Quvonçingiz taşvişga aylanmasin!

Yoki inson xavfsizligi har narsadan ustun emasmi?

Kunlar isib, havolar oçilgani sari yurtdoşlarimiz körkam xiyobonlarga, boğlarga çiqib aylanişni, köngildagidek hordiq çiqarişni xohlab qolişadi. Bahor uzoq davom etgan sovuq kunlardan keyin gözal tabiat bağriga çorlaydi. Bahor tarovati va jozibasidan bahramand böliş uçun kimdir oilasi bilan toğga, yana kimdir çorboğlarga boradi. Toğ öz yöliga, ammo xususan, şahardagi boğlar, hordiq çiqariş maskanlaridagi attraksionlar, öyin qurilmalari töğrisida mulohaza yuritmoqçimiz.

Poytaxtimizda zamonaviy öyin qurilmalariga ega maskanlar öz bağriga yoşlarni çorlab turadi. Ğafur Ğulom nomidagi “Dream park”, “Magic city”, “Anhor-lokomativ” kabi köngiloçar maskanlarda özgaça tabiat tarovati, atrofdagilarning xuşçaqçaq kayfiyati, bolalarning şodon kulgusiga guvoh bölasiz. Afsuski, baʼzida xursandçilikka soya soladigan holatlar ham röy berib turadi.

Maskanga aylaniş uçun borgan kişi attraksionlar, arğimçoqlarning haqiqiy holatini bilmaydi. Qurilmalardan foydalanayotganlarning esa asosiy qismini ösmir yoşlar taşkil etadi.

Baʼzi yoşlar attraksionlardan foydalanişning ham yöl-yöriği, tartib-qoidasi borligini bilişmaydi,  ayrimlari bilişsa ham, rioya qilişmaydi. Ana şunday qoidalarga amal qilmagani uçun attraksionlarda tobi qoçib qolganlarga, baʼzida esa undan ham köngilsizroq holatlar röy berganiga guvohmiz.

Misol uçun, Qaşqadaryodagi istirohat boğlarining birida attraksiondagi odam qöğirçoqdek havoga uçib ketib, yerga yiqilganini kördik. Maʼlum bölişiça, maxsus örindiqdagi yigit xavfsizlik qoidalariga amal qilmay, himoya kamarini taqmagan.  Buning oqibatida huşini yöqotib yerga uçib tuşgan.

Şuningdek, ötgan yili yozning örtalarida poytaxtdagi dam oliş maskanidagi attraksiondan eʼtiborsizlik oqibatida ikki nafar yurtdoşimiz şiddat bilan harakatlanayotgan örindiqdan otilib ketib, yerga qulab tuşişadi va jiddiy jarohat olişadi…

Ha, bu kabi noxuş voqealar uçrab turibdi. Xöş, bunday köngilsizliklarning oldini oliş uçun nima qiliş kerak? Avvalo, kim bölsa ham belgilangan xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilişi lozim. Xizmat xodimlari esa moslamalar sozligini, bir maromda işlaşini taʼminlab, ularni nazorat qilib borişlari, buning uçun har kuni ularni texnik körikdan ötkazib turişlari şart!

Axborot manbalaridan olingan ayrim maʼlumotlarga eʼtibor qiling. Qiziği şundaki, dunyoda xavfli attraksionlarning top öntaligi işlab çiqilgan ekan. Ular quyidagi körinişda:

1-örinda AQŞda joylaşgan erkin tuşiş zonasi. U 100 metr balandlikka soatiga 100 kilometr tezlikda çiqib, pastga bundan ham tezroq tuşadi.

2-örinda ham AQŞning Las-Vegas ştatidagi “Stratosfera Las-Vegas” mehmonxonasida joylaşgan “Big Shot” katapultasi. Uşbu arğimçoq 329 metrga 70 kilometr tezlikda tört marta kötaradi.

Kuçli öntalikning 3-örnida oçiq kabinalarda ötirib taşrif buyuruvçilar 300 metr balandlikda aylanadigan “Insanity” karuseli örin olgan.

4-örinni “X Scream” vagonçasi egallagan. Rels keskin tarzda qiyalikda turadi va tomning çetidan ötib “tubsizlikka” tuşadi.

AQŞning Nyu-Jersi ştatida joylaşgan “Kingda Ka” nomli köngiloçar arğimçoq 5-örinni egallagan.

Yuqoridagilar kuçli beştalikdan joy olgan.

Kiprda joylaşgan “Ayia Napa” parkidagi “Sling Shot”, Yaponiyadagi “Dodonpa”, Braziliyaning “Fortaleza Beach” parkida joylaşgan “InsanIo”, Buyuk Britaniyadagi “Zip World at Penrhyn Quarry” va sönggi örinda esa Yaponiyaning “Fuji-Q HIghland” boğida joylaşgan “Takabisha” arğimçoğidan iborat.

E, bular çet ellarda ekan-ku, deya şoşilmang. Bilsangiz, mamlakatimizda ham ulkan çarxpalak qurilgan. U Namangan şahridagi “Afsonalar vodiysi” boğida. Balandligi 92 metr, jami 54 ta kabinaga ega. Bir paytning özida 216 kişiga xizmat körsatadi. Aylaniş davri esa 20 daqiqadan köproq.

Köngildagidek hordiq çiqarişni niyat qilib dam oliş maskanlariga çiqqan yurtdoşlarimiz, ayniqsa, yoşlar xavfsizlik qoidalariga töla rioya etişi lozim. Axir Yaratgan ham ehtiyot bölganlarni asraydi, degan gap bejizga aytilmagan bölsa kerak.

Muhammadsodiq TÖRAYEV.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan