Heç kim kasal bölmasin, lekin…

Kundalik hayotda eng köp işlatiladigan söz, menimça, soğliq bilan boğliq bölsa kerak. Uyda, köça-köyda, töy-maʼrakalarda — hamma yerda söz avvali salom-alikdan — “Assalomu alaykum”dan boşlanadi. Qanday yaxşi, yoqimli söz: “Assalomu alaykum!”

Yaxşi niyat, ezgu tilak bor, tinçlik-omonlik bor, farovonlik bor uşbu söz zamirida. Donolar aytadilarki, “Soğlom odam tabiatning eng bebaho asaridir” (T.Karleyl, ingliz yozuvçisi). “Ruhni davolamay turib, tanani davolab bölmaydi” (Suqrot, qadimgi yunon faylasufi).

Endi rus fiziolog-olimi Ivan Pavlovning mana bu sözlariga eʼtibor bering: “Inson 100 yil yaşaşi mumkin. Lekin biz özimizning tiyiqsizligimiz, pala-partişligimiz, öz organizmimizga nisbatan şafqatsizligimiz tufayli bu muddatni köp yillarga qisqartirib yuboramiz”. Izohga hojat yöq. Oçiq va aççiq haqiqat bu!

Savol tuğiladi. Xöş, gap inson salomatligi haqida borar ekan, bugungi kunda şahar va qişloqlarimizda aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifati qay darajada? Markaziy şifoxona, köp tarmoqli poliklinika, oilaviy poliklinika (OP), qişloq vraçlik punktlari (QVP)ning ahvoli qanday? Dori-darmon masalalari-çi? Eng muhimi, aholi salomatligini muhofaza qilişdek ğoyatda qiyin, maşaqqatli, masʼuliyatli va şarafli soha egalari — vraçlar, şifokorlar, hamşiralar, örta va kiçik tibbiyot xodimlari xizmatidan odamlar rozimi yoki norozimi? Siz nima deysiz?

Biz ana şu va boşqa savollar bilan Özbekiston tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği, tibbiyot fanlari nomzodi Avazbek Usmonovga murojaat qildik.

— Avvalambor, heç kim kasal bölmasin, — dedi A.Usmonov. — Soğliq eng katta boylik hisoblanadi. Soğliqqa nima yetsin! Ammo na çora? Issiq jon isitmasiz bölmas, deganlaridek, hayotda nimalar bölmaydi, deysiz! Umri bino bölib kasalxona yuzini körmaganlar ham, dardiga şifo istab, döxtirma-döxtir, kasalxonama-kasalxona yurganlar ham bor, bisyor…

Boş şifokor Avazbek Usmonovning taʼkidlaşiça, Özbekiston tumanida 250 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Jami tibbiyot xodimlari soni 2172 nafar: 258 nafar vraç, 1429 nafar hamşira. Kiçik tibbiyot xodimlari 385 nafar, texnik xodimlar esa 77 nafarni taşkil etadi. Ana şu vraç va hamşiralarning 868 nafari kamida 20 yillik iş stajiga ega. 30, 40 va 50 yillik iş stajiga ega tibbiyot xodimlari ham köpçilikni taşkil qiladi. Jumladan, davolaş işlari böyiça boş vraç örinbosari Islomjon Mahkamov, boş hamşira Yoqutxon Siddiqova, boş terapevt Mahbubaxon Jörayeva, nevropatolog Mansurjon Rahimov, kardiolog Şuhratjon Ahmedov kabi şifokorlar nafaqat boy iş tajribasi, balki özlarining jonkuyar, fidoyiligi, ming-minglab bemorlarning dardiga davo topiş, davolaş, davolaşdagi eng samarali usullarni qöllaşlari bilan ham köpçilikning hurmatiga sazovor bölişmoqda. Muhsinaxon Usmonova, Havasxon Hasanova, Maʼsumaxon Otaqöziyeva, Guliraʼno Hamidova kabi oliy toifali hamşiralar xizmatidan ham aholi mamnun.

— Men sizga aytsam, har bir vraç, kim va qaysi soha egasi bölişidan qatʼi nazar, tibbiy xizmat sifati uçun masʼul şaxs hisoblanadi, — dedi boş vraç Avazbek Usmonov. — Vraçlik kasbi fidoyilikni, qalb va fikr sofligini talab qiladi. Şuning uçun ham antik meditsina asosçisi, qadimgi yunon mutafakkiri Gippokratning uşbu sözlari hammamizga yod bölib ketgan: “Tabobat hamma sanʼatlar içida eng oliyjanob sanʼatdir”.

— Markaziy şifoxona va poliklinikalarda aholi uçun yaratilgan şaroitlar haqida ham ikki oğiz…

— Şaroit yomon emas, — deya davom etadi boş şifokor. — Joriy yilning may-iyun oylarida Yakkatut qişloğidagi 73- hamda “Şodlik” MFYdagi 75-oilaviy poliklinikalar işga tuşdi. Uşbu obʼyektlarda 2 mlrd 475 mln sömlik keng kölamli quriliş-taʼmirlaş va rekonstruksiya işlari bajarildi. Ayni kunlarda Qoratepa va Qaynarbuloq qişloqlaridagi oilaviy poliklinikalarda rekonstruksiya işlari davom etmoqda.

— Oldimizda kuz-qiş oylari turibdi. “Qiş ğamini yozda ye”, degan maqol ham bor… Ayting-çi, isitiş tizimi bilan boğliq qanday muammo va kamçiliklar bor?

— Heç qanday muammo yöq va bölişi mumkin ham emas! — dedi A.Usmonov. — Negaki, Prezidentimizning 2023 yil 10 apreldagi “Ijtimoiy soha obʼyektlarining isitiş tizimlarini davlat-xususiy şeriklik asosida modernizatsiya qiliş töğrisida”gi qaroriga asosan, mana, ikki-uç yildirki, mamlakatimizning barça hududlarida, xususan, maktab, boğça, şifoxona, poliklinika, qişloq vraçlik punktlari va boşqa ijtimoiy soha obʼyektlarida isitiş tizimlari nihoyatda yaxşi yölga qöyilmoqda. Tumanimizda faoliyat yuritayotgan “Fergana avtomat rasçyot” MÇJ rahbar-xodimlari (MÇJ rahbari M.Karimov) tomonidan isitiş tizimi bir meʼyorda va uzluksiz işlaşi taʼminlanmoqda. Rahmat şularga!

— Suhbat uçun sizga ham rahmat, Avazbek! Demak, siz rahbarlik qilayotgan tibbiyot birlaşmasida heç bir muammo yöq, hammasi yaxşi, joy-joyida. Şunday desak böladimi?

— Yöq, unday emas, — dedi A.Usmonov. — Dunyo dunyo bölib yaralibdiki, muammo hamma yerda bor, bölgan va bundan keyin ham böladi. Afsuski, bizda ham kadrlar bilan boğliq muammolar bor. Gap şundaki, akuşerlik va ginekologiya, bolalar anesteziologiya va reanimatologiyasi, travmatologiya va ortopediya, yuqumli kasalliklar va içki kasalliklar (terapiya) kabi 15 ta yönaliş böyiça klinik ordinatura mutaxassislari yetişmaydi. Ana şu kadrlar masalasi hal etilsa, öylaymanki, tumanimizda tibbiy xizmat sifati yanada yaxşi böladi.

Qurbon Ali TÖRAQULOV,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan