Britaniyalik yozuvçi Pryu LIT: Özbekiston böylab safarim haqiqatan ham men uçun umr böyi tatiydigan sayohat böldi
Buyuk Britaniyaning eng qadimiy bosma naşrlaridan biri – “The Times” gazetasida “Pryu Lit: 85 yoşda Ipak yöli böylab sayohatim” sarlavhali maqola çop etildi.
Naşrda britaniyalik taniqli yozuvçi Pryu Lit Özbekistonga qilgan uç haftalik sayohati taassurotlari haqida muştariylarga hikoya qilib bergan.
Eʼtiborlisi, muallif Özbekistonga sayohatining ilk daqiqalaridanoq oçiqlik va mehmondöstlik muhitini his qilganini taʼkidlagan. “Özbekistonlik çegaraçi bizni payqab qolgaç, darhol yordamga şoşildi. Bunday munosabat butun Özbekiston böylab sayohatimizga öziga xos kayfiyat ulaşdi. Samimiylik, boşqalarga yordam berişga tayyorlik, xuşçaqçaqlik kabi çin insoniy fazilatlarni barça joyda his qildik”, – deb yozgan u.
Muallifga köra, köplab britaniyaliklar singari u ham avval Özbekistonni xaritada ham körsata olmagan va yurtimizda fors, yunon va rus sivilizatsiyalari uyğunlaşganini bilmas edi. Ammo Xiva, Buxoro va Samarqand kabi şaharlarimiz unga juda jozibali tuyulardi.
Maʼlum qilinişiça, britaniyalik yozuvçining sayohati Xiva şahridan boşlangan. Va u turmuş örtoği bilan Içan-qalʼa içida joylaşgan “Feruzxon” mehmonxonasiga joylaşgan.
“Uşbu mehmonxona bir vaqtlar madrasa bölgan va bu yerda tahsil oladigan talabalar yaşagan joylar örniga zamonaviy, şinam xonalarga ega mehmonxona bunyod etilgan. Biz uçun şaharning asosiy diqqatga sazovor joyi Xivaning eng maşhur ikki minorasidan biri, qurilişi tugallanmagan Kalta Minor böldi. 1852 yilda minorani qurişga buyruq bergan Amin xon vafot etganidan keyin uning qurilişi töxtab qolgan. Siz oxirigaça tugallanmagan minoraga çiqib şaharni tomoşa qilişingiz mumkin.
Muallif Xivadagi sayohatini yakunlab, Buxoroga otlanganini, yölda esa qovunlarni tatib körganini va ularning tilni yorar darajadagi şirin taʼmini alohida qayd etgan.
Pryu Lit Buxoroning diqqatga sazovor joylari – Labi Hovuz maydoni, Nasriddin afandi haykali, Mir Arab madrasasi, Kalon masjidi va minorasi, Ark qalʼasi haqidagi tarixiy maʼlumotlarni öquvçilar eʼtiboriga taqdim qilgan.
“Buxoro özining salqin, yopiq, gumbazli bozorlari bilan maşhur. Bu yerda zargarlik, yoğoç öymakorligi buyumlari, ipak, gilam, kiyim-keçak va barça turdagi oziq-ovqat bozorlarini uçratişingiz, barça joyda suvenirlarni xarid qilişingiz mumkin”, deydi u.
Britaniyalik sayohatçi jurnalist Buxoroda taniqli miniatyuraçi va xattot Davlat Toşev ustaxonasi bilan tanişganini va u yerdan ikkita miniatyura asarlarini xarid qilganini yozgan.
Maqolada özbek milliy taomlari tarifiga alohida örin berilgan.
“Biz Buxorodan çiqib, Buyuk ipak yölining markazi, romantiklar, şoirlar va sarguzaştlarni xuş köradiganlarni öziga ohanrabodek tortadigan, Aleksandr Makedonskiy Roksanaga oşiq bölgan şahar – Samarqandga bordik. Lekin Samarqand nafaqat romantik şahar, balki XIV asrning ikkinçi yarmida Markaziy va Ğarbiy Osiyoning ulkan hududiga hukmronlik qilgan Amir Temur mamlakati poytaxtidir”.
Materialda Samarqand şahridagi qadimiy obidalar, xususan, Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Şohizinda ansambli va boşqa qadimiy majmualar haqida ham taʼkidlangan.
Bundan taşqari, muallif Toşkent va Farğona vodiysi böylab qilgan sayohatini alohida eʼtirof etgan.
“Özbekiston hududlarining qadimiy arxitekturasi, şaharsozlik tajribasi, boğlar, özbek rassomçilik va kulolçilik maktabi menda çuqur taassurot qoldirdi. Bu haqiqatan men uçun umr böyi tatiydigan sayohat böldi. Şuningdek, men 85 yoşimda ham uç hafta davomida ekskursiyalar va sayohatlarga doş bera olganimdan juda xursandman”,– deb yozgan Pryu Lit öz xulosasida.
“Dunyo” AA,
London şahri
