Kambağalga boqqan boy
Xalqimizda “Boy – boyga boqar, suv soyga oqar” degan maqol bor, bilasiz. Ammo kambağalga boqadigan boylar ham borligi hayratimizni oşirdi. “Mikrosoft” kompaniyasi asosçisi, dunyoning eng boy kişilaridan biri Bill Geyts bu yil oktyabrda yetmiş yoşga kiradi. Uning boyligi bir yuz beş milliarddan bir yuz oltmiş sakkiz milliardgaça baholanadi.
U yaqin yigirma yil içida, yaʼni 2045 yil oxirigaça butun boyligining 99 foizini xayriya işlariga sarflab, “Gates Foundation” fondini yopmoqçi. U bunday qarorga kelişiga XIX asr sanoatçisi, amerikalik tadbirkor, yirik pölat işlab çiqaruvçi Endryu Karnegining “Injil boyliklari” essesini öqişi sabab bölganini aytadi.
Esseda “boy bölib öliş şarmanda bölib ölişdir”, degan misralarni öqigaç, bu jumla haqida uzoq fikr qiladi. “Odamlar “u boy bölib öldi”, deyişmaydi. Pul yiğişni bas qilib, xayriyani kuçaytiraman, deyarli hamma boyliklarimni kambağallikka, kasalliklarga va tengsizlikka qarşi kuraşga sarflayman”, degan xayrli işga qaror qiladi.
Internetdagi şu haqdagi xabarni öqib, qani edi, bizning özbekistonlik boylardan ham Bill Geyts kabi saxovatli işlarga bor davlatini sarflaydigan boylar çiqsa, deya yaxşi niyat qildim.
Ğiyosiddin ASRANOV,
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti
xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
