslolmaydigan ahvolda kelgandim. Körib turibsiz, beş kunda oyoqqa turdim.
Poplik bemor Hamid Qodirov esa zamonaviy uskunalar yordamida uqalovçi Elyorbek Zokirov bilan Gulsara Hasanovalarning bemorlarga şirinsözligi va mehribonliklaridan çeksiz mamnunligini izhor qildi. Sayyora Mamadaliyeva bilan Nargiza Mirzahmedovalar haqida ham iliq sözlar eşitdik: “Quşda tinim böladi-yu, bu qizlarda tinim yöq ekan”.
— Bemorlarga uç mahal issiq ovqat berilişi hammamizga manzur bölyapti, — dedi gurtepalik bemor Abdurahim Mamatqöziyev. — Oşxona ovqatlari unça-munça restoranlarnikidan qolişmaydi. Buning uçun oşpazlar Uluğbek Hasanov, Şokirjon Mamatqulov, Şoira Meliboyevalarga ming rahmat!
Şifoxonada malakali nevrolog, terapevt, fizioterapevt, kardiolog, ginekolog kabi vraçlar bemorlar xizmatida. Bemorlar uçun 100 ta örin mavjud bölib, xonalarda barça şart-şaroitlar mujassam.
Qum bilan davolaş yölga qöyilgan. Endi şifobaxş şörsuv bilan davolaşni joriy etiş çoralari körilmoqda.
Tibbiy xizmat körsatiş madaniyatini oşiriş uçun yana qator loyihalar amalga oşirildi. Zamonaviy oşxona qurildi. Bu yerda bemorlarni köriş uçun kelgan kişilarga ham xizmat körsatiş rejalaştirilgan. Oşxonada 2 kişilikdan 20 kişilikkaça möljallangan turli ölçamdagi xonalar ular xizmatida.
Yana bir yangilik. Şifo izlab nafaqat qöşni viloyatlar, hatto Tojikiston, Qozoğiston va Qirğizistondan ham bemorlar kelişayotganini inobatga olib, hududda 12 ta kottej quriş loyihalari işlab çiqildi. Ularda oilaviy dam oliş va davolaniş şaroitlari yaratiladi.
Şifoxona hovlisi yaşilligini köpaytiriş maqsadida bir yarim ming tupdan ortiq noyob gul va manzarali daraxt köçatlari ötqazildi. Obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari töxtovsiz davom ettirilmoqda. 60 xildan ziyod noyob jonivorlardan iborat möʼjazgina zoopark taşkil etilgan. Bu bemorlar hamda ularni yöqlab keluvçi kişilar uçun ayni muddao böldi.
Şifoxona binosi tuman markazidan 8 kilometr olisda. Bu turli uzoqdan keluvçi kişilarga noqulaylik tuğdirardi. Ularga yengillik yaratiş maqsadida tuman markazi — Jomaşöy şaharçasida ham şifoxonaning zamonaviy meʼmoriy talablar darajasidagi yangi binosi qurilib, foydalanişga topşirildi. Bemorlar uçun barça zaruriy şart-şaroitlar muhayyo etilgan. Yana qöşimça binolar quriş davom ettirilmoqda.
— Şifokor bölganimga, ham vraç, ham tabib sifatida xalqimiz xizmatini qilayotganimga şukronalar keltiraman, — dedi oliy toifali vraç, tibbiyot faxriysi Ergaşali Musayev. — Öğlim Uluğbek ham mening izimdan borib, kasbimni egalladi. Bizning davrlarda şaroitlar soddaroq edi. Hozirgi şifokorlarga rivojlangan xorij davlatlaridagidek qulay şaroitlar yaratilgan, rivojlangan çet davlatlarning tibbiyot anjomlaridan foydalangan holda faoliyat yuritayotganliklari katta baxt, katta imkoniyat.
…Allamahalda tişingiz oğriganmi? Naqadar azob-a? Quloğingiz oğrisa, qançalar qiynalasiz. Yurak, oşqozon va boşqa organlar xastaligi haqida-ku, gapirmasa ham böladi. Qayering oğrisa, joning öşa joydadek tuyulaverarkan. Darddan xalos bölgunça özingizni qayerga qöyişni bilmay qolasiz.
Bunday oğriq va iztiroblarni ötkazayotgan damlarda şifokorga şunçalik kuçli ehtiyoj sezasizki… Bezovta qilayotgan darddan tezroq qutuliş uçun najot qidirasiz. Doktor huzuriga tezroq borsam deysiz!
— Dardning oğir-yengili bölmaydi, buni bolaligimda yaqinlarim xastalikka çalinib, qançalar azob tortişganida bilganman. Vraç bölişni ularni körib orzu qilganman. Bemorim kelsa, kasbiy bilimimni ayamay yordam beriş men uçun ham qarz, ham farzdir. Har bir bemorning soğayişi katta yutuq deb hisoblayman.
Uluğbek Musayevning bu sözlari uning öz kasbini juda yaxşi körişidan dalolat.
Tibbiyotda kasbiy mahorat muttasil ravişda oşirib borilişi zarur. Uluğbek Musayev 2014 yili Xitoyda şifokorlarning bir oy davom etgan xalqaro konferensiyasida faol qatnaşib, sertifikat bilan qaytdi.
Qosimjon AKBAROV,
“Mingbuloq” gazetasi
boş muharriri.
