Qayta zabon baxş etiş baxti
Respublika ixtisoslaştirilgan otorinolaringologiya va boş-böyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazining şifokori, tibbiyot fanlari doktori, Toşkent davlat tibbiyot universiteti dotsenti Şoira Mahamadaminovaning surat va siyratiga çizgilar
Şoira Abduvaliyevna Mahamadaminova azim Toşkent şahrida, maʼrifatparvar muhandislar, ilm va kitobga mehr bergan ajoyib insonlar oilasida tavallud topdi. Otasi, uzoq yillar temir yöllar tizimida halol mehnat qilgan Abduvali aka Mahamadinov hayotni sevgan, insonlarga çuqur ehtirom bilan qaraydigan, nozik did va gözallik tuyğusiga ega bölgan, odamlarga yaxşilik qilişni sermazmun umrining boş şioriga aylantirgan kişi edi. Şu bois ota öz farzandlarini ham aynan ana şu maʼrifiy ruhda, ana şu yuksak estetik didda tarbiyaladi. Mehribon onasi, respublika paxta tozalaş sanoati fidoyisi Munira Saʼdullayeva esa uni murğakligidan kitob degan möʼjizaga oşno qildi. Şoira bolaligidan boşlab şifokorlik kasbiga mehr qöyib ösgan edi. Şu bois örta maktabda hamma fanlarni yaxşi özlaştiriş barobarida biologiya va kimyo fanlaridan faqat aʼlo baholarga öqidi.
Inson bu yoruğ olamning oltin uzugi bölsa, ilm uning gavhar közi deydilar. Payğambarimiz Rasuli Akram özlarining muborak hadisi şariflarida ham ilm oliş har bir muslim va muslima uçun oliy farz ekanligini alohida uqtiradilar. Otasi va onasidan gözal insoniy fazilatlarni singdirgan Şoiraxon 1992 yili 1-sonli Toşkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toşkent davlat tibbiyot universiteti)ga öqişga kirdi. Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti negizida fakultet maqomida 1919 yili şakllangan bu oliy öquv yurti tilga olinganda, taniqli akademiklardan Zulfiya Umidova, Ergaş Otaxonov, Rafail Katsenoviç, Yolqin Töraqulov, Öktam Oripov, Komiljon Zufarov, Vosit Vohidov, Turğunpölat Daminov, Şavkat Ibragimov, Feruz Nazirov va boşqa olimlar esga tuşadi. Ular nafaqat mamlakatimiz meditsinasi, balki jahon tibbiyoti nazariyasi va amaliyotiga munosib uluş qöşgan ilm darğalaridir. Bu kabi olimlar Özbekistonimiz haqiqatan ham buyuk Abu Ali ibn Sino yurti ekanini amalda isbotlab berdilar. Yangi Özbekiston esa jahon tajribasiga tayangan holda tibbiyot taraqqiyotida sobit qadamlar qöymoqda.
Harakatda barakat deydilar. Şoiraxon 1992-1998 yillar davomida oliy öquv yurtida tibbiyot nazariyasi va amaliyotini qunt bilan örgandi. Bunda unga ustozlaridan — professorlar Qunduz Xöjayeva, Nigora Abdullayeva, Uluğbek Hasanovlar yaqindan kömaklaşdilar. Ayniqsa, aziz ustozi Nigora Nusratovna Abdullayevaning birinçi bora qöliga skalpel tutqazgani, dadil işga kirişni maslahat bergan damlarini unutmaydi. Öz navbatida Q.Xöjayeva, N.Abdullayeva, U.Hasanovlar öz professional yönalişlarini tanlab olişlarida tibbiyot fanlari doktori, professor, Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, institutning tomoq, burun va quloq kasalliklari (LOR) kafedrasi mudiri Qöçqor Jörayeviç Mirazizovning murabbiylik mehridan bahramand bölişgan. Darvoqe, Qöçqor Jörayeviçning özi Toşkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toşkent davlat tibbiyot universiteti)ning qaldirğoç öqituvçilaridan biri, professor, Özbekistonning boş otolaringologi, respublika otolaringologlar jamiyati raisi, afsonaviy olim Sigizmund Şumskiyning şogirdi edi. S.Şumskiy öz sohasida beqiyos kaşfiyotlar oçiş barobarida mahalliy millat vakillari orasidan S.Aʼzamov, R.Hamroyeva, A.Ğaniyev, Z.Rahimova va albatta, Q.Mirazizovdek iqtidorli otolaringologlarni yetiştirdi.
Uluğ Alişer Navoiy hazratlari til insonning oliy bezagi ekanini lönda satrda taʼkidlaganlar. Ğazal mulkining sultoniga munosib izdoş böla olgan akademik şoir Ğafur Ğulom “Men özbek şoiriman – öz xalqimning tiliman, Qalbim buyurganini yozib keldim hamişa” deya lutf qilgan edi. Atoqli navoiyşunos akademik Alibek Rustamiy esa “Inson tirikligi uçun havo naqadar muhim bölsa, til şu qadar zarurdir”, degan edi.
Darhaqiqat, inson gözal hayotga bölgan mehrini til orqali ifoda etadi. Şoira Abduvaliyevnaning ustozlaridan biri professor Qöçqor Mirazizovning huzuriga kirganlarida, “Oynai jahon”da taniqli suxandon Nasiba Maqsudova betakror lutf ila körsatuv olib borayotgan ekan. Ustoz: “Qarang, qanday çiroyli, maftunkor, jarangli va şirin ovoz. Nasiba Ibrohimova, Nasiba Qambarova, Nasiba Maqsudova, Galina Melnikovalarning ajoyib ovozlari oltin boyligimiz. Umuman, menga ustozim Sigizmund Ignatyeviç aytib ketganlaridek, har bir insonning ovozi beqiyos bisot. Uni asraş kerak. Mabodo biror sabab bilan biror kişi bu bisotdan ayrilsa, sen bilan men ularga qayta zabon baxş etişimiz kerak. Odamlarga ovozini qaytarib beriş betakror baxt. Şu baxtga erişaman, desangiz, foniatr vraç böling. Eng avvalo, professor Stanislav Şteyn asarlarini öqib çiqinglar!” degan ekan. Şoiraxon professor S.Şteynning labirintologiyaga oid monografiyasini sinçiklab öqidi. Uni köproq tomoq, halqum masalalari qiziqtirdi. Bu borada Gippokrat va Klavdiy Galen, Abu Bakr Roziy va Abu Ali ibn Sinodan tortib Gi de Şoliak va Andreas Vezaliygaça önlab uluğ olimlar nazariy qoidalar qoldirgan edi. Şoira Abduvaliyevna toşkentlik soha olimlari bilan birga Samarqand otolaringologiya maktabi vakillarining ilmiy işlarini astoydil örgandi. Çunki A.Savelyev, S.Çengeri, V.Gorçakov, R.Sadriyeva, A.Möminov, U.Lutfillayev, T.Nasriddinovlar tomonidan Samarqandda yaratilgan nazariy işlar nafaqat Özbekiston, balki mamlakatimizdan taşqarida ham eʼtirof etilgan edi.
Soha olimlari haqida gap ketganda, tibbiyot fanlari doktori, professor, Özbekiston Respublikasi fan arbobi, Yevropa otolaringologlar jamiyati akademigi, Toşkent davlat tibbiyot institutining kafedra mudiri, Samarqand va Buxoro davlat tibbiyot institutlari rektori bölgan Akrom Ibrohimoviç Möminov (20.05.1937-1.11.2001) nomi iliq sözlar bilan esga olinadi. U kişi özining yorqin hayoti davomida 5 nafar fan doktori, 35 nafar fan nomzodi tayyorladi. Ular orasida fan doktorlaridan Karimboy Jabborov, Xolida Şayxova, Sayfiddin Arifov, Hayitboy Matquliyev va boşqalar bor. Şoira Mahamadaminova bugun ana şu ustozlarning ibratli işlarini izçil davom ettirmoqda.
Şoira Abduvaliyevnaning mehnat yöli xuddi özi kabi sodda va şarafli. 1998-2000 yillarda Birinçi Toşkent davlat tibbiyot instituti tomoq, burun va quloq (LOR) kasalliklari kafedrasi klinik ordinatori, 2000-2003 yillarda Birinçi Toşkent davlat tibbiyot instituti tomoq, burun va quloq (LOR) kasalliklari kafedrasi aspiranti, 2004-2013 yillarda Birinçi Toşkent davlat tibbiyot instituti tomoq, burun va quloq (LOR) kasalliklari kafedrasi assistenti, 2013-2021 yillarda Toşkent tibbiyot akademiyasi tomoq, burun va quloq (LOR) bölimi ordinator vraçi va doktoranti böldi. Hozirgi vaqtda esa Toşkent davlat tibbiyot universiteti otorinolaringologiya kafedrasi dotsenti lavozimida işlamoqda.
Şoira Abduvaliyevna 2018 yilda “Bolalar hiqildoq papillomatozining klinik-funksional tavsifi, taşxis qöyiş va davolaşning samaradorligini oşiriş yöllari” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (PhD). Bunda unga ustozlari, ilmiy maslahatçilar, tibbiyot fanlari doktorlari Nigora Abdullayeva va Adolat Ismoilovalar yaqindan yordam berdi. Qozoğiston FA akademigi, Nyu-York FA akademigi Rais Kajkenoviç Töleboyev, Özbekiston FA akademigi, akademiyaning Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori Tamaraxon Aripovalar ilmiy iş istiqboliga işonç bildirdilar. Dissertatsiya asosida inson qon zardobida aylanadigan immun komplekslarni aniqlaşga oid ixtiro patenti ham olindi. Şunday qilib, u laringojarrohlik va fonojarrohlik sohasida yangi kaşfiyotlar oçib, asosiy yangiliklar Avstriyaning Xiyetsing gospitalida amaliyotga joriy etildi. Şoiraxon bolalarda qaytalanuvçi respirator papillomatozli bemorlarning immun tizimini örganişda yorqin natijalarga erişdi. Bu böyiça ilmiy maqolalari “Özbekiston tibbiyoti” jurnali va boşqa qator vaqtli naşrlarda, ilmiy töplamlarda çop etildi. Ayniqsa, olimaning A. Mahmudov bilan birgalikda yozgan “Bolalarda bir tomonlama ovoz boylamlari parez-paraliçi turli etiopatogenetik sabablarini tahlil qiliş va kompleks davolaşda ovoz terapiyasining örni” nomli maqolasi keng eʼtirof etildi.
Şoira Mahamadaminova özi ilmiy-pedagogik faoliyat bilan şuğullanayotgan kafedrada şu jamoaning şijoatli aʼzolaridan — kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Uluğbek Hasanov, tibbiyot fanlari doktorlari, professorlar Hayitboy Matquliyev, Xolida Şayxova, Şahlo Bakiyeva, Gavhar Haydarovalar bilan bir tanu bir jon bölib otolaringologiya, şu jumladan, özi butun hayotini bağişlagan foniatriya fanida yangi qöriqlar oçiş uçun astoydil harakat qilmoqda.
Har bir inson, har bir mutaxassisning öz hayoti, mehnat faoliyatida yulduzli onlari böladi. Şoira Abduvaliyevna uçun bu yulduzli onlar 2023 yilga töğri keldi. Aynan şu yilning 1 sentyabridan boşlab davlatimiz rahbari Farmoniga köra Respublika ixtisoslaştirilgan otorinolaringologiya va boş-böyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi taşkil etildi. Markaz otorinolaringologik va boş-böyin kasalliklari sohasida aholiga ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatişni yölga qöyib, uşbu yönalişlarda mutaxassislarni öqitiş va ularning könikmalarini rivojlantiriş, hududlarda otorinolaringologik va boş-böyin kasalliklarini taşxislaş va davolaşning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etiş, yuqori texnologik amaliyotlar kölamini kengaytirişga munosib uluş qöşmoqda. Şuningdek, markaz nodavlat tibbiyot taşkilotlari bilan hamkorlikda otorinolaringologik va boş-böyin kasalliklarini davolaşning zamonaviy va yuqori texnologik usullaridan foydalanmoqda. Misol uçun, Şoira Abduvaliyevnaning Yunusobod tumanidagi “Otolaringolog” klinikasi bilan hamkorligi tahsinga loyiq. Klinikaga juda köplab bemorlar murojaat qilişadi. Şifokor önlab yurtdoşlarimiz va çet el fuqarolariga betobligi bois yöqotgan eng bebaho boyligi — sözlaş va ovoz qobiliyatini qaytarib bermoqda.
2023 yilning 10 noyabri Şoiraxonning eng baxtli, unutilmas kunlaridan biri böldi. Şu kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev imzolagan Farmonga köra u mamlakatimiz soğliqni saqlaş tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantiriş, zamonaviy davolaş usullarini amaliyotga keng tatbiq etiş borasidagi katta xizmatlari uçun “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi. Bu ilmiy markaz jamoasi, Toşkent davlat tibbiyot universitetining u faoliyat olib borayotgan kafedra hamda klinika ahli uçun ham haqiqiy bayramga aylandi. Olimaning xorijlik hamkorlar bilan aloqasi, birgalikdagi işlari yanada barakali bölyapti. Misol uçun, olima şifokorning turkiyalik malakali mutaxassislardan Ilter Deniz öğli, Kurşat Yelken, Özturk Qayxan, Metin Onerçi kabi mutaxassislar bilan hamkorligi yaxşi samara bermoqda.
— Şoira Abduvaliyevna bilan bir ahil jamoada işlayotganimiz bilan faxrlanamiz, — dedi Respublika ixtisoslaştirilgan otorinolaringologiya va boş-böyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori örinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Şahnoza Abdurahimova. — U yuksak professional qobiliyatga ega şifokor, öz sohasida keng tan olingan olima böliş barobarida noyob fazilatlarga ega bölgan, mijozlar va hamkasblariga çuqur ehtiromli ajoyib inson. Har qanday vaziyatda özining professional burçini xolis va halol bajaradi. Yuzlab bemorlar Şoira Abduvaliyevnaning mahorati, ilmi, davolaşdagi betakror zahmati bois qayta sözlaşdek betakror baxt naşidasini surmoqda.
— Har bir insonning tört muçasi soğ bölsin ekan, — dedi xorazmlik mehnat faxriysi Ismoiljon hoji Yöldoşev. — Men uzoq yillar davomida xalqimizga xolis xizmat qilib keldim. Gurlan tumanidagi “Dehqonobod” jamoa xöjaligi boşqaruvi raisi bölib işladim. Quriliş sohasida faoliyat körsatganimda, respublikaga çorak asr oqilona boşçilik qilgan uluğ inson Şarof Raşidovning huzurida sözga çiqqanman. Keyinçalik ön ikkinçi çaqiriq Özbekiston Oliy Kengaşi deputati bölib, mamlakatimiz mustaqilligi uçun ovoz berdim, sessiyalarda sözga çiqdim. Allohning inoyati bilan Makkai mukarrama va Madinai munavvarada bölib qaytdim. Negadir kutilmaganda sözlaş qobiliyatimdan ayrilib qoldim. Ana şu qiyin şaroitda Şoira Abduvaliyevnaning oltin qöllari menga zabonimni qaytarib berdi. Hozir avvalgidan ham ravon sözlab, hayotdan zavq olib yuribman. Buning uçun meningdek qayta zabon egasi bölgan köp sonli mijozlar nomidan taniqli, mahoratli şifokorga çeksiz minnatdorçilik bildirsam arziydi.
— Şoiraxon, siz Toşkent davlat tibbiyot universitetida ilmiy işlar bilan bandsiz. Ilmiy markaz va klinikada esa foniatriya amaliyotida beqiyos natijalarga erişyapsiz. Yuzlab bemorlarga bu yoruğ olamda heç narsa bilan baholab bölmaydigan söz aytiş, gapiriş baxtini qaytarib beryapsiz. Qiyoslaş noörin bölsa ham qayd qilib ötmasa bölmaydi: keyingi paytda bunday bemorlar soni biroz oşganga öxşaydi. Ayting-çi, buning asosiy sabablari nimada?
— Menga qolsa, bu holatlarning sabablarini faqat muayyan inson organizmidagi tabiiy özgarişlar bilangina izohlamagan bölardim. Albatta, ayrim insonlarning zabondan qolişida fiziologik jarayonlar, ORVI, faringit, laringit, angina, bronxit va boşqa kasalliklar, jarohatlarning taʼsirini inkor etib bölmaydi. Ayni çoğda insonning zabondan ayrilişiga kuçli stresslar ham sabab bölişi mumkin. Yaşiradigan joyi yöq: baʼzan insonlarning bir-biri bilan munosabatida quyuşqondan çiqişlari şu holatlarga olib kelmoqda. Ayniqsa, ota bilan farzandlar, qaynona bilan kelinlar muomalalaridagi çigalliklar oqibatida tildan qolayotgan bemorlar soni ortib borayotganini yaşirib bölmaydi. Insonlarning bir-biriga mehru oqibati, muruvvati, muhabbati oşsa, bu holatlar kamayadi, degan fikrdaman.
— Siz köplab bemorlarning dardiga darmon bölib kelyapsiz. Ilmiy markaz va klinika mijozlar daftarida yuzlab soğaygan bemorlarning minnatdorçilik xatlarini öqidik. Siz ularga yöqotgan baxtini qaytarib beryapsiz. Ayni çoğda siz osmoni falakda ham bir oilaga betakror baxt ato etgan ekansiz. Yaxşisi, bu haqda özingiz gapirib bersangiz!
— Töğri. Aprel oyi edi. Zamonaviy “Boeing 787 Dreamliner” bortida “HY273” reysi bilan Toşkentdan Istanbulga uçayotgan edik. Samolyot illyuminatori ortidagi parqu bulutlarga tikilib, xayol surayotgan edim. Deyarli uç soatlik fazoni bosib ötgan edik. Turkiya sohillari közga taşlana boşlagandi. Birdan bortkuzatuvçining laynerga örnatilgan ovoz kuçaytirgiç orqali “Hurmatli yölovçilar. Orangizda şifokorlar bormi? Bor bölsa ularning zudlik bilan yordam berişlariga muhtojmiz!” degan sözlari yangradi. Hamkasbim Akmal Mahmudov bilan darhol örnimizdan turdik. Yölovçi ayollardan birining közi yoriy boşlagan ekan. Bizning baholi qudrat harakatlarimiz va bortkuzatuvçilar yordamida qönişga uç daqiqa qolganida öşa ayolning közi yoridi. Öğilça dunyoga keldi. Ammo çaqaloq nafas olmayotgan edi. Bor kuçimiz bilan unga tibbiy yordam körsatdik. Öşa daqiqa, nazarimda, ön yilga çözilgandek böldi. Ammo qönişga bir daqiqa qolganda Allohning inoyati va bizlarning saʼy-harakatlarimiz bois çaqaloqqa jon qaytdi, u çinqirib yiğladi. Bortdagi barça yölovçilar quvonçdan baralla qiçqirib yubordilar. Baxtli ota bilan baxtli ona çaqaloqqa bortning özida janob payğambarimizning ismini berişdi. Hozir Muhammadjon baxtli oilada yayrab-yaşnab ösmoqda. Biz şifokorlar xalqdan, mijozlardan olqiş olib yurganimiz bilan baxtlimiz. Ayni çoğda mamlakatimiz tibbiyot sohasiga izçil eʼtibor berayotganidan behad mamnunmiz, — dedi Şoira Mahamadaminova.
Şifokorlik eng uluğ, savobli kasblardan. Şoiraxon kabi izlanuvçan, bilimdon salomatlik fidoyilari bor bölsin!
Yangiboy QÖÇQOROV,
Özbekistonda xizmat körsatgan
madaniyat xodimi.
