“Tez yordam”ning tezkor işlari

Tez tibbiy yordam — inson hayoti hamda soğliği uçun xavfli holatlar röy berganda tunu kun şifoxonagaça körsatiladigan tibbiy yordam turi va tizimi. Ilk bor tez tibbiy yordam 1918 yil Toşkent şahrida punkt sifatida taşkil etilib, 1926 yil mustaqil tez tibbiy yordam stansiyasiga, 1974 yil tez tibbiy yordam klinik kasalxonasi bilan birlaştirilib, bölimga aylantirilgan. 1983 yilga kelib mustaqil şahar tez va şoşilinç tibbiy yordam stansiyasi deb ataldi. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi sifatida esa 2001 yil 1 maydan faoliyat körsata boşlagan.

Tez tibbiy yordam maşinalari radiolaştirilgan bölib, ikki tomonlama telefon aloqasi bilan taʼminlangan, nafas va narkoz beriş jihozlari, kislorod ingalyatorlar, elektrokardiograf va boşqa zaruriy uskunalar bilan jihozlangan.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 iyunda imzolangan “Aholiga tez tibbiy yordam körsatiş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi 283-sonli qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxöjaliklar negizida taşkil qilindi va tez tibbiy yordamning yagona vertikal boşqaruv tizimi yölga qöyildi.

Markaz va uning hududiy filiallarida situatsion muvofiqlaştiruvçi bölimlar taşkil etilgan bölib, tuman (şahar) va hududlardagi tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini tahlillar asosida örganib borişda va amalga oşirilişi kerak bölgan işlarni rejalaştirişda yordam bermoqda.

Birgina Jizzax viloyati misolida aytadigan bölsak, tez yordamning Jizzax filialida fuqarolardan tuşadigan murojaatlarni qabul qiliş uçun Toşkent şahri andozasi asosida maxsus “Call-markaz” taşkil etilgan. “Call-markaz” işini avtomatlaştiriş borasida BIPRO firmasi mahsuloti bölgan “Meddata” dasturi bilan taʼminlandi.

“Meddata” tizimi çaqiriqlarni öz vaqtida qabul qilib, bajarilişida qulayliklari bilan xodimlarning öz işlariga bölgan munosabatlarini tubdan özgartirdi. Şuningdek, mazkur tizim har bir xodimning individual qança çaqiriq qabul qilganini köriş va sifatini aniqlaş, hisobotlarni oson şakllantiriş imkonini bermoqda.

Bugungi kunda Jizzax viloyatida 126 ta tez yordam brigadalari mavjud bölib, barça avtotransport vositalariga “GPS treker” örnatildi, bu esa tuşgan çaqiriqlarga brigadaning qay darajada yaqinligini köriş imkonini yaratdi. Natijada tuşgan çaqiriq yaqin turgan brigadaga uzatiladi va bu bir qança keçikişlarning oldini olişga yordam beradi.

Eng muhimi, tez va sifatli birinçi tibbiy yordamni körsatiş uçun zamonaviy xizmat şakllandi. Endi bir paytlardagidek, soatlab yoki yarim soatlab bemor “tez yordam”ni kutmaydi. Öz vaqtida körsatiladigan tibbiy xizmat esa – odamlar hayotini Allohning inoyati ila saqlab qoliş imkonini oşiradi.

Durdona JABBOROVA,

Respublika tez tibbiy yordam markazi

Jizzax filiali şifokori.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan