Rasul Hamzatovdan sovğa olgan eldoşimiz

Abdiqul Mamatov şörolar zamonida — 1973-1975 yillarda yigitlik burçini Doğistonda ötagan. Ularning harbiy qismi turkiy dunyoning maşhur şoiri Rasul oğa Hamzatovning daçasi bilan yonma-yon joylaşgan ekan. Kunlardan bir kuni askarlardan bir neçtasini maşhur şoir haşarga çaqiribdi.

Daçada işlar saranjomlangaç, Rasul oğa askarlarga ziyofat beribdi. Xayr-xöşlaşuv çoğida Abdiqulni yoniga çaqirib, akulaning tişini sovğa qilibdi.

— Sovğani ehtiyot qil, öğlim. Öğirlatib qöyma! — deya tayinlabdi.

Afsuski, şoir aytgani sodir bölibdi. Sovğani kimdir “şimo” qilibdi. Abdiqul rosa afsuslanibdi.

Oradan ikki yil ötgaç, 1975 yilda Abdiqul bir taşkilotga xizmat maşinasi olib keliş uçun Rossiyaga borişiga töğri kelibdi. Qaytişda Maxaçqalaga, Rasul oğaning xonadoniga enibdi. Şoirning darvozasini taqillatib, Rasul oğani söroqlabdi. Oilasidagilar şoir safardaligini, ertaga qaytişini maʼlum qilibdi. Abdiqul xizmat qilgan qismiga borib, bir keça mehmon bölibdi. Ertasiga Rasul oğaning uyiga boribdi. Şoir uni tanibdi. Abdiqul bölgan voqeani sözlab beribdi.

— Men hozir “Juravli” (“Turnalar”) qöşiğining taqdimotiga şoşilyapman. Senga yana bir sovğa berayin! — deb ijodxonasini bezab turgan buğu (olen) şoxini sovğa qilibdi.

— Hozir bu sovğa şaxsiy kutubxonamning eng nodir eksponatlaridan, — deydi faxrlanib Abdiqul birodarimiz.

— “Turnalar” qöşiğiga yurtimizda, Çirçiq şahrida haykal örnatilgan, — dedim men.

— Yöğ-e! Yaxşi aytdingiz. Bexabar ekanman. Albatta, “Turnalar” ziyoratiga boraman! — dedi Abdiqul Mamatov.

  1. Abdiqul Mamatov “Yorqin kelajak” nodavlat notijorat taşkilotining asosçisi. Yangiyer şahridagi kutubxonasi juda maşhur — xalqqa oçib qöyilgan. Eldoşlarimiz maʼnaviyatini yuksaltirişda köp va xöp işlar qilmoqda. Sirdaryoga kelgan xorijlik va mahalliy mehmonlar, albatta, u kişining xonadoniga bir qur qönib ötadilar.

M.AHMAD

Suratda: Abdiqul Mamatov va kutubxona devoriga Rasul Hamzatov sovğa qilgan buğu şoxi mana şunday ilib qöyilgan.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan